O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e’tibor qaratildi. Shaxsan Prezidentimiz I


Bozor infratuzilmasini turkumlashga zamonaviy yondashuvlar


Download 256.92 Kb.
bet3/13
Sana28.02.2023
Hajmi256.92 Kb.
#1238014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBOJONOV UMRBEK NEMAT O\'G\'LI

1.2. Bozor infratuzilmasini turkumlashga zamonaviy yondashuvlar

Infratuzilma majmuiga kiruvchi sohalar iqtisodiy jarayonlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos o ‘rin egallaydi. Shu nuqtayi nazardan ham infratuzilma tarmoqlarini ulaming muhim belgilari jihatidan tasniflash uning alohida unsurlari va asosiy yo‘nalishlarining takror ishlab chiqarish jarayonidagi o‘mini aniqlashga imkoniyat yaratib beradi. Infratuzilma majmuasining keng qamrovli xususiyatga egaligi, bevosita uni yagona mezon bo‘yicha tasniflash imkonini bermaydi.


Shunga ko‘ra, ilmiy manbalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida infratuzilmaning asosiy yo‘nalishlari sifatida ishlab chiqarish, ijtimoiy-maishiy, institutsional, shaxsiy, ekologik, jahon va bozor infratuzilmasi ajratib ko‘rsatiladi
Infratuzilmaning bu ko‘rinishlarini bir-biridan ajratish, farqlash hamda ularning asosiy mohiyatini ifodalovchi ilmiy ta’riflash nafaqat nazariy, balki infratuzilma majmuasining iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan о‘mini asoslashda muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkiban moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoq va korxonalarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchiga yyetkazishga tayyorlash, saqlash, o‘rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan yoki o‘raladigan idishlar bilan ta’minlash, tashish, ta’mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi, ulaming to‘xtovsiz va samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkilot va korxonalar majmuini tashkil etadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasining o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning tarkibiga kiruvchi tuzilmalar ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydi, balki takror ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda kechishi uchun faqat bilvosita asosda zaruriy shart-sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek, mazkur infratuzilmaning funksional xususiyati bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida sarflangan mehnat unumli hisoblanadi, u milliy daromadning qiymatini ko‘paytiradi;
- infratuzilma tarmoqlarida mahsulot yangi moddiy-ashyoviy shaklda yaratiladi;
- infratuzilma tarmog‘i mahsulotini zahirada saqlash yoki omborga olish mumkin emas, chunki u tashish, saqlash va axborotni uzatish shaklida namoyon bo‘ladi;
- ishlab chiqarish infratuzilmasini yordamchi, va ayniqsa, ikkinchi darajali soha sifatida tavsiflash mumkin emas
Ijtimoiy-maishiy infratuzilma bevosita kishilaming ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va shu kabi faoliyat yo‘nalishlaridagi harakatlari, munosabatlari, o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash, rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq va subyektlar majmuidan iborat bo‘lgan iqtisodiyotning alohida bir bo‘g ‘inidir. Ya’ni, ijtimoiy-maishiy infratuzilma aholining turmush tarziga bevosita bog’liq bo’lmgan uy-joy qurilish, sogMiqni saqlash, ta’lim-tarbiya berish, jismoniy tarbiya va sport, madaniy va maishiy, maxsus aloqa va transport, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish hamda kishilaming har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etuvchi boshqa sohalami o‘z ichiga oluvchi, ulami bog’lovchi tizim sifatida ifodalanadi.
Shuningdek, iqtisodiy manbalarda ushbu soha “noishlab chiqarish sohasi”, “xizmatlar sohasi”, “sotsial infratuzilma” va shu kabi nomlar bilan ham ataladi. Shu tufayli ijtimoiy-maishiy infratuzilma sohasiga qarashlaming bir xil emasligi moddiy ishlab chiqarish sohasi va xizmatlami aniq chegaralashda ma’lum qiyinchilik tug‘diradi. Xizmatlar va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish asosan ishlab chiqarish sohasining bir qismini hamda taqsimot va iste’mol munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda jamiyat a ’zolarining hayoti va faoliyati uchun moddiy, madaniy-maishiy va ijtimoiy sharoitlar yaratiladi. Bu sharoitlar esa jamiyatda erishilgan ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va mavjud ishlab chiqarish munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma aholining ijtimoiy va shaxsiy ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondiruvchi ikki tomonlama xizmatlami o‘zida mujassamlashtirgan boMib, uning tarmoqlarini ijtimoiy va maishiy guruhlarga birlashishini taqozo etadi
Ijtimoiy infratuzilma insonning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishning sharti boMib maydonga chiqadi. Bunga xalq ta’limi, sogMiqni saqlash, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport kiradi. Maishiy infratuzilma esa aholining hayoti va faoliyati uchun uy-joy, maishiy sharoit yaratadi. Bu sohaga asosan savdo, umumiy ovqatlanish, yoMovchi tashuvchi transport va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar kiradi. Infratuzilmaning bu qismi ijtimoiy infratuzilmadan ko‘ra ko‘proq moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bogMiq boMadi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma qandaydir asosiy tuzilma uchun yordamchi va uzatuvchi xizmat ko‘rsatuvchi mexanizm hisoblanmaydi. Chunki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obyekti — aholi - noishlab chiqarish sohasi bilan ishlab chiqarish, iqtisodiyot va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma munosabatlari bilan umumiy aloqasi bo‘lmagan munosabatda bo’lmadi
Ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning asosiy funksiyalari sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin:
- yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim berish, qayta malakasini oshirish (maorif, ta’lim);
- ish vaqti davomida mehnat unumdorligi pasayishining oldini olish (umumiy ovqatlanish, yoMovchi transporti);
- mehnatga layoqatlilik davrining davomiyligini uzaytirish;
-xodim laming dam olish shart-sharoitlami yaratish, ularning madaniy saviyasini oshirish (turarjoy xo‘jaligi, madaniyat, san’at).
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish va ijtimoiymaishiy infratuzilmaning o ‘xshash tomoni ham mavjud: har ikkala sohada ham tovar qiymatining o ‘zgarishi xizmat ko'rsatish orqali amalga oshiriladi.
Institutsional infratuzilma esa bevosita ijtimoiy xo'jalik yuritish faoliyatini tashkil etish, boshqarishni amalga oshirish bilan bogMiq boMgan huquqiy va jismoniy shaxslar hamda davlat muassasalarini o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilmaning farqlantiruvchi xususiyati asosan uning mustaqil tarmoq yoki tarmoqning ichki tuzilishi tarzida namoyon boMmay, balki ularga tizim osti boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatishi orqali ifodalanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida bajaradigan boshqaruvchilik vazifalarigako‘rajamiyat, hudud, tarmoq, ishlab chiqarish va boshqa shu kabi darajalardagi institutsional infratuzilmalar farqlanadi. Ushbu infratuzilma turli-tuman va bir-biriga mustahkam bogMiq boMgan elementlaming murakkab tizimini tashkil etadi. Uning bir qism idoralari takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda bevosita ishtirok etadi, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarish subyekti hisoblanadi, boshqa qismi esa muomala sohasiga xizmat ko'rsatadi. RJoximsen institutsional infratuzilmaga bergan ta’rifiga ko'ra, “institutsional infratuzilma — bu mavjud erkinlikni ta’minlovchi, mulk munosabatlari, meros qoldirish, ishga yollash va boshqalarga oid munosabatlami tartibga soluvchi huquq-tartibotdir. Ushbu huquq-tartibot davlat tuzilishining siyosiy, subyektlarning iqtisodiy manfaatlari, etnik, diniy, irqiy va kasbiy xususiyatlarini hisobga oigan holda qonuniy mustahkamlangan bo'lmog'i kerak”. Institutsional infratuzilmaning vazifasi ma’lum xo'jalik tizimida faoliyat yuritayotgan subyektlarga “yaxshi va qulay imkoniyatlar” da, ulaming natijalari teng samaralar beradigan ichki huquq-tartibot asoslarini ishlab chiqishdir.
Ekologik infratuzilma bevosita tabiatni, atrof-muhitni, atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, insonning tabiatga o'tkazadigan salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan davlat muassasalari, mahalliy hokimiyat, muhandislik inshootlari, laboratoriyalar va ekologiya bilan bog'liq bo'lgan davlat, xalqaro va ijtimoiy tashkiiotlarni o'z ichiga oladi. Ekologik infratuzilma qishloq jamoasining industrial rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Ushbu infratuzilma bevosita fan-texnika taraqqiyoti natijasida sodir bo'lgan salbiy jarayonlarga chek qo'yish asosida tabiatning cheklangan zaxiralaridan samarali foydalanish borasida nafaqat alohida hudud, mamlakat, balki xalqaro miqyosda o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishni o'z ichiga oladi.
Infratuzilma majmuyida «shaxsiy infratuzilma» ham muhim rol o'ynaydi. U o'zining mohiyatiga ko'ra xorij iqtisodiyotida qo'llanilgan tovar xo'jaligining samarali faoliyat yuritish vositasi bo’lgan “sotsial umumiy kapital” yoki jamiyatda kishilaming ma’naviy (aqliy), tadbirkorlik, kasbiy va boshqa faoliyatlarini tashkil etuvchi “inson kapitali” hisoblanadi. Shuning uchun ham shaxsiy infratuzilma mehnat taqsimlangan tovar xo'jaligida ishtirokchilaming, ulaming umumxo'jalik faoliyatiga integratsiyalashuvining oshishini ta’minlovchi va ishlarini hisobga oigan holdagi soni va sifati (tayyorgarlik darajasi)ni qamrab oladi.

Download 256.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling