O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar) haqida referat tayyorlash


-modda. Muallifning materiallari va xatlaridan foydalanish


Download 35.49 Kb.
bet10/13
Sana01.04.2023
Hajmi35.49 Kb.
#1315817
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
21-modda. Muallifning materiallari va xatlaridan foydalanish
Ommaviy axborot vositalarning jurnalistika, adabiyot, san’at va fan asarlaridan foydalanishiga mualliflik huquqiga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Qonunda o‘zga hol ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, tahririyat rad etgan materialni ommaviy axborot vositasida majburan e’lon qildirishga hech kim haqli emas.
Mushtariylarning xatlarini e’lon qilish chog‘ida xat mazmuni buzmay qisqartirish va tahrir etishga qo‘yiladi.
22-modda. Raddiya va javob huquqi
Fuqaro yoki tashkilot ommaviy axborot vositasi tahririyatidan e’lon qilingan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va ularning sha’ni hamda qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan ma’lumotlarni rad etishni talab qilishga haqlidir.
Ommaviy axborot vositasida huquqlari va qonuniy manfaatlari poymol qilingan fuqaro yoki tashkilot o‘sha ommaviy axborot vositasida javob e’lon qilishga haqli.
Raddiya yoki javob maxsus ruknda yoki ana shu javobga sabab bo‘lgan maqola bosilgan ayni sahifada ayni harflar bilan — ro‘znomalarga raddiya yoki javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida boshqa davriy nashrlarda navbatdagi sonda e’lon qilinadi.
Raddiya yoki javob radio yoki televideniye diktori tomonidan ayni programma va turkumda javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘qib eshittirishlari. Javob Bilan chiqish huquqi fuqaroning o‘ziga yoki tashkilotning vakiliga berilishi mumkin.
Javob matnini tahrir qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
23-modda. Raddiya yoki javob e’lon qilish to‘g‘risidagi arizalarni sudda ko‘rib chiqish
Ommaviy axborot vositasi raddiya yoki javob e’lon qilishdan bosh tortgan yoki ularni e’lon qilish uchun belgilab qo‘yilgan bir oylik muddatni buzgan taqdirda manfaatdor fuqaro yoki tashkilot ma’lumot e’lon qilingan kundan boshlab bir yil davomida sudga murojaat qilishga haqlidir.
Sud raddiya yoki javob e’lon qilish to‘g‘risidagi arizani qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqadi.
V bob. JURNALISTNING HUQUQLARI VA BURChLARI

Download 35.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling