O’zbеkiston rеspublikasi oliy va


Virusga qarshi tugma immunitet mexanizmlari


Download 28.16 Kb.
bet3/3
Sana07.01.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1083005
1   2   3
Bog'liq
Virusga qarshi tugma immunitet

3.Virusga qarshi tugma immunitet mexanizmlari

Organizmni virus infeksiyalaridan, asosan hujayraviy immunitet himoya qiladi. Virus bilan zararlangan hujay­ralar membranasida organizm uchun irsiy yot infekstya antigenlari bo’ladi, shuning uchun ular makrofag, T-killer va K-hujayralar «nishoniga» aylanadi. Virus infeksiyalarida organizm suyuqliklarida ko‘p miqdorda a-, b- va g-interferonlar hosil bo’ladi va ularning himoyada ahamiyati juda katta.


Ma’lum viruslar, masalan, gerpes. sitomegalovirus vapolioma viruslari hujayra ichida latent holatda uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.
Viruslaming immun omillardan himoyalanishining yana bir yo’li ularning antigen turlanishlari. Masalan, gripp, adeno- va rinoviruslaming ko‘p tiplari aniqlangan. Shuning uchun ularga qarshi tipga xos immunitet rivojlanadi.
Bundan tashqari, viruslar ham organizm himoya omillariga qarshi moslashib boradi. Masalan, orttirilgan immuntanqislik sindromi (OITS) virusi, asosan, limfotsitlarga ta’sir qilib, birinchi navbatda T-xelperlar faoliyatini buzadi, bu o‘z navbatida immun javob rivojlana olmasligiga olib keladi.
Toksinga qarshi immunitet. Bu immunitet organizmda kuchli antigen­lik xususiyatiga ega bo'lgan, asosan, oqsildan iborat, immun javob chaqira oladigan toksinlarga nisbatan rivojlanadi. Bo'g‘ma, botulizm, qoqshol, anaerob infeksiya, kuydirgi kasalliklarining qo'zg'atuvchilari ajratadigan ekzotoksinlar shunday omillarga misol bola oladi. Hosil bolgan antitoksinlar faqat gomologik loksinlarni betaraflaydi. Antitoksinlaming shu xususiyatidan foydalanib, yuqorida sanab otilgan kasalliklarni davolash va oldini olishda antitoksik zardob va immunoglobulinlar tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Tajribalar, organizmda faqat ekzotoksinlarga emas, balki endotoksinlarga ham qarshi ma’lum miqdorda antitelolar hosil bo'lishini ko‘rsatdi. Ammo, bunday antitelolar organizmda uzoq vaqt saqlanib qolmay, tezda parchalanadi, chunki endotoksin tarkibiga kiradigan polisaxarid tabiatli antigenlar timusga bog’liq bo’lmaganligi uchun, ularga qarshi M-sinfiga mansub antitelolar ishlab chiqariladi, Shunga qaramay, antitelolar kasallikni o’tkir davrida zahar va bakteriyalami betaraflaydi.
Sodda organizmlarga qarshi immunitet. Organizmda protozoalarga qarshi gumoral va hujayraviy immunitet hosil boladi. Lekin ularni himoya qila olish xususiyati har xil, bu patogen protozoalaming fiziologik xususiyatlari, rivojlanish sikllari, parazit va xo jayin o'rtasidagi munosabatlarga bog‘liq. Masalan, ulardan ayrimlari (tripanasoma, leyshmaniya, bezgak plazmidiylari) to‘qimalarda, boshqalari (ichak balantidiylari, koksidiy va gelmintlar) ichak boshlig‘ida uchinchilari ichak bo'shlig'i va to‘qimalarda yashaydi. Organizmda patogen protozoalaming rivojlanishidagi har bir bosqichiga xos immunitet hosil bo‘ladi. Ularning rivojlanishida ikkitadan yettitagacha bosqich bo'lib, har biri o‘ziga xos ko'rinishda kechadi. Mikroorganizm rivojlanishning boshqa bosqichiga o‘tganda, undagi antigenlar to‘plami ham ozgaradi, shuning hisobiga oldingi immun omillaming protozoa biian ta'sirlashishi murakkablashadi.
Protozoalarga qarshi immunilet mexanizmi ham turlicha, masalan, bezgakda antitelolar merozoitlarmng eritrotsitlarga kirishiga yo'l qo‘ymaydi. Antitelolar mikroorganizm usti antigenlariga ta’sir qilib, ulami betaraflaydi yoki o‘zgartiradi.
Malum bir sodda organizmlarda antigen mimikriyasi kuzatiladi, natijada bemorda unga nisbatan kuchsiz immunitet rivojlanadi. Kuchli hujayraviy immunitet toksoplazmoz, leyshmanioz, tripanosomoz kabi kasalliklarga qarshi hosil boladi. Protozoalarga qarshi immunitetda faollashgan fagositlarning ham muhim salmog ‘i bor.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.I.Muhamedov, E.Eshboyev Mikrobiologiya immunologiya virusologiya Toshkent “ Yangi asr avlodi” 2006 y
2.I. Muhammedov Tibbiyot virusologiyasi Toshkent “Fan texnologiya “ 2012 y
3. X.N. Musaev, N.X. Axmedova. Kimyoviy mikrobiologiya. -Т.: «Fan va texnologiya», 2012 y
4.www.arxiv.uz
5.www.referat.ru


Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling