O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Rahbar ayollar” maxsus malaka oshirish kursi tinglovchisi Abduraxmonova Feruzabonuning Artur Xeyli muallifligidagi “Oqshom xabarlari” asari bo’yicha yozgan


Download 15.94 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi15.94 Kb.
#1357019
Bog'liq
Esse Artur Heyli, F.Abdurahmonova


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Rahbar ayollar” maxsus malaka oshirish kursi tinglovchisi Abduraxmonova Feruzabonuning Artur Xeyli muallifligidagi “Oqshom xabarlari” asari bo’yicha yozgan essesi.

Artur Xeyli muallifligidagi “Oqshom xabarlari” asari haqida o’z tushunchalarimni yozishdan oldin muallif haqida qisqacha tuxtalmoqchi edim.


Artur Xeyli 1920-yil 5-aprelda Bedfordshir (Angliya) okrugining Luton shahrida tug’ilgan. Uning otasi fabrikada ishlagan, onasi o’g’lining hurmatli inson bo’lishini xohlagan. 14 yoshida Xeyli maktabni tark etishga majbur bo’ladi. Uning ota-onasi keyingi ta’lim uchun pul to’lashga imkoniyati yetmagan. Lekin, ular Arturga yozuv va stenografiya kurslari uchun pul to’plab o’qitishgan. 1934-yildan 1939-yilgacha u Londonda xizmatchi bo’lib ishlagan. 1939-1947 yillarda ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Qirollik havo Kuchlarida uchuvchi bo’lib xizmat qilgan va keyinchalik Kanadaga ko’chib o’tgan. Torontoga joylashgandan so’ng, Xeyli ko’chmas mulk savdosi, savdo, reklama sohasida ishlagan va yozishni davom ettirgan. 1955-yilda Xeyli CBC korporatsiyasi tomonidan sotib olingan «Xavfli parvoz» ssenariysini yozadi. 1956 yilda ushbu ssenariy bo’yicha chiqarilgan televizion film tezda mashhur bo’ladi. 1965-yilda «Mehmonxona» romani muvaffaqiyatli bo’ladi.
Xeyli taxminan bir yil davomida syujet ustida ishladi, taxminan olti oy davomida eslatmalar va qoralamalar yozdi va natijada taxminan bir yarim yil davomida haqiqiy kitob yozdi. «Oqshom xabarlari» (1990) romani uchun
67 yoshida Peru o'rmonidagi partizan urushi haqida ma'lumot to'plash yoki «Mehmonxona» uchun mehmonxona biznesi haqida 27 ta kitob o'qish — bu uning asarlariga o'quvchilarga ko'rinadigan realizmni qo'shadi, garchi ba'zi tanqidchilar buni zaif adabiy iste'dod uchun qopqoq deb hisoblasa ham.
«Oqshom xabarlari» yozuvchi Artur Xeylining eng ko'p sotilgan romanidir, asarda Amerikaning C. B. E. telekanalining faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Xo‘sh, bugunning ommaviy axborot vositalari o‘z vazifasini yetarlicha ado etmoqdami? Ayniqsa, turli kanallar orqali efirga uzatilayotgan axborot dasturlari, turli muzokara-yu munozaraga sabab bo‘layotgan bahslarga chorlovchi ko‘rsatuvlar aholi muammosini yechishga, mushkulining oson hal bo‘lishiga ko‘mak bermoqdami? Yoki ular shunchaki kanal yoki dastur reytingini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqdami? Bugun takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari shiddat bilan jadal tus olayotgan bir davrda maqsad faqat yuqori pog‘onani zabt etish emas, aksincha, yuksalish sari eltuvchi haqiqiy qadam bo‘lmog‘i muhimdir. Ma’lum bir shaxs hayotiga daxldor voqeaning yoinki turli muammolarning davlat yoki xususiy kanallar orqali yoritilishi kim uchundir salbiy holatni sodir etmasligi o‘ta muhim masaladir. Xususan, Artur Xeylining “Oqshom xabarlari” asarida “jurnalistlarni nimalar deb atash mumkin; “2 –qadimiy kasb” mi, “3- kuch”mi, “Qanotli akulalar” mi va yoki “yollangan teleqotillar” mi, - deydi. Asarda tasvirlangan quyidagi jumlalarga bir e’tibor bering-a…
“Ertalab telekanalda rejalashtirish ishlari boshlangan. Sigaret tutatgan va issiqqina kofedan rohatlangan holda xotirjam bosh qotirishmoqda, qaysi reportaj yoki lavhani birinchi efirga qo‘ysak, biror hudud madaniy-maishiy hayotiga doir muammolar ko’lamini yoritishnimi, biror bir siyosatchi karyerasinimi, hech biri shaxsiy emas, faqat biznes…” bu yerda reyting uchun shunaqa kuchli kurash avj oladiki, oddiy tomoshabinga buning biror tomoni ma’lum emas, u ichki firibgarlikmi yoki tashqi zarbami…
Ommaviy axborot vositalari, xususan telejurnalistikaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni mislsiz darajada beqiyosdir. Boisi har bir mamlakatning yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholisi borki, hayotining ma’lum qismini teleekran qarshisida o‘tkazadi. Kimdir turli mavzudagi axborotlar tinglashga qiziqsa, kimdir ko‘ngilochar dasturlar shaydosi.Umuman olganda, har kim o‘z dunyoqarashi, sohasi doirasida informatsiya olishga harakat qiladi.
Shuningdek asarda o’zim anglagan jasorat qismiga ham tuxtalmoqchiman, «Peru terroristik tashkiloti «Sendero Luminoso» jasoratli harakatni amalga oshirmoqda — C.B.A. Krouford Sloan kompaniyasining teleboshlovchisi oilasini o’g’irlash, garovga olinganlarning hayoti evaziga terrorchilar «Jahon inqilobi: Sendero Luminoso yo'lni ko'rsatmoqda» deb nomlangan beshta teledasturni jonli efirda namoyish etishni talab qilmoqdalar. C. B. E. rahbariyati garovga olinganlarni topish uchun guruh tuzishga qaror qildi, uni kompaniyaning eng yaxshi muxbirlaridan biri Garri Partrik boshqaradi.
Partrik guruhi o’g’irlab ketuvchilarning xatti-harakatlarini namoyish etishga muvaffaq bo’lishdi, ular garovga olinganlarni vaqtincha ushlab turadigan terrorchilarning boshpanalarini topdilar, ammo bu vaqtga kelib terrorchilar o'z asirlarini Peruga olib ketishdi. Uning a’loqalaridan foydalanib, Partrik o'g'irlashning orqasida «Sendero Luminoso» borligini aniqladi.
U Peruga boradi va guruh a’zolaridan biri anesteziolog Baudelyo bilan birga yashagan ayolni topadi. Katolik yepiskopi bu haqda xabar beradi.
C.B.E. rahbariyatining jonkuyarligi, dovyurakligi orqali nafaqat bir qancha asirlar qutqarildi, shu bilan birga jamiyatda yashovchi insonlar ongiga salbiy axborot kirib borishini oldi olindi.


Rahbar yon daftarchasiga.

Qanday vosita orqali, qaysi soha doirasida, qay mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, uning markazida inson hayoti, inson omili turadi. Shunday ekan, hech kim haqli emaski, kimningdir qadrini toptashga, ruhiyati, ma’naviyatiga zarba berishga. Jurnalist yoki u ishlaydigan kanal uchun yo boshqa bir mas’ul shaxs uchun qanchalik daromadli, manfaatli va foydali bo‘lmasin, inson qadrini ulug‘ tutishga barchamiz birdek burchlimiz.
Download 15.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling