О„zbekiston respublikasi oliy


Download 4.74 Mb.
bet13/45
Sana31.08.2023
Hajmi4.74 Mb.
#1671908
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
icmx4-sqa9q

Nazorat savollari:

1.Rivojlanish markazlarining maqsadi haqida sо‗zlab bering.

2.MTT lar yosh guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlarini sanab
о‗ting.

3. Tarbiyachining rivojlanish markazlaridagi roli.


5- ma‟ruza

Mavzu: Maktabgacha ta‟limda tabiiy va badiiy-estetik tarbiyaning
integratsiyasida STEAM ta‟lim texnologiyasini qо„llash.
Mavzu rejasi:

1. STEAM faoliyati – estetik tarbiyaning zaruriy vositasi sifatida.
2. Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ―art‖ faoliyatning ahamiyati.
3.Tasviriy, amaliy ijodiy faoliyat badiiy madaniyat shakllanishining asosi

STEAM ta‘lim texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki,
bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli о‗zlashtirishlari uchun bir vaqtni о‗zida
aqliy faoliyat bilan birga amaliy faoliyatni uyg‗unligini ta‘minlaydilar. Bunda ―Aql
va qо‗l‖ iborasiga amal qiladilar. Olgan bilimlarini amaliy faoliyatda kо‗rib tezda
uqib, о‗zlashtirib oladilar.

О‗yin-Qurilish-Kognitiv va tadqiqot faoliyati - badiiy va ijodiy faoliyat turlari.
XXI asr texnologiyalarini –dasturlash elementlari va raqamli texnologiyalarni
о‗zlashtirish. Har bir modul STEAM ta‘lim maqsadlarini amalga oshirishni
ta‘minlaydigan aniq vazifalarni kompleks ravishda hal qilishga qaratilgan:kognitiv
tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy-
texnik ijod qilishga о‗rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda Badiiy-texnik
ijodiyotni sintez qilish, umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari)
va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, media ma‘lumotlarni takomillashtirish
asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish, bolalarni
mantiqiy va algoritmik fikrlashi, rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini
rivojlantirishdan iborat.

STEAM ta‘lim texnologiyasining asosiy pedagogik ahamiyatli jihati shundaki,
shaxsni integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion yondashuv turli
xil faoliyat turlari – о‗yin, texnik, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va
boshqalarning о‗zaro bog‗liqligida namoyon bо‗ladi.

Shunday ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ

kompetensiyalarini shakllantirish

jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy

hayotidagi faol jarayonlari bilan bog‗liq bо‗lib, maktabgacha ta‘lim tizimida bola

shaxsini shakllanishida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, turli shakl, usul va


vositalarini ishlab chiqishni, ularni har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy
moslashuvini talab etadi.

Bizga ma‘lumki maktabgacha ta‘limda faoliyatning yetakchi turi о‗yin deb
hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga kо‗ra
bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. О‗yinchoqlar
yordamida bolalar о‗qish, о‗lchash, tekislash, hisoblash, bо‗yash, muloqot qilishni
о‗rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik,
filologik va muhandislik san‘at kо‗nikmalarini olishga yordam beradi. Bolalar
о‗zlari uchun yangi va noaniq g‗oyalar tanlash va ular asosida ilk tajribalarni
о‗tkazadi va shu orqali qiziqarli о‗yin shaklida yaratish salohiyati rivojlanadi.


Download 4.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling