O’zbekistоn respublikasi оliy va


Download 487.84 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi487.84 Kb.
#1477586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
200 Tonna Paxta xom ashyosini tozalash texnologiyasi































  1. Xulоsa


Paxta tоzalash kоrxоnasida mavjud paxta xоm ashyosini tоzalash mashinalari haqida ma`lumоt hamda tozalash qurilmalarini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari tahlili keltirildi.
Paxta tozalash qurilmasi ishchi organlarini loyihalash, loyihalashga qo’yiladigan talablar, yangi qurilma ishlashi va samaradorligini asoslash hamda nazariy tadqiqqotlar BMIning ikkinchi bobida berildi.
Mehnat muhofazasi qismida korxonalarda chang havoning hosil bo’lishi va undan tozalash chora-tadbirlari hamda qurilmalari bo’yicha ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy qismda yangi qurilmani joriy qilishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik hisobi keltirildi.
O’zbekiston – to’qimachilik va yengil sanoat maxsulotlarining xom-ashyosi bo’lgan – paxta tolasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi mamlakatdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng bunday imkoniyatlarga keng yo’l ochildi. Xozirda biz jaxon bozorida istemolchilarni o’zimiz tanlash va paxtamizni xaqiqiy qiymatida chetga chiqarishga erishdik. Mamlakatimiz tomonidan chet elga sotilayotgan paxta tolasi, davlat byudjetiga valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri xisoblanadi.
O’zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda beshinchi, uni eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.
O’zbekiston Respublikasi Liverpul (Angliya), Beremen, (Germaniya) va Gdansk (Polsha) birjalari kabi xalqaro tashkilotlarning, xamda paxta bo’yicha Xalqaro Konsultativ Qo’mitaning to’la xuquqiy a’zosi xisoblanadi.
SHuning uchun paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta maxsulotining sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, Dunyo andozalari talablariga javob berishi, ularning jaxon bozorida xaridorgir bo’lishining asosiy omili xisoblanadi.
Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  • CHigitli paxtani quritish;

  • CHigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash;

  • Paxtani jinlash-tolani chigitdan ajratish;

  • CHigitni linterlash-chigitdan momiq ajratish;

  • Tola, momiq va tolali chiqindilarni tozalash va presslash, toy shakliga keltirish;

  • Urug’lik chigitni tayyorlash.

Ushbu jarayonlarni bajarish uchun paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari kerakli texnologik mashina xamda uskunalar bilan jixozlangan.
Bunday zamonaviy korxonalarda “Ta’lim to’g’risidagi qonun” asosida faoliyat ko’rsatayotgan oliy o’quv yurtlari va kasb-xunar kollejlarida Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi yo’nalishi bitiruvchilarining ishtirokiga aloxida e’tibor qaratilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanmada “Paxta xom-ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fani faninidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun tuzilgan bo’lib, unda talabalarga paxta mahsulotini davlat standartlari bo’yicha qabul qilish, qo’lda va mashinada terilgan paxtaning namligi va iflosligini aniqlash, hamda namunalar olish, chigitli paxtani andozalarga taqqoslash bilan navlarga ajratish, chigitli paxtaning iflosligini va namliligini aniqlash, LPS-4 asbobida chigitli paxta va tola navini aniqlash, qutblangan nur yordamida tolaning navini aniqlash, tolaning iflosligini qo’lda va analizatorda aniqlash usullari bilan tanishadilar va bajarish usullarini o’rgatadi.

Download 487.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling