О‘zbekiston respublikasi oliy vaо‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari


Download 364 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi364 Kb.
#1606437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Botanika

2.4. Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari
Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli.Darsdan tashqari ishlar: biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, o’quv tajriba uchastkasida bajariladi.
O’quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zururligi shundan iboratki, o’simliklar va xayvonlar ustida olib boriladigan ko’pgina uzoq muddatli kuzatishlar o’quv jadvaliga sig’maydi. Ayrim xollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to’sqinlik qiladi. Biologiya kursini o’rganish davomida har bir o’quvchi mikroskop bilan ishlash ko’nikma malakasiga ega bo’lishi kerak. SHuning uchun o’qituvchi navbat bilan 3-5 o’quvchini dars oldidan yoki darsdan so’ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O’quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bo’linib mayda xayvonlar ustida o’qituvchi topshirig’i bo’yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o’quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o’qituvchi baho qo’yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko’ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo’lib, sinf o’quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi ba’zan dastlabki xarakterda bo’ladi, ya’ni sinfda o’rganishdan bir necha kun, hafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi.
Masalan botanikadan
suv o’simliklari bilan tajribalar -2 oy
bargda kraxmal izlari hosil bo’lishi -2 oy
poya bo’ylab suvning ko’tarilishi –2-3 kun
Hayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bo’ladi. Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina xarakteridagi ishlar ma’lum mavzular o’rganilgandan so’ng bilimni mustahkamlash uchun o’tkaziladi. Ko’pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning natijalarini darsda ko’rsatish imkoni bo’ladi. Darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar o’tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida xabardor bo’lgan o’qituvchi darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o’zgarishlarni namoyish qilishi, o’tkazilayotgan tajribalar haqida o’quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bo’ladi.
Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar. Ishlar ko’pincha kech kuzda, qishda va erta bahorda bajariladi. Asosan ular botanikani o’qitishda qo’llaniladi. Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning barcha mavzusi bo’yicha berish mumkin. Masalan “Urug’” mavzusi bo’yicha darsdan tashqari o’quvchilar urug’ning bo’rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik foizini aniqlaydilar. Gulli o’simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar. Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda o’quvchilar tirik tabiat burchagida sodda hayvonlarni ko’paytirib, ularni mikroskopda o’rganadilar. Halqali chuvalchanglarni o’rganishda ularning tuproq hosil qilishdagi xarakatini, ta’sirlanishini kuzatadilar. Ayrim hasharotlar g’umbagining metamorfozini o’rganishlari mumkin.
Odam va uning salomatligi bo’yicha tirik tabiat burchagida o’tkazilayotgan darsdan tashqari ishlar uncha xilma-xil emas, ular asosan uch xil bo’ladi:
1) xayvonlarda shartli refleks hosil qilish ekologik va fiziologik tajribalar qo’yish;
2) ergograf, tonometr, spirometr bilan ishlash;
3) mikroskop bilan ishlash.
Oddiy meditsina ko’nikmalari suyak singanda, qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish, sun’iy nafas olish kabilar ham darsdan tashqari vaqtda o’qituvchi rahbarligida olib boriladi. Umumiy biologiyadan tirik burchakda o’quvchilarga botanika va zoologiya ob’ektlari bilan ishlash uchun topshiriq berish mumkin. Bundan maqsad darslarda o’rganilayotgan organik dunyo qonuniyatlarini kuzatishdan iboratdir. Agar ba’zi o’qtuvchilar tirik burchakda har xil o’simliklarga turli ekologik omillarning ta’sirini o’rganish bo’yicha tajriba qilsalar, boshqalari shu mavzuda xayvonlar bilan tajriba o’tkazadilar. Masalan, o’simlikning o’sishiga quyosh nuri va sun’iy yoruqligining ta’siri yoki nixolning o’sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va haroratning ta’siri, irsiyat haqida aniq tushunchaga ega bo’lish uchun xayvonlardan drozofila, akvarium balig’i guppi ustida chatishtirish bo’yicha tajribalar qo’yadilar. Ayniqsa vegetativ ko’payish, organizmlarning moslashganligini, sun’iy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini, o’simlik va hasharotlar g’umbag’ining rivojlanishini o’rganishga oid tajribalar qo’yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni o’rganishda ularga monand holda foydalanish mumkin.
Eng asosiysi o’quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda pedagogik maqsadda to’la foydalanishdan, ya’ni puxta o’ylangan tarzda teskari bog’lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar. Asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kollektsiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko’pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf o’quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi o’simliklarni yig’ish: VI sinf o’quvchilariga madaniy va yovvoyi o’simliklarni yig’ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf o’quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish olib borish, hasharotlardan kollektsiyalar to’plash kabi topshiriqlar beriladi. O’simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko’rsatadigan biologik kollektsiyalar katta ahamiyatga ega. O’qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi o’quvchilar yordamida xonani qiziqarli ob’ektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O’qituvchi o’quvchilarning qaerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli ob’ekt olib kelish to’g’risida topshiriq beradi. Albatta bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda bo’ladi.
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar alohida o’rin tutadi. O’quvchilar har kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni yozib boradilar. O’simlik va xayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar obhavoning holati bilan bog’lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish ma’lumotlari o’simliklar va hayvonlarning rivojlanishi hamda hulq-atvori bilan taqqoslanadi.
Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o’rganish uchun qiziqarli material beradi, o’quvchilarda mustaqil ishlash uquv va ko’nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o’kuvchilar, odatda, topshiriqlarda ko’rsatiladigan o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi maxsus adabiyotlarga, ma’lumotnomalarga, entsiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o’quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish ehtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog’liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o’qitishning majburiy shakli bo’lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi.
Davlat talabini minimal qismi botanika fanidan boshlanadi.

  • Ildiz, poya, barg,gul, asosiyguruhlar, sistematika, o’simlik qoplami. Biologik ta’limni asosiy g’oyasi:

  • Organizm-biologik sistema molekula, hujayra, gen

  • «Ekologik tizimlar»-atrof muhit ekologik omillar.

  • «Organik olam evolutsiyasi» tur, klassifikasiyasi gul mevani hosil bo’lishi o’simlik gullarini murak kavlashib borishi sinflarni murakkablashishi nav, zot tushunchalari, biologiyaga doir ko’rsatma labaratoriya ishlari.

  • 5-sinfga kiritilgan «Botanika» fanidan tushunchalar.

1.Morfologik tushunchalar o’simlik tashqi tuzilishi.
2.Anatomik tushunchalar o’simlik ichki tuzilishi.
3.Fiziologik tushunchalar o’simliklarda boradigan hayotiyjarayonlar (nafas olish, oziqlanish, suv bug’latish) oziq moddalarni harakati.
4.Ekologik tushunchalar o’simlikni tashqi muhit bilan bog’lash hayotiy shakllari.
5.Sistematik tushunchalar sinf, oila turkum va turqa xos belgilar.
6.Agranomik tushunchalar tuproq tuzilishi o’g’itlash, o’g’it turlari vegetativ ko’paytirish, parvarish qilish.
7.Olamni ilmiy bilish labaratoriya ishlari mikroskop bilan ishlash preperat tayyorlash,tajribalar qilish.
Yuqoridagi tushunchalar keyingi sinflarda biologiya o’rgatishni asosi bo’lib xizmat qiladi,kengaytirib boradi. O’quvchilarga mazkur tushunchalarni quyudagi bosqichlarda shakllantiramiz.
1.O’quv materiallarini sezgi organi orqali qabul qiladi.
2.Tasavvur qilish
3.Abstrakt tafakkur
4.Yodda saqlash
5.Amalda qo’llaydi
6.Natijalarni tekislashtiradi.
Bu jarayonda o’qitivchi ko’rgazmali qurollardan, axborot vosita, mustaqil ishlash kabilardan foydalanadi.Bunda quyidagilarga e’tibor beradi.
1.O’rganilayotgan ob’ektni avvalgi organdan ob’ekti bilan taqqoslaydi o’xshash va farqini aniqlaydi.
2.O’rganilgan va o’rganilayotgan ob’ektni o’rtasidagi umumiylikni bilsin.
3.O’rganilayotgan ob’ektni o’ziga xos tomonini aniqlasin.
4.Eng muhim jixatlarini bilsin va o’rgansin.
5.O’zlashtirgan tushunchalarni yangi kutilmagan vazifalarda qo’llab yangi bilimlarni egallash.
Masalan: Hujayra mavzusida o’quvchilar piyoz po’sti hujayralari ularni qismlari bilan tanishish. Botanika o’qitishda milliy g’oya, milliy mafkura o’z vataniga mexr-muhabbat uyg’otisho’zligini aniqlash. Bunda dars va darsdan tashqari ekskursiya O’zbekistonni tabiy o’simliklar olami va qoplami va ulardan oqilona foydalanish, Xalq tizimi xar bir mavzuga bog’liq bo’lgan hadislar, afsonalar, maqollardan foydalanish. O’qituvchi botanikani o’qitishda ekalogik,estetik,huquqiy,iqtisodiy,mexnat tarbiyasini amalga oshiriahni va o’quvchilarni ongli kasb tanlashga o’rgatish lozim. O’qitishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Botanika o’quv dasturidan o’rin olgan mavzularning mazmmuniga ko’ra.
1.Marfologik mazmundagi darslar
2.Anatomik mazmundagi darslar
3.Fiziologik mazmundagi darslar
4.Sistematik mazmundagi darslar5.Ekologik mazmundagi darslar
Mazkur darslar zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida bo’lishi ishlab chiqildi. Botanikadan sinfdan tashqari ishlar jadval tarzida berilgan.
Maktabda, uyda, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba er uchastkasida, biologiya o’quv xonasida bajariladigan ishlar. O’simliklar dunyosini turli-tumanligi ersharida 412 ming tur o’simlik borligi va ularni turli-tuman sharoitda o’sishga moslashganligini o’rgata boramiz. Masalan: og’irligi 25 kgga etadigan seyshal palmasini yong’oqi tanasida 200 l suv saqlaydigan kaktuslar 6000 yil umr ko’radigan Kanar orollarida yashovchi ajdar daraxtlari d=1 mga etadigan rafleziya guli kabilarni o’rgatish mumkin. Maxalliy sharoitimizdan kelib chiqib esa bargi arang ko’rinadigan jaziramaissiqda o’sadigan saksovul va qandimlarni? Poyasi suv tabida guli suv ustida ochiladigan nilufarni misol keltirish mumkin. Hashoratlar bilan oziqlanuvchi suv qaroqchisi? Tbiat ko’rki bo’lgan qizil lola? Ko’za gul, sallaqul? Chinnigul? Xolmon noyob mevali o’simliklar yong’oq, pista, bodom safsanlar bor. Tabobatimiz gavxari chakanda isriq? Namatak, suv qalampiri kabilardir. Barcha gulli o’simliklar ildiz, poya, barg,gul meva va urug’lardan tashkil topgan gul tuzilishlari ekologik muxitga qarab o’zgarib kelgan, sharoitga moslasha borgan va moslanish hosil qilgan. Har bir dars yakunida test topshiriqlari, tayanch so’zlar savol va topshiriqlar bo’ladi.
Botanika fanini o’qitishda sayxatlar, amaliy mashg’ulotlar labaratoriya ishlari aloxidao’rin tutadi. Buni bilan bola atrof muxit bilan o’simlik hayotini o’rgana oladi va bog’ligini anglaydi. Labaratoriya ishlari hujayrani o’rganish bilan hayotni molekulyar asoslarini hujayra, toqima kabilarni o’rganadi. Botanikani o’qitishda maxalliy sharoitimizdagi o’simliklar va ularni tuzlari o’ziga xosligini ham o’rgatish aloxida ahamiyatga egadir.Botanika darslarini o’tishda ko’rgazmali qurol va didaktik o’yinlardan foydalash xam aloxida ahamiyatga ega. Botanika fanini rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shgan o’zbek olimlarini iishlarini mahalliy sharoitimizdagi bog’bonlarni ishlarni o’rgatish lozim. Turkiston florasini o’rgangan olim B.F.Fedchenkolor misoldir 4111 tur o’simlik borligini aytgan. O’zbekiston 1920-yildan ayniqsa 1940-yillardan keyin o’simliklar o’rganila boshlandi.O’zbekistonni markaziy gerbariysi tashkil qilindi. Bunda 10000 dan ortiq o’simliklar bor. 1941-1962 yillarda O’zbekiston fanlar akademiyasi Botanika institutida 6 jildlik «O’zbekiston florasi» chop etildi. Muzaffarov suv o’tlarni o’rgandi. Botanik olim Q.Z.Zokirov, U.P.Korovin, J.K.Saidov, A.U.Usmanov, S.S.Sohabaddinov o’z hissalarini qo’shdilar.
Test topshiriqlari.
1.Poyadan rivojlanadigan ildizning nomi.

  • yon ildiz

  • qo’shimcha ildiz

  • asosiy ildiz

  • ildiz meva

  • ildiz tuganak

2.Poyani qambiy joylashgan qismi.

  • markaziy silindr

  • po’stloq

  • postloq va yog’ochlik oralig’i

  • yog’ochlik

  • yog’ochlik va markaziy silindr oralig’i

3.O’simlikni piyozbosh xosil qiladigan qismi.

  • barg b) poya c) yon ildiz d) asosiy ildiz e) barg va poya

4.Bargda uchraydigan to’qimalar guruxi.

  • po’kak o’tkazuvchi

  • kambiy yog’ochlik

  • assimliyasiya qiluvchi epidermis

  • epidermis, yog’ochlik

  • yog’ochlik lub

5.Fotasintez natijasida xosil bo’ladigan maxsulotlar guruxi.

  • karbon suvlar, O2

  • karbon suvlar,H2O

  • karbon suvlar C gazi

  • oqsillar, C gazi

  • yog’lar, H2S

6.Bakteriya hujayrasida uchramaydigan organoidlar guruxini.



  • lizasoma, mitaxandriyalar,golji apparati

  • yadro, mitaxandriyalar, sitaplazma

  • mitaxandriyalar endaplazmatik to’r, yadro

  • mezosoma, endoplazmatik to’r, DNK

  • yadro DNK, golji apparati

7.Faqat yashil suvo’tlarda hujayrasida uchraydigan organoid.

  • yadro

  • mitaxandriyalar

  • xloraplastlar

  • xromotofor

  • endoplazmatik to’r

8.Yod ishlab chiqarishda foydalanadigan suvotlari.

  • ko’k, yashil

  • yashil

  • sariq

  • sariq,yashil

9.Ochiq urug’lilarning urug’idagi murtakdan nima xosil bo’ladi.
a) ildiz b) novda c) barg d) urug’ kurtak e) yashil o’simlik
10.Urug’li o’simliklarning urug’ hujayrasi nomi.
a)Gametafit b) anteridiy c) spermiy d) spermatozoid e) sporafit


Xulosa
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish (STO') tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari botanika fani o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda tabaitga mehr uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantifish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o‘qish dasturning mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar botanika darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishadilar. Sinfdan tashqari botanika darslarining asosiy vazifasi o'quvchida tabiatni asrash, hayvonot olamiga mehr uyg’otish, tabiat bilan yaqindan tanishtirish hisoblanadi.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchiiar badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarni mustaqil o'qiy va tanlay oladigan, ularning mazmun-mohiyatini tushunadigan bilshlariga erishish lozim. Bu jarayonda o'quvchiiarning faqat kitoblar gina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faoi kitobxon bolishlariga e'tibor qaratiladi.
Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, o'quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kimdalik hayotga faol munosabat uyg'otadi,Shuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xilma-xil bo'ladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'quvchilar o'qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o'qituvchi savollari asosida o'quvchilar ongiga singdirila boriladi
Sinfdan tashqari o`qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o`tkaziladi.Darslar rejasi butun o`quv yili ushun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o`qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o`rgatish,bilimini boyitish va o`qish ko`nikmalarini takomillashtirishdir.
O`quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o`qish ko`nikmalarini shakllantirish shakllantirish,ularni o`qigan asari mazmunini qizqacha so`zlab berishga o`rganish lozim.



Download 364 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling