O’zbekiston respublikasi oliy va
issiqlik sarflamay turib ish bajarib bo’lmaydi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
termodinamikaning 1-qonuni
issiqlik sarflamay turib ish bajarib bo’lmaydi. Bu qonunning boshqacha
ta‘rifi ham bor: izolyatsiyalangan sistemada barcha turdagi energiyalar yig’indisi o’zgarmas miqdordir. 12
Bir – biri bilan o’zaro ta‘sirlashib turadigan, atrof muhitdan fikran ajratilgan jismlar guruhi yoki alohida jism sistema deyiladi. Ichida ajralish sirti bo’lmagan va hamma nuqtalaridagi xossalari o’zaro farq qilmaydigan sistema gomogen, ichida ajralish sirti bo’lgan sistema esa geterogen sistema deyiladi. Masalan, suyuq suv va muzdan iborat sistema geterogen sistema bo’ladi, chunki u ikki fazadan – muz (qattiq) va suvdan (suyuq faza) tarkib topgan. Gomogen sistema faqat bitta fazadan iborat bo’ladi (havo, sut va hokazo). Tashqi muhit bilan modda va energiya almashina olmaydigan va hajmi o’zgarmaydigan sistema izolyatsiyalangan sistema deb qaraladi. O’zgarmas hajmda boradigan jarayonlar izoxorik jarayon, o’zgarmas bosimdagisi izobarik, o’zgarmas haroratda boradiganlari izotermik jarayon deyiladi. Jarayon vaqtida sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashinmasa, bunday jarayon adiabatik jarayon deyiladi. Izoxorik jarayonda boshqa har qanday termodinamikaviy jarayonda energiyaning bir qismi kengayish ishiga sarflanadi. Izobarik jarayonlarni harakterlash uchun entalpiya (H) degan funktsiya kiritilgan. H = U + PV Bunday jarayonlarda berilgan issiqlik ichki energiyaning o’zgarishi bilan kengayish ishiga sarflanadi. Entalpiya ham ichki energiya kabi holat funktsiyasidir, uning o’zgarishi sistemaning faqat boshlang’ich va oxirgi holatlariga bog’liq. Demak, ichki energiya va entalpiyaning qiymati qanday o’zgarishiga qarab sistemaning kimyoviy energiyasi ortadi yoki kamayadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling