O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevga


Download 16.83 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi16.83 Kb.
#1741261
Bog'liq
Ariza


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevga
Farg’ona viloyati Oltiariq Tumanidagi Burbonliq qishloq fuqarolaridan
ARIZA
Arizamizning mazmuni shundan iboratki , bizni Burbonliq qishlogiga 1900 -yillarda qurulgan «Do’sti Xudo Pirim» masjidi qurilgan. Bu masjid 2011 yilga qadar xaqiqiy jome masjidi bo’lib ishlab turgan . Keyingi yillarga kelib bir -ikki kunga shunchaki tumanga bo’lib bu masjid berkitilgan. Xozirgi kunga kelib yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev Islom diniga yo’l ochib berdi yurtboshimiz qayerga borsa masjid va ziyoratgohlarni obod qilish to’g’risida ma’ruzalar o’qimoqda buni bizlar gazeta, jurnallardan va radio va televizorlardan ko’ryapmiz .
Yurtboshimiz Prezident bo’lgandan buyon juda ko’p masjidlar qurildi va ta’mirlandi . Yurtboshimiz shunday din erkinliklarini bersayu joylardagi bajaruvchi raxbarlar to’sqinlik qilsa. Hurmatli Prezident biz oldin xam 2019-2020 yilari sizga va diniy qo’mita xodimlariga ariza bilan murojaat qilganmiz , Ulardan bizga xatlar kelgan hamda viloyat diniy idoralardan xatlar kelgan va karantin davri tugatilgandan keyin albatta masjidlaringni ochib beramiz mazmunda xatlar kelgan , hamda viloyat diniy idoralaridan xodimlar kelib o’rganishgan hammalari quruq va’da berib bizni aldagan . Hurmatli Prezident, biz shu kunga qadar sabr qilib kutdik oldingi arizamizda xam yozgan edik yana eslatamiz 2019 yil «Xidoyat» jurnalda 12- sonida Konstitutsiyamizning 61 -moddasida «Davlat diniy birlashmalarining faoliyatiga aralashmaydi» deb yozilgan bu joyda yana ko’p gaplar yozilgan shunday ekan nima uchun joylardagi raxbarlar ochilishiga to’sqinlik qilishmoqda axir oddiy xalqni qanchagacha aldaysizlar Burbonliq qishlogi 9 mingga yaqin, Katput qishlogi 8 mingga yaqin, Yangiarab qishlogida 4 mingga yaqin , Chordara qishlogida 3 minga yaqin axoli yashaydi, nahot shuncha katta dargoxda bitta masjid bo’lmasa. Eskilarda bir maqol bor: «Chumchuqdan qo’rqqan jo’xori ekmaydi degan» kimlardan qo’rqib masjidlar ochilmayapti?
Hurmatli Prezident , masjidlar qancha ko’p ochilsa davlatga koni foydaku , besh mahal poklanib masjidga kirib namoz o’qigan yoshu qari barcha yomon odatlarini tashlaydiku . Ayniqsa o’spirin yoshlar halol xaromni yaxshi - yomonni ota va onani katta va kichikni ajrata oladiku, hamda xozirgi Jome masjidlarida juda foydali ma’ruzalarni eshitsalar qanday yaxshi . Bizni Burbonliq qishlogiga eng yaqin masjidni masofasi 9-10 km Katput qishlogida undan xam uzoq . Agarda bizni «Dusti Xudo Pirim» masjidi ochilsa Katput, Yangiarab, Chordara qishlog’ida o’rtasida bo’ladi.
Hurmatli Prezident, tumanda jinoyatchilikni ko’payishi, ajrimlar , yetim qolayotgan bolalar poraxo’rlik, o’g’rilik va barcha illatlar dinsizlikning, Islomni tushunmaganlikning oqibatidur deb o’ylaymiz.
Yana shunga alohida e’tibor berishingizni so’raymiz, bu arizamizda yuqorida ko’rsatib o’tilgan muhim taraflarini e’tiborga olgan holda, bizning masjidimizni ochib berishda amaliy yordam berishingizni so’raymiz. Sizga Allohdan uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Imzo qo’yuvchi mahalla oqsoqollari:
Burbonliq mahalla oqsoqoli:

  1. Zilol MFY raisi G’. Xasanov

  2. Gulobod MFY raisi D. Umarov

  3. Shalol MFY raisi M. Mamatqulov

Katput mahalla oqsoqoli:

  1. Yangi Arab MFY raisi O’. Xo’jamberdiyev

  2. Tol ko’cha MFY raisi M. Yigitaliyeva

  3. Yangi ariq MFY raisi M. Qodirov

Yangi Arab mahalla oqsoqoli:

  1. Bunyodkor MFY raisi: I. Umarov

  2. Yangi Arab MFY raisi: Z. Akbarov

Chordara mahalla oqsoqoli

  1. Chordara MFY raisi L. Ma’murov

Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling