O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi barchamizda katta qiziqish uyg‘otdi
Download 18.12 Kb.
|
Najot11111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodir G‘AFFOROV, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kafedra mudiri, dotsent O‘zA
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi barchamizda katta qiziqish uyg‘otdi. Murojaatnomada davlatimiz rahbari an’anaga ko‘ra o‘tayotgan yil yakunlarini sarhisob qildi, kelasi yil nomini e’lon qildi va kelajak uchun qator tashabbuslar bilan chiqdi. Tashabbuslarning hayotda tatbiq etilishi esa O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal sur’atda davom etttirish uchun imkoniyat beradi. Murojaatnomadagi tashabbuslar mamlakat rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Qolaversa, qaysi soha tilga olinmasin, albatta, keng tahlil, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari va aniq vazifalar belgilab berilishi bilan diqqat-e’tiborni tortdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan 2023 yil yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nomlandi. Binobarin, inson qadriga e’tiborsiz va ilm-ma’rifat rivojisiz yurt taraqqiyotiga erishib bo‘lmasligi ayni haqiqatdir. Ilm saodatga eltuvchi yo‘ldir. Ayni paytda ta’limga kiritilgan investitsiya kelajakka sarmoya kiritishdir. Bu esa xalq farovonligi, davlatning raqobatdoshligini ta’minlovchi omildir. Murojaatnomada ta’kidlanganidek, xalqimiz maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘payishini, ta’lim va tibbiyot sifati oshirilishini istaydi. Farzandlar kamolotini o‘ylaydi. Ushbu talablar inobatga olingan holda yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida ham inson va uning manfaatlarini ta’minlash, sifatli ta’lim berish kabi ustuvor vazifa turibdi. Aynan bu galgi murojaatnomada ham mamlakatimizda ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarimizning kasb-hunarga o‘qitish, barcha kerakli sharoitlarni yaratish masalasi alohida o‘rin egalladi. Murojaatnomada ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalari ko‘rsatib o‘tildi. Prezidentimiz o‘z Murojaatida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!”, deya ta’kidlab o‘tdi. Birinchi navbatda, e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Prezident ta’kidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz, o‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Shu bois, 2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi. “Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, dedi davlatimiz rahbari. Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihasi boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1000 taga yetkaziladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi xalqimiz kayfiyatini ko‘targani aniq. Haqiqatan ham kelajagimiz bo‘lgan yoshlar tarbiyasiga, ta’lim olishiga va ularning ma’naviy yetuk inson bo‘lib shakllanishida bor kuchimiz va bilimimizni ayamaymiz.Ta’limning sifatini birgalikda yanada ko‘taramiz. Nodir G‘AFFOROV, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kafedra mudiri, dotsent O‘zA Download 18.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling