O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019/2020 o’quv yilida
Download 46.81 Kb. Pdf ko'rish
|
mpdf
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019/2020 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida»gi PQ-4359- sonli qarori 2019 yil 17 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019/2020 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida»gi PQ-4359-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2019/2020 o’quv yilidan boshlab: OTMlarning mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor- o’qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, OTMlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga tabaqalashtirilgan to’lov- kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to’lov-kontrakt bo’yicha qo’shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi; nogironligi bo’lgan shaxslarga davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo’shimcha ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bo’yicha OTMlarining kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi beriladi; to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o’z xohishlariga ko’ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to’lash huquqi beriladi; davlat buyurtmasi parametrlari doirasida OTMlarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qitishning to’lov-kontrakt qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi o’qitish shakli uchun belgilangan to’lov- kontrakt qiymatidan ko’p bo’lmagan miqdorda belgilanadi; magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo’yicha belgilangan turdosh bakalavriat ta’lim yo’nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi; OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari) bo’ysunuvi bo’yicha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda chet el fuqarolarini to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatini tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi bo’yicha O’zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to’lov-kontrakt miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi. Qaror bilan OTMlarga 2019/2020 o’quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos bo’lgan yo’nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qitishni tashkil etish huquqi berildi. Bunda, o’qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo’lgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi. Tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdori OTMning salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo’lmagan miqdorda OTMlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Bunda, tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt bo’yicha qabul kirish sinovlari natijasiga ko’ra OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida o’qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq ularning to’plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining xodimlarini oliy ta’limga qabul qilish soddalashtirildi Joriy yilda OTMlarning maxsus sirtqi bo’limi uchun kvotalar ajratilmadi. 2019/2020 o’quv yilidan OTMlarning vakolatlari kengaytirilgani holda ularga yirik ishlab chiqarish sub’ektlari va tashkliotlar bilan hamkorlikda kadrlarni tayyorlash huquqi berildi. Endilikda, OTMlar vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning tavsiyanomasi asosida xodimlarini kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos yo’nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qitish imkoniyatiga ega. Bunda, o’qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo’lgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish tartibi hamda xodimlarini o’qishga tavsiya etish huquqiga ega bo’lgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ro’yxati Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Download 46.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling