O‘zbekiston respublikasi prezidentining “milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida” 011 yil iyuldagi pq-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida


II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi


Download 210.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.11.2023
Hajmi210.66 Kb.
#1738594
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
 296-сон 07.11.2011. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot res

II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilot ushbu Nizomga 
1-ilovaga
muvofiq
shakl bo‘yicha vakolatli organga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza yuboradi.
8. Arizaga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotnoma ilova qilinadi:
ariza bergan tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun
ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan obyektlari (asosiy binolar va inshootlar, sinov
laboratoriyalari, aks-sadosiz kameralar, texnologik uchastkalar, saqlash joylari va
boshqalar)ning ro‘yxati va tavsifnomasi;
tashkilot xodimlarining tarkibi va malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mavjud asbob-uskunalar, priborlar, apparatlarning ishlab chiqarilgan yili va muvofiqlik
sertifikati mavjudligi ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati va tavsifnomasi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
mavjud o‘lchov texnikasining ishlab chiqarilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda
tekshiruvdan o‘tgan yili ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati va tavsifnomasi;
06/07/23, 11:25
Стр. 2 из 8


(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153
/0266-son)
litsenziyalangan dasturiy ta’minot mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ariza bergan tashkilotda xavfsizlik xizmati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ariza bergan tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumiy va maxsus
talablarni belgilovchi hujjatlar ro‘yxati;
ariza bergan tashkilot tuzilmasining tavsifi;
axborot xavfsizligi bo‘yicha davlat standartlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa
hujjatlarning mavjud ro‘yxati.
Ma’lumotnomaga:
Oldingi
 tahrirga qarang.
ariza beruvchi tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
attestatsiya bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mol-mulk va asbob-
uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish
rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan
zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu
jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va
axborotlar bundan mustasno.
(8-bandning o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli 
qaroriga 
asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi
xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9. Ariza bergan tashkilot tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar qonunchilikda
belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 
09/22/153
/0266-son)
10. Vakolatli organ 30 kalendar kun mobaynida arizani, ma’lumotnomani va unga ilova
qilingan materiallarni ko‘rib chiqadi va ariza bergan tashkilotga ularni ko‘rib chiqishni davom
ettirish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida, yig‘im summasini ko‘rsatgan holda bildirishnoma
yuboradi. Ariza rad etilgan taqdirda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda bildirishnoma
yuboriladi.
11. Quyidagi hollarda:
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 
6

8
va 
9-bandlari
talablariga muvofiq
bo‘lmaganda;
arizada ko‘rsatilgan faoliyat tashkilot ustaviga (nizomiga) muvofiq bo‘lmaganda arizani
ko‘rib chiqish rad etiladi.
12. Ma’lumotnoma va unga ilova qilingan materiallar ariza bergan tashkilotga ariza ko‘rib
chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 2 oy
mobaynida ko‘rib chiqiladi.
13. Ma’lumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqish jarayonida
vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan
shart-sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
14. Quyidagilar:
06/07/23, 11:25
Стр. 3 из 8


tashkilotda ushbu Nizomning 
6
va 
8-bandlarida
ko‘rsatilgan shart-sharoitlarning yetarli
emasligi yoki mavjud emasligi;
arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi ruxsatnoma
berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
15. Ruxsatnoma berish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash tartibi vakolatli organ tomonidan
belgilanadi. Ma’lumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqqanlik uchun
yig‘im summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomani berish bilan bog‘liq xarajatlari
doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Yig‘im summasi vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza qaytarib olinganda
yoki vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul
qilinganda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
16. Ruxsatnoma bilan birga attestatsiyadan o‘tkazuvchi organga ish hujjatlari paketi
beriladi, ularning qiymati ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun
undiriladigan yig‘im summasiga kiradi.
17. Ruxsatnoma hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va tegishli himoyalanganlik
darajasiga ega bo‘lgan ushbu Nizomga 
2-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha maxsus blankada
rasmiylashtiriladi.
Vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar hisobini olib boradi.

Download 210.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling