О’zbekiston respublikasi oriental universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani A. Iminoxunov
O’smirlik davrida o’quvchilarning o’qish faoliyati va kasb tanlashi
Download 135.31 Kb.
|
Ochilova Ozoda
2.2. O’smirlik davrida o’quvchilarning o’qish faoliyati va kasb tanlashi
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muxit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir kursatuvchi besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi” Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. - Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muxit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik choglaridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatariga bevosiga taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko’cha - ko’yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi; Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muxit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi. Shaxs va uning, psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim- tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatani tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini taaoyenl qylib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyannng ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mutlaqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning rol kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamda hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tugma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yul bilan berilishi mumkin. Odamning ruxiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida tuxtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-gez akselerasiya terminini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nima? Akselerasiya - «tezlatish» degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvoxi bo’lib turibmiz. Xo’sh bo’larni sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmiy-texnika bilan bog’lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning oldiga mislsiz ko’p informasiyalarni idrok qilish va fikrida qayta ishlash talablarini quydi. Bu talab o’z navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keldi. Yuqorida aytib o’tilgan olimlarning fikricha, akselerasiya - bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo’lgan hodisadir. « Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikricha, «qiyin» o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol: bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartiish, ularga ba’zi huquqlarni berish yuli bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin. Psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalarning bir qancha klassifikasiyalari mavjud. Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy jixatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan mulokotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yuqligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxo’rligini bildiradigan so’zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag’batlantirish va yomon xulqatvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan xulqatvor hamma bolalarga ham taalluqli emas. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Ko‘chirish (tatbiq etish) – pedagogik psixologiyaning markaziy masalalaridan biridir. O‘zlashtirilgan faoliyatni yangi masala-larni hal etishga to‘g‘ri va muvaffaqiyatli tatbiq etish xatolarni kamroq qilish, yangi faoliyat turini tez o‘zlatirishni anglatadi. Inson o‘zlashtirgan faoliyatini to‘g‘ri qo‘llay oladigan ob’ektlar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, mavjud ko‘nikmalar asosida u hal qila oladigan masalalar doirasi ham shunchalik keng bo‘ladi. Oddiyroq qilib aytganda, inson harakatlarining «ko‘chishi» qanchalik keng va aniq bo‘lsa, u shunchalik ko‘p narsa o‘rganadi, uning o‘qish natijalari shunchalik sermahsul bo‘ladi. Bilim unga o‘z faoliyatida shunchalik samarali yordam beradi. Bilimlarning shakllanish asoslari. Harakatning yangi ob’ektga to‘g‘ri va muvaffaqiyatli «ko‘chishi» shartlari va vazifalari ko‘p jihatdan bilimga bog‘liq. Ular insonning amaliy va anglash faoliyati uchun muhim bo‘lgan tashqi olamning o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi. Tegishli bilimlarning shakllanishi va o‘zlashtirilishi yangi ob’ekt, vaziyat va masalalarga duch kelgan insonning maqsadga muvofiq va samarali harakat qilishi uchun dastlabki shartdir. Bilimlar shakllanishida har xil faoliyat turlarining roli turlicha bo‘ladi. Masalan, predmetli faoliyat (manipulyasiyalash va qayta joylashish) narsa va hodisalarning xususiyatlarini «namoyon etish» uchun, perseptiv faoliyat (qabul qilish va kuzatish) – xususiyatlarning inson idroki va tasavvurlarida aks etishi uchun, tafakkur faoliyati (analiz va sintez) – xususiyatlarni taqqoslash va ular orasidan umumiylarini ajratish uchun, nutqiy faoliyat (ifodalash va nomlash) – mazkur umumiy xususiyatlarni predmet-lardan mavhumlashtirib va tur belgilari sifatida umumlashtirib mustahkamlash uchun kerak. Bilim o‘rgatish o‘z ichiga bir necha unsurlarni olishi shundan kelib chiqadi: O‘quvchilarga namoyish etish yoki ularning o‘zlari aniqlashi. Kuzatish. Taqqoslash, qiyoslash, qarama-qarshi qo‘yish. Mavhumlashtirish. Umumlashtirish. Inson tafakkuri faoliyatda shakllanadi. Shuning uchun o‘quv amaliyoti oldida o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullarining o‘ziga o‘rgatish vazifasi qo‘yiladi. Bu bilan bog‘liq ravishda o‘rganish bir vaqtning o‘zida bilimning to‘planishi va undan foydalanish usullarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida tavsiflanadi. Usullarni o‘zlashtirish, birinchidan, o‘quvchilarning ular bilan tanishuvi orqali, ikkinchidan, mashqlar – turli materiallarda aqliy faoliyatning mos keluvchi usullarini qo‘llash orqali, uchinchidan, ko‘chish – yangi masalalarni hal etish uchun usullarni tatbiq etish orqali ro‘y beradi. Shunday qilib, aqliy faoliyatning shakllanish yo‘li taxminan shunday: usul mazmunini o‘zlashtirish – mustaqil ravishda uni qo‘llash – yangi vaziyatlarga tatbiq etish. Insonga hali yechilmagan masalalarni hal etish imkonini beruvchi bilish jarayonlari ijodiy tafakkur deb ataladi. Uning shakllari va tuzilishi hozircha noma’lum. «Oydinlashish», «ilhom» kabi so‘zlar ijodiy tafakkurning birinchi bosqichida hali insonda shakllanmagan tushuncha va mantiqiy operasiyalar shaklida sodir bo‘ladigan faktlarni tavsiflaydi, xolos. Bu so‘zlar, shuningdek, ijodiy tafakkur natijasi faqat ma’lum tasavvur, tushuncha va operasiyalarni qo‘llash emasligini, balki yangi obrazlar, tushun-chalarni hal etishning yangi usullarini yaratishni ham bildiradi. Shunday qilib, ijodiy tafakkur ko‘p jihatdan ijodiy tasavvurga yaqinlashadi va hatto uyg‘unlashadi. Ijodiy tafakkur uchun asosiysi – «qolip»dan chiqish, voqelikni faqat odatiy tushuncha va tasavvurlardagidek emas, balki har jihatdan atroflicha qamrab olishdir. Ijodiy tafakkur mantiq doirasi bilan chegaralanmagan va shuning uchun narsalar haqidagi tasavvurlarning har qanday, eng noodatiy, fantastik o‘zaro munosabatlari, birlashuvi va qayta yaralishiga yo‘l qo‘yadi. XULOSA O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pеdagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham dеb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o`quvchilarini. O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya bеrish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan еtarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kеlib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kеchadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kеngayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik taraqqiyotini xarakatga kеltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialеktik qarama-qarshiliklarni yuzaga kеlishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan kеyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o`tiladi. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o`rta maktabda o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi. O`smirlarning yangi ijtimoiy jixatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, o`smirlarga ta’lim-tarbiya bеrishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kеrak. O`smirlik yoshining mazmuniy xaraktеritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi. Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi еtmaydigan bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o`smirlar uchun xaraktеrli bo`lgan norozilik, qo`pollik, qaysarlik, o`z-o`zini analiz qilishga moyillik sub’еktiv olamga va shunga o`xshash hislatlarni kеltiradigan jinsiy еtilishga nixoyatda katta axamiyat bеradilar. Jinsiy yеtilish munosabati bilan paydo bo`ladigan yangi sеzgilar fikrlar, maylliklar, kеchinmalar guyo usmirlar ongida xukmron bo`ladi. Ularning xulki atvorini bеlgilaydi. Mana shu tariqa oqibat natijada o`smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof biologik omil dеb qaraladi. Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz biologik jihatidan еtilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo bo`lishi natijasida o`smirning taraqqiyotiga va unga bеriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya bеrishni aniq tashkil qilish o`smirlarning konkrеt hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli dеb qarab bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy sharoitlar rolini konkrеt hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga almashtirib bo`lmaydi. Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o`smirning yoshi va uning hususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi shu munosabat bilan o`smirlik yoshi mutloqo aniq ma’lum va absolyut chеgara hamda xaraktеritsikaga ega emas bu yеrda ancha muhim bo`lgan ma’lum fikrlar bor. Download 135.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling