O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipediyasiga tavsiya etish uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich ik-321


Download 6.23 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi6.23 Kb.
#1678806
Bog'liq
mudir tavsiya


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipediyasiga tavsiya etish uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich IK-321 guruh talabasi Toshniyozova Marjona Ikrom qizining nomzodini qizini “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga tavsiya qilish uchun
Tavsiyanoma
Marjona Toshniyozova Ikrom qizi 2003-yil 22-fevralda Samarqand viloyati Narpay tumanida tavallud topgan , millati o ‘zbek . 2010-yilda Samarqand viloyati Narpay tumani 24-umum ta‘lim maktabiga o ‘qishga qabul qilinib , 2021- yilda a’lo baholar bilan maktabni tamomlagan .
Marjona Toshniyozova Ikrom qizi 2021-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga qabul qilingan va hozirda Iqtisodiyot fakultetining 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar ) yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqich talabasi hisoblanadi.
Marjona Toshniyozova Ikrom qizi Oliy ta’lim muassasasida o ‘qishi bilan birgalikda ,mehnatsevarligi, intizomliligi ,tirishqoqligi, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi hamda ilmiy va ijtimoiy faoliyati bilan ham talabalar va professor o‘qituvchilar o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Bundan tashqari, Institutda tashkil qilingan “Incubator’’ markazi ( talabalar bilan Start-up lohiyalari yaratish va tadbiq qilish) faxriy a‘zosi hisoblanadi , shu bilan birga institut tomonidan tashkil qlingan “Volontyorlar markazi “ faol ishtirokchisidir. Zakovat bo‘yicha 2023-yil 24-25-26 may kunlarida Oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasida “Intellektual haftalik” Respublika bosqichida faol qatnashgan . Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyida bo ‘lib o‘tgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi Narpay tuman bosqichida o‘zining “ Tadbirkorlik va banklar o‘rtasida aloqalarni kengaytirish(Vositachilik)” bo‘yicha loyihasi bilan qatnashgan. Respublika miqyoasida “Registon” ta‘lim loyihasi tomonidan tashkil qilingan “Registon IELTS granti “ tanlovida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan .
Marjona Toshniyozova Ikrom qizi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida xalqaro maqomdagi Scopus etirof etgan ilmiy jurnalda 1ta , Impact Factor jurnalida 4ta va mahalliy jurnallarda o’z maqola va tezislarini chop etgan. 2023 yil 22-may da o‘tkazilgan “ Экономика в туристких и гостиничных услуг” nomli xalqaro olimpiada faol qatnashgan. Ingliz tilini o‘rganish borasida ham yuqori natijalarga erishib , 2023 -yilda Xalqaro IELTS sertifikatining B2 darajasini olgan .
Yuqoridagilardan kelib chiqqqan holda Marjona Toshniyozova Ikrom qizi kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxxasisi bo ‘lib yetishishiga va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo ‘shishiga ishonaman
Marjona Toshniyozova Ikrom qizini “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga nomzod sifatida tavsiya qilaman.

Real iqtisodiyot kafedrasi mudiri ,PhD, dotsent Z.S.Artikov
Download 6.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling