O’zbekiston respublikasi o’rta va oliy ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti
Mantiqiy va tahliliy masala va mashqlarni o’quvshilarga o’rgatish va ishlash texnologiyasi
Download 157.9 Kb.
|
havasxon
4.Mantiqiy va tahliliy masala va mashqlarni o’quvshilarga o’rgatish va ishlash texnologiyasi.
Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish asosida ta’lim jarayonining potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish bosqichi davom etmoqda. Pedagoglar ayni paytda innovatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali o‘quv samaradorligi va sifatini oshirishni ko‘zlamoqdalar. Avvalambor, shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir kishi pedagogikaning falsafiy jabhalaridan, ilm-fan va texnika sohasidagi o‘zgarishlardan, yangi paydo bo‘lgan dunyoqarash va ilmiy oqimlardan xabardor bo‘lishlari kerak. Ikkinchidan, har bir pedagog bolaga ta’lim-tarbiya berish masalasi bilan shug‘ullanar ekan, pedagogika nazariyasi va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari hamda milliy istiqlol g‘oyalari bilan qurollangan bo‘lishlari kerak. Uchinchidan, nazariy jihatdan to‘la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda ta’lim jarayoniga qo‘llash eng dolzarb masalaga aylangan.Ushbu qo‘llanma “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining umumiy masalalari uchun mo‘ljallangan, o‘qitish jarayonini loyihalash algoritmi mavjud bo‘lib, katta modullar va o‘rta modullarga hamda o‘quv soatlarining umumiy soniga qarab o‘quv reja asosida taqsimlangan. O‘rta modul tarkibidagi kichik modullarga aniq maqsadlarning qo‘yilishi va ularga ajratilgan vaqtning chegaralanganligi pedagogik texnologiyalarni joriy etilganligining eng muhim belgisidir. Modullardagi tayanch tushunchalarning va nazorat savollarining aniqlanishi hamda test savollarining tuzilishi egallangan bilimlarni malakaga aylantirish uchun zamin yaratadi. Ma’ruzada o‘rta modulda qo‘llaniladigan dars turi, tipi hamda qo‘laniladigan pedagogik usul va uslublarni aniqlab, ishlatadigan joylarini belgilash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu esa qo‘llanmada o‘z aksini topgan. Ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalaridan unumli foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Muayyan modulda o‘qitishning texnik vositalarini topib, qo‘llanish joylarini aniqlash mazkur qo‘llanmada o‘z aksini topgan. Ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir kishi bugungi kunda yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni anglashi, shuningdek, darslarni loyihalash asosida modulli o‘qitish texnologiyalardan ham xabardor bo‘lishlari kerak. Ushbu qo‘llanma kam kuch va kam vaqt sarflab, chuqur va puxta bilimlar berish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Loyihalash asosida modulli o‘qitish nazariy jihatdan to‘la asoslangan bo‘lib, bugungi kunda uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish eng dolzarb masalaga aylangan. Berilgan bilimning yakuniy natijasi ko‘nikma shaklida namoyon bo‘lishi deganda, talabalarning egallagan bilimlari asosida qandaydir amaliy faoliyatlarni bajara olishlari tushuniladi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” o‘quv predmeti bo‘yicha ta’lim texnologiyasi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg‘or pedagogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Fanni o‘qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan. Ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borishda ko‘proq ko‘rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllarga e`tibor qaratilgan. Amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo‘lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda. Davlatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti yuqori sifatli kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jahon andozalari darajasida kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa me`riy hujjatlar nafaqat milliy ta’lim taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash tizimini istiqbolini belgilovchi hujjat, balki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining birinchi bosqichida amalga oshirilgan islohotlar sohani yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga zamin hozirladi. Ikkinchi bosqich – ta’lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Ushbu murakkab muammolarning yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga katta vazifalar qo‘ymoqdi. Bu aniq vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanishdan iboratdir. Ta’limning sifati va uni tashkil etish usuli o‘qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog‘liq. Ta’limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim obyektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, ta’limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o‘quv jarayonining darajasiga bog‘liq. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar – yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Bunda har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari hamda spetsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursini o‘qitish yuqorida ta’kidlangan ta’lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi konseptual yondashuvlarga asoslanishi kerak. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faolligini oshirish usullaridan biri. Bunda muammo va uni hal etish usullari, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirish, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. Keltirilgan kontseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy tuzilishi va ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, o‘quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqib, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida belgilangan vaqtda o‘qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshiriladi. O‘qitish usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullari, amaliy ishlash usuli, o‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorligi va o‘zaro o‘rganishga asolangan frontal, jamoa va guruh. O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Kommunikatsiya usullari sifatida quyidagilar qayd etiladi: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Maktabgacha ta’lim yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Shu bois, biz pedagogik texnologiyalarning – zamonaviy o‘zbek modelini maktabgacha ta’limda o‘qitish metodikasi misolida amaliyotga qo‘llashni rejalashtirdik. Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik modullardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab o‘rta va katta modullar deb atadik. Modulli o‘qitish texnologiyasi, majmuali yondashuvni ifodalaydi. Majmualar nazariyasiga asoslangan modulli o‘qitish texnologiyasi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimning ijodiy faoliyatiga, dunyoqarashiga samarali ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki majmualar nazariyasi ilmiy jihatdan to‘la asoslangan didaktik tamoyil va qonun-qoidalarga tayanadi. O‘smirlarda boshqalami xatosi topish juda katta xursandchilikni keltirib chiqaradi. Har doim o‘zini boshqalardan aqlliroq ekanligini sezish o‘ziga xos hissiyotlarga sabab bo'ladi. Ayniqsa biror bir nashr etilgan kitoblaming betlaridagi xatolikni topish. Inson tabiatidagi bu xususiyatni o‘quv jarayonida foydalanish samarali natija beradi. Beshinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘simliklaming hayotiy shakllari bo‘yicha matn tuzib ular ichiga noto‘g‘ri javoblami qo‘shib xatolikni topish tavsiya etilishi mumkin. Misol uchun: butalar bo‘yicha quyidagi matnni tavsiya etib uni xatosini topishni o‘quvchilarga topshiriladi. Butalar - poyasi yog‘lashgan, bo‘yi 2-3 metrdan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox o‘simlik. Butalarga tog‘lar yonbag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, archa, na’matak, shuvoq, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, gulsapsar kabilami misol qilish mumkin. Matnda qanday xatolik mavjud? Bu tipdagi mashqlami bajarish shu tomondan muhimki bunday mashqlar turli xil matnlardagi xatoliklami topish imkonini beradi. Juda ko‘p biologiyadan tuziladigan masalalar turli xil ta’sirlami jonli tabiatdagi jarayonlar bilan bog‘liqligini tahlil qilishga qaratiladi. Bunday masalalarga tuzilish bilan bilan bajaradigan funksiyasini, tuzilish bilan hayot tarzini, turli tirik organizmlaming o‘zaro ekologik bog‘lanishlarini va boshqalami misol qilish mumkin. Shuningdek bunday tipdagi masala va mashqlarga qo‘yilgan mummoni yechimini turli usullar bilan topiladigan masalalami ham kiritish mumkin. Biologiyani o‘qitish jarayonida fizika fani bilan bog‘liq masalalardan foydalanish ham ijobiy natija beradi. Misol uchun: tinch holatda nerv hujayrasining membranalarida elektr maydon kuchlanishi va potensiallar farqi nimaga teng bo‘ladi? (elektr maydonining kuchlanishi - bu kuchdir, u membranada hosil bo‘ladigan yagona elektr zaryad hisoblanadi). Masala quyidagicha yechiladi: membranining ikki tomonidagi potensiallar farqi (100 mv atrofida) ni uning qalinligiga (25 mmk) bo‘lish kerak. Javob: juda hayratlanarli darajada: 4 mln. volt/m yoki 4 ming volt/mm. Kimyoviy masalalar o‘quvchilaming biologiya va kimyodan olgan bilimlarini tekshirish uchun kimyo bilan biologiyani bog‘lovchi masalalardan foydalanish ulami biologiya va kimyoga bo‘lgan qiziqishlami oshiradi. Bunday masalalar birinchidan bolalami kimyoni o‘rganib biologiyaga borganda uni esdan chiqarmaslikka o'rgatadi. Kimyo bilan biologiyani bog‘lovchi masalaga quyidagini misol qilish mumkin. ADF va ATF solingan aralashmada 0.5mg/mol adenin va 1.2 mg/mol fosfat hosil bo‘lgan. Aralashma qancha mg/mol ATF mavjud? ADF dan bunday miqdor ATFni olish uchun qancha mg/mol glyukozani kislorodli muhitda parchalanishini ta’minlash kerak? 1 mol ADF ning parchalanishidan Imol adenin va 2 mol fosfkislota qoldig‘i, 1 mol ATF ni parchalanishidan esa 1 mol adenin 3 mol fosfat kislota qoldig‘i hosil bo‘ladi. ADFning mg/mol miqdorini x, ATFning mg/mol miqdorini esa у bilan belgilab olamiz va bu sistemani ikkita tenglama ko'rinishida yozamiz. x + у = 0.5 2x + 3y = 1.2 Bu sistemani yechish orqali quyidagi natijani olamiz x = 0.3 mg/mol va у = 0.2 mg/mol. Aralashmaga qancha qancha glyukoza qo‘shishni bilish uchun, 0.2 mg/molni 38 ga bo‘lish kerak. Natijada 0.005 mg/moldan ko‘proq glyukoza kerakHgi ma’lum bo‘ladi. Nisbatan murakkabroq masalaga quyidagi masalani olish mumkin: DNKning ma’lum bir nusxasini anorganik moddagacha parchalanishi natijasida 0.37 mg/mol ammoniy va 0.1 mg/mol fosfata kislota qoldig'i hosil bo‘lgan. DNK da qancha miqdor mg/mol adenin, timin, guanin va sitozin bo‘lgan? Bu masalani yechishda kitobdan foydalanish mumkin. Kitobni ko‘rish orqali bir molekula adeninda 5 atom azot, guaninda ham 5 atom, bir molekula sitozinda 3 atom, timinda esa 2 atom azot bo‘lshini ko'rishimiz mumkin. Shunday qilib A - T juftida 7 atom azot va 2 fosfat guruhi, G-S juftida 8 atom azot va 2 fosfat guruhi mavjud. Adenin (timin bilan m/g - mol miqdori bir xil) dagi mg/mol miqdorini x harfi bilan, guanindagi mg/mol miqdorini у harfi bilan belgilab olamiz va tenglama tuzamiz. 2 x + 2 у = 0.1 7 x + 8 у = 0.37 Вu tenglamani yechish orqali quyidagi natijani olamiz x = 0.03 mg/mo! va у = 0.02 mg/mol. O‘quvchilaming mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan murakkab masalalarga quyidagini ham misol qilish mumkin. Masala: DNK molekulasida guanin va sitozin nukleotidlar orasida uchta, adenin va timin nukleotidlari o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i mavjudligini e’tiborga olsak, ushbu fragmentda 1400 juft nukleotidlar mavjud. Unda guanin va sitozin juftligi adenin va timin juflligidan 2.5 barobar ko‘p bo‘Isa, ushbu zanjirdagi vodorod bogiar sonini toping? Yechilishi; 1400 = 2800 2800 = 2 x (A va T) + 2,5 • 2 x (G va S) 2800 - 7 x x = 400 ta 400 adeninga 400 ta timin komplementar ular orasida 800 ta vodorod bog‘ bor. 400*2,5 = 1000 ta 1000 ta guaninga 1000 ta sitozin komplementar ular o‘rtasida 3000 ta vodrod bog6 mavjud. 800+3000- 3800 ta Javob: 3800 ta vadarod bog‘lar mavjud. Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar mazmuni Botanika fanidan masala va mashqlar botanikani o‘qitishda foydalaniladigan masalalani mazmun jihatdan quyidagi xillarga ajratish mumkin - o'simliklaming vegetativ va generativ organlariga oid masala va mashqlardan foydalanish o‘quvchilaming olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan; - vegetativ va generativ organlar bo‘yicha masala va mashqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy izlanishga oid ko‘nikmalarini shakllantiradigan; - o‘simliklar sistematikasi bo‘yicha ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga oid masalalar; - o‘simliklar muhofazasiga oid masalalardan foydalanish orqali o‘simliklar ekologiyasi va muhofazasiga oid bilimlami kengaytirish; O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simliklar biologiyasi va tarqalishi haqidagi bilimlami kengaytirishga qaratilgan masalalar. Zoologiya fanidan masala va mashqlar - hayvonlaming tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini yoritishga va ulaming tuzilishi, xilma-xilligini tasawur qilishga yordam beradigan; - hayvonot olamining tiplari va ulaming o‘zaro o‘xshashlik, farqli tomonlarini yoritishga imkon beradigan; - o‘quvchilaming ijodiy va mustaqil fikrlashlarini kengaytirishga imkon beradigan; - o‘quvchilar tasawurida hayvonlaming tuzilishi, katta va kichikligi tasawur qilishga va moddalar almashinuvini tasvirlash imkonini beradigan; - hayvonlaming ko‘payish intensivligini, nasi soni, naslning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar; - 0 ‘zbekiston “Qizil Kitobi” ga kiritilgan hayvonlaming soni, muhofazasi, hamda prognozlashga oid ma’lumotlami aks ettirgan masalalar. Odam va uning salomatligi fanidan masala mashqlar - odam va uning salomatligi fanidan o‘zlashtiriladigan bilim ko‘nikma va malakalami rivojlantirishga qaratilgan; - to‘qima va organ! ar tizimi haqida tushunchalami, tasawumi, ulami o‘zaro taqqoslash, tuzilishiga xos tomonlami ochib beradigan; - organiar va organlar sistemasi to‘g‘risidagi tasawurlami shakllantiriadigan, taqqoslash, organlar anatomiyasi, fiziologiyasi hamda gigienasini yoritib berishga qaratilgan; - organlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillaming ijobiy va salbiy tomonlarini a'quvchilar ongiga singdirishga qaratilgan; - modda va energiya almashinuvi jarayonini o‘zlashtirishga imkpn beradigan; organlar sistemasini nerv - gumoral yo‘l bilan boshqarilishi haqidagi tushunchalami kengaytirish va rivojlantirishga oid; - sog‘lom turmush tarzini, o‘z organizmiga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga oid qarashlami shakllantiradigan masala va mashqlar. Biologiya (sitologiya va genetika asoslari) fanidan masala va mashqlar -biologiyani o‘rganish metodlari va tirik organizmlaming xilma-xilligi, prokariot va eukariot organizmlaming o‘ziga xos tomonlari va ulami taqqoslashga, ko‘payish tezligi, ko‘payish tezligiga ta’sir ko‘rsatadiga omillar to‘g‘risida; - hujayrani kashf etilish tarixi, o‘rganish usullari, hujayra organoidlari, kimyoviy tarkibi, organoidlar funksiyasini yoritib beradigan; - hujayra tarkibiga kiruvchi organik moddalar - oqsillar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar va boshqalaming tuzilishi, kelib chiqishi, tarkibidagi monomerlar izchilligini, molekulyar massasini o‘rganishga imkon beradigan; - hujayrada boradigan plastik va energetik ahnashinuv, ATF, fotosintez mohiyatini anglab yetishga, jarayonlami to‘g‘ri tasvirlashga qaratilgan; - irsiyat qonunlari, modifikatsion, mutatsion o‘zgaruvchanlikni o‘rgaishga oid; - seleksiya asoslari ya’ni o‘simlik, hayvon, mikroorganizmlar seleksiyasi va 0 ‘zbekistonda seleksiya yutuqlari haqidagi qarashlami kengaytishga qaratilgan” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida biologiya fanini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish - umumbiologik qonuniyatlar va nazariyalami chuqur o‘zlashtirish, mustaqil fikrlar qabul qilishga, qonun va nazariyalar mohiyatini yoritib berishga qaratilgan: - genetik injeneriya va biotexnologiya asoslaridan bakteriyalami ko‘paytirishga, genetik transformatsiya, transduksiya, transpozonlar, plazmidlar, rekombinat DNK olish genlami klon-lash, biotexnologiyaga oid o‘zlashtirgan bilimlami mustahkam-lashga qaratilgan; - tirik organizmlaming kelib chiqishi va rivojlanishi o‘zaro bog‘liqligini yoritib beruvchi, paleontologiya, biogeografiya va organizmlaming tarqalishi haqida bilimlarga asoslagan; - ekologiya va biosfera qonuniyatlarini kengroq bilishga imkoberadigan. O‘qituvchi masalalaming yuqorida keltirilgan har qaysi tipi orasidadan dastuming har qaysi mavzusi uchun beriladigan masalalami oldin tayyorlab va tanlab oladilar va bu masalalami qiyinlik darajasiga qarab ajratadilar. Mana shu asosiy prmsipni o‘qituvchi doimo esda tutishi juda muhimdir. Darsning qiziqarli va sifatli chiqishi uchun ko‘p masalalar tanlashdan emas, ayrim masalardan dars davomida mohirlik bilan foydalanishdan iboratdir. Biologik masalalar ko‘zlangan maqsadga nazariy yo‘l bilan ishlash bilan bir qatorda amaliyotga qo‘llash uchun, amaliy bilimlarga asoslanib ham yechish kerak. Kasbga yo‘naltirish ta’limini joriy qilitiish munosabati bilan amaliyotga tatbiq etiladigan masalalami ta’lim tarbiya jihatidan ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. XULOSA. Xulosa qilib aytganda , iqtisoslashgan maktab o’quvchilarni aniq va tabiiy fanlaga oid masala va mashqlarni yechishi orqali maktab o’quvchilarini fikrlash doirasini rivojlantirish mumkin . Ularga mantiqiy va tahlily masalalar berish orqali fanlar aro o’zaro bog’liqlikni shakillantirish mumkin. Maktab ta’limning asosiy vazifalari bolalarning ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash xususiyatini shakllantirishdan iborat. Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz. Maktab ta’limning o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, bolalar ta’lim olish uchun turli tayyorgarlik darajasiga, har xil ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgan holda maktabga tayyorlanadi. Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar mazmuni Botanika fanidan masala va mashqlar botanikani o‘qitishda foydalaniladigan masalalani mazmun jihatdan quyidagi xillarga ajratish mumkin o'simliklaming vegetativ va generativ organlariga oid masala va mashqlardan foydalanish o‘quvchilaming olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Vegetativ va generativ organlar bo‘yicha masala va mashqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy izlanishga oid ko‘nikmalarini shakllantiradigan. Darsning qiziqarli va sifatli chiqishi uchun ko‘p masalalar tanlashdan emas, ayrim masalardan dars davomida mohirlik bilan foydalanishdan iboratdir. Biologik masalalar ko‘zlangan maqsadga nazariy yo‘l bilan ishlash bilan bir qatorda amaliyotga qo‘llash uchun, amaliy bilimlarga asoslanib ham yechish kerak. Kasbga yo‘naltirish ta’limini joriy qilitiish munosabati bilan amaliyotga tatbiq etiladigan masalalami ta’lim tarbiya jihatidan ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 157.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling