O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019/2020 o’quv yilida


Download 46.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.07.2020
Hajmi46.81 Kb.
#124599
Bog'liq
mpdf


O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining «2019/2020 o’quv yilida

O’zbekiston Respublikasining oliy

ta’lim muassasalariga o’qishga qabul

qilishning davlat buyurtmasi

parametrlari to’g’risida»gi PQ-4359-

sonli qarori

2019 yil 17 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019/2020 o’quv

yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul

qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida»gi PQ-4359-sonli qarori

qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o’quv yilidan boshlab:

 OTMlarning  mavjud  quvvatlari,  moddiy-texnik  bazasi  hamda  professor-

o’qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, OTMlar tomonidan mustaqil ravishda

belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga tabaqalashtirilgan to’lov-

kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to’lov-kontrakt bo’yicha

qo’shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi;

 nogironligi  bo’lgan  shaxslarga  davlat  buyurtmasi  asosida  o’qishga  qabul

qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo’shimcha ikki foizli davlat

granti  asosida  ajratiladigan  qabul  parametrlari  bo’yicha  OTMlarining

kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi

beriladi;

 to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o’z

xohishlariga ko’ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda

to’lash huquqi beriladi;

 davlat  buyurtmasi  parametrlari  doirasida  OTMlarining  sirtqi  va  kechki

ta’lim  shaklida  o’qitishning  to’lov-kontrakt  qiymati  tegishli  bakalavriat

ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi o’qitish shakli uchun belgilangan to’lov-

kontrakt qiymatidan ko’p bo’lmagan miqdorda belgilanadi;

 magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo’yicha belgilangan

turdosh  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishlari  negizidagi  magistratura

mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo’yicha

ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi;

 OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari) bo’ysunuvi bo’yicha vazirlik

va  idoralar  bilan  kelishgan  holda  chet  el  fuqarolarini  to’lov-kontrakt

asosida  o’qitish  qiymatini  tegishli  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishi  va



magistratura  mutaxassisligi  bo’yicha  O’zR  fuqarolari  uchun  belgilangan

bazaviy to’lov-kontrakt miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda belgilash huquqi

beriladi.

Qaror  bilan    OTMlarga  2019/2020  o’quv  yilidan  boshlab  vazirlik,  idora  va

yirik  xo’jalik  birlashmalarining  (ish  beruvchilar)  ehtiyojlaridan  kelib

chiqib,  kunduzgi  ta’lim  shaklining  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishlariga  mos

bo’lgan  yo’nalishlar  doirasida  tabaqalashtirilgan  to’lov-kontrakt  asosida

sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qitishni tashkil etish huquqi berildi.

Bunda, o’qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida

kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu

tizimda  besh  yil  ishlab  berish  sharti  bilan  ish  faoliyatiga  mos  bo’lgan

bakalavriat  ta’lim  yo’nalishlariga  suhbat  natijalariga  asosan  amalga

oshiriladi.

Tabaqalashtirilgan  to’lov-kontrakt  miqdori  OTMning  salohiyati  va  hududiy

joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini

hisobga  olgan  holda  tabaqalashtirilgan  to’lov-kontrakt  qiymatining  Davlat

komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo’lmagan miqdorda

OTMlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bunda,  tabaqalashtirilgan  to’lov-kontrakt  bo’yicha  qabul  kirish  sinovlari

natijasiga ko’ra OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida o’qishga

tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq ularning to’plagan

ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining xodimlarini oliy ta’limga

qabul qilish soddalashtirildi

Joriy  yilda  OTMlarning  maxsus  sirtqi  bo’limi  uchun  kvotalar  ajratilmadi.

2019/2020 o’quv yilidan OTMlarning vakolatlari kengaytirilgani holda ularga

yirik  ishlab  chiqarish  sub’ektlari  va  tashkliotlar  bilan  hamkorlikda

kadrlarni  tayyorlash  huquqi  berildi.

Endilikda,  OTMlar  vazirlik,  idora  va  yirik  xo’jalik  birlashmalarining

ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  ularning  tavsiyanomasi  asosida  xodimlarini  

kunduzgi  ta’lim  shaklining  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishlariga  mos

yo’nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida sirtqi va

kechki ta’lim shaklida o’qitish imkoniyatiga ega.

Bunda, o’qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida

kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu

tizimda  besh  yil  ishlab  berish  sharti  bilan  ish  faoliyatiga  mos  bo’lgan

bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni

sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan

to’lov-kontrakt  asosida  o’qishga  qabul  qilish  tartibi  hamda  xodimlarini

o’qishga    tavsiya  etish  huquqiga  ega  bo’lgan  vazirlik,  idora  va  yirik

xo’jalik  birlashmalarining  ro’yxati  Davlat  komissiyasi  tomonidan



tasdiqlanadi.

 

Download 46.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling