Mavzu. Dasturiy ta’minot uchun talablar. Tizimli testlash jarayonlari Reja
Download 25.34 Kb.
|
10- mavzu. Dasturiy ta’minot uchun talablar. Tizimli testlash jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy ta’minotni testlash turlari
- Dasturiy ta’minotni tizimli testlash
- Dasturiy ta’minot uchun umumiy talablar
- Dasturiy ta’minotni tizimli testlashni kim va qanday amalga oshiradi
- Tizimli testlash turlari
- Foydalanish qulayligini testlash
10- 11- mavzu. Dasturiy ta’minot uchun talablar. Tizimli testlash jarayonlari Reja: 1. Tizimli testlash tushunchasi, uning maqsad va vazufalari; 2. Sertifikatsion DT tekshirish 3.Foydalanuvchi interfeysni testlash Dasturiy ta’minotni testlash turlari Unit Testing: - Qism tizim (modul komponenta) mustaqil ravishda testlanadi; - DT i/ch lar orqali amalga oshiriladi; - Maqsad: qisim tizim to’g’ri ishlab chiqilganligi (kod to’g’ri) qo’yilgan vazifani to’g’ri amalgaoshirayotganligiga ishonch hosil qilish. ¨ Integration Testing: - Qismtizimlar birgalikda ishlashi testlanadi; - DT I/ch lar orqali amalga oshiriladi; Maqsad: qisimtizimlar orasidagi o’zaro munosabatlar tekshiriladi. System Testing: -Tizim yaxlit xolda tekshiriladi. - DT i/ch lar orqali amalga oshiriladi; - Maqsad: tizim unga qo’yilgan talablarni (funksional va global) qanoatlantirishga ishonch hosil qilish ¨ Acceptance Testing: - DT i/ch tomonidan taqdim etilgan tizimni baxolash; - Mijozlar tomonidan amalga oshiriladi. - Maqsad: buyurtmachilar talablariqanoatlantirilganligi va foydalanishga tayorligiga ishonch xosil qilish. Dasturiy ta’minotni tizimli testlash Dasturiy maxsulot to’la ishlab chiqilganidan keyin uni testlash amalga oshiriladi. Albatda bunday testlash ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotda modulli (Unit testing), integratsion (Integration testing) testlash to’la to’kis amalga oshirilgandan so’ng, ya’ni keltirib o’tilgan testlashlarda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunday ko’rinishdagi testlashni o’tkazishdan maqsad ishlab chiqilgan dasturiy maxsulotda amalga oshirilgan aloxida protsedura va usullarni korrekt ishlashini tekshirishdan emas, balki foydalanuvchi nigohi bo’yicha tizim yaxlit holda korrekt ishlashi va unga qo’yilgan umumiy talablarga javob berishini aniqlashdan iborat. Demak, bunday ko’rinishdagi testlashni amalga oshirish uchun xam dasturiy ta’minotuchun qo’yilgan umumiy talablar axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Dasturiy ta’minot uchun umumiy talablar: Funksional talablar. Tizim nima ishni bajarish va qanday shakl almashtirish (kirish qiymatlarini chiqish qiymatlariga) lozimligini aniq tasniflab beradi; - nofunksional talablar - unumdorlik (samaradorlik); - ishonchlilik; - to’lalik; - turg’unlik; - xavfsizlik; - boshqalar. Tizimli testlashning asosiy vazifasi – bu tizimning umumiy holda, ishlashi bilan bog’liq bo’lgan nuqsonlarini aniqlashdan iborat. Bunday nuqsonlarga misol sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkun: - tizim resurslarini noto’g’ri ishlatilishi; - foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lumotlarning ko’zda tutilmagan kombinatsiyalari; tashqi muhit bilan birgalikda ishlay olmasligi; foydalanishdagi ko’zda tutilmagan senariylar (vaziyatlar); noto’g’ri yoki mavjut bo’lmagan funksionallik; foydalanishdagi noqulaylik va boshqalar. Dasturiy ta’minotni tizimli testlashni kim va qanday amalga oshiradi??? Tizimli testlash yetarlicha ko’p resurs talab qiladigan jarayon bo’lganligi sababli, uni o’tkazish uchun ko’pincha aloxida testlovchilar jamoasi ajratiladi, bundan tashqari ko’pgina holatlarda Dtni ishlab chiqish va shu fazagacha testlash jarayonida ishtirok etgan testlovchilarga bog’liq bo’lmagan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi va shunday qilish tavsiya etiladi. Shu narsani eslatib o’tish lozimki, ma’lum bir turdagi dasturiy ta’minotlarniishlab chiqishning xar bir bosqichida testlashni mustaqil testlovchilar o’tkazishimajburiy bo’lib xisoblanadi. Dasturiy ta’minotni tizimli testlash “qora quti” usuli orqali amalga oshiriladi. Bunday testlashda dasturiy ta’minot tuzilmasi xech qanday axamiyatga ega emas. Tizimli testlash turlari Tizimli testlashning quyidagicha turlari mavjud: - funksional testlash; samaradorlikni testlash; “yuklamali” (nagruzochnoye) yoki stressli testlash; konfiguratsion testlash (konfiguratsiyani testlash); xavfsizlikni testlash; ishonchliliginini va to’xtalishlardan keyingi tiklanishni testlash; foydalanish qulayligini testlash. Tizimli testlash jarayonida, odatda yuqorida keltirib o’tilgan testlashlarning barchasi xam amalga oshirilmaydi, bu narsa testlanayotgan tizimga bog’liq. Funksional testlash. Bunda tizim foydalanuvchi nuqtai nazaridan kelib chiqqan xolda tekshiriladi. Bunday testlash qora quti usuli orqali amalga oshirilganligi uchun ekvivalentlik sinflaridan foydalanish tavsif etiladi. Funksional testlashning to’lalik mezoni – bu funksional talablarini testlar bilan to’la qoplanganligi va ekvivalentlik sinflarini to’la testlanganligidir, y’ani aynan quyidagilar: barcha funksional talablar testlangan bo’lishi; ruxsat etilgan kirish ma’lumotlarining barcha sinflari tizim tomonidan korrekt qayta ishlanishi lozim; ruxsat etilmagan kirish ma’lumotlarining barcha sinflari tizimini barqaror ishlashiga ta’sir etmagan xolda tizim tomonidan chiqarib tashlashi lozim; test misollarida tizimning barcha mumkun bo’lgan chiqish ma’lumotlar sinfi ishlab chiqilgan bo’lishi mumkun; tizimning bo’lishi mumkun bo’lgan barcha ichki xolatlari va bir xolatdan boshqa xolatga o’tishning barcha variantlari testlanishi lozim. Samaradorlikni testlash. Bunday testlashdan maqsad tizim tomonidan foydalanuvchi so’rovlarini qayta ishlash samaradorlik darajasini tekshirishdan iborat. Samaradorlikni testlash tizimiga turli konfiguratsiyali jixozlarda turlicha yuklamalar berish orqali bajariladi. Tizim samaradorligiga ta’sir etuvchi uchta omilni aloxida keltirib o’tish mumkun: tizim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan oqimlar soni (masalan, faol bog’lanishi mumkun bo’lgan foydalanuvchilar soni) tizimli resurslarning bo’shlari soni, apparat resurslarining bo’shlari soni. Bunday testlash orqali ortiqcha nagruzka yoki tizimli resurslar yetishmovchiligi sharoitida tizimning nozik joylari va nuqsonlarni aniqlash mumkun bo’ladi. Testlash natijasiga ko’ra tizimdagi kam – ko’stlar to’ldiriladi, tizim resurslarini ajratish va taqsimlash algoritmlari o’zgartiriladi. Tizim samaradorligiga tegishli bo’lgan barcha talablar aniq ravshan keltirilishi xamda samaradorlik ko’rsatkichligini sonli baxolarini o’z ichiga olish shart, ya’ni masalan – foydalanuvchi so’roviga tizimni javob qaytarish vaqti maqbul bo’lsin degan talab testlash uchun yaroqsiz hisoblanadi, talab yaroqli bo’lishi uchun aniq vaqt ko’rsatilishi lozim, masalan – foydalanuvchi so’roviga tizimni javob qaytarish vaqti 2 sekunddan ortiq bo’lmasin. Bunday ko’rinishdagi testlash xisobotida apparatli va tizimli dasturiy ta’minotni yuklash ko’rsatkichlar (protsessor sikllarisoni, ajratilgan hotira, tizimli resurslarning bo’shlari soni va boshqalar) xam saqlanadi. Bundan tashqari tizimning ishlash tezligi ko’rsatkichlari xam muhum hisoblanadi. Masalan, vaqt birligi ichida qayta ishlangan so’rovlar soni, xar bir navbatdagi kelgan so’rovlarga xizmat ko’rsatishni boshlash vaqt oralig’i, vaqtning turli momentlarida javob qaytarilishi vaqtining teng taqsimlanganligi va boshqalar. Samaradorlikni testlashda go’yoki tizim odatiy xolda ishlamoqda degan farazda, tizimni kirish ma’lumotlar oqimi bilan ta’minlab berish uchun so’rovlar generatori mavjud bo’lishi talab etiladi. Test muhiti dasturiy komponentlardan tashqari yana apparat komponentlarni xam o’z ichiga olishi lozim bo’lib, bunday test stendida ruxsat etilganresurslarni turli bosqichlarini modellashtirish imkoniyati bo’lishi lozim. Stressli testlash. Stressli testlash Stressli testlash samaradorlikni testlash bilan ko‘pgina umumiylikka ega, lekin uning asosiy vazifasi tizimni samaradorligini aniqlash emas, balki tizim uchun ajratilgan resurslar maksimal darajada yetarli ѐki aksi, ya’ni tizim normal ishlashi uchun zarur bo‘ladigan resurslarga o‘ta yetishmovchilik sharoitida tizim samaradorligi va turg‘unligini baholashdan iborat. Stressli testlashning asosiy maqsadi – tizimni ishdan chiqaruvchi va tizim normal faoliyatini davom ettira olmaydigan shartlarni aniqlash. Bunday turdagi testlashni o‘tkazishda ham samaradorlikni testlashda ishlatiladigan vositalardan foydalaniladi. Biroq, farqi shundan iboratki, stressli testlashda yuklama generatori foydalanuvchi so‘rovlarini mumkin qadar maksimal tezlikda generatsiya qilishi ѐki so‘rov ma’lumotlarini shunday ishlab chiqishi lozimki, ular qayta ishlash xajmi bo‘yicha maksimal bo‘lishi lozim. Stressli testlashni o‘tkazish ayniqsa web va ochiq murojaatli tizimlarda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunday tizimlarda, ko‘pincha, nagruzka darajasini bashoratlash juda murakkab bo‘lib hisoblanadi. Konfiguratsion testlash. Hozirgi kunda ishlab chiqilaѐtgan juda ko‘plab dasturiy tizimlar turli-tuman qurilmalarda ishlatilishga mo‘ljallangan. Lekin, afsuski, ularning dastur va apparat jihatidan bir - biriga mos kelmay qolishligi muammosi haligacha mavjud. Bunda tizimning quyidagi xususiyatlari tekshiriladi: barcha qo‘llab-quvvatlovchi apparat ta’minotda hamda boshqa tizimlar bilan birgalikda korrekt ishlashi; ixtiѐriy biror-bir qurilmani boshqa shunga o‘xshashiga almashtirilganda ham barqaror ishlashda davom etishi, ya’ni tizim qurilmani almashtirish va yangi qurilma bilan ishni boshlash vaqtida ham to‘xtalishlarni keltirib chiqarmasligi; qurilmada standart (masalan, printerda qog‘oz tugaganligini anglatuvchi signal) va nostandart (masalan, energiya ta’minotdagi uzilish) vaziyatlarda vujudga keladigan muammolarni korrekt qayta ishlashi. Xavfsizlikni testlash. Agar dasturiy tizim ma’lumotlarni saqlash ѐki qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar ma’lum bir ko‘rinishdagi sirlarni (shaxsiy, tijorat, davlat va boshqa)namoѐn etadigan bo‘lsa, u holda bunday tizimlarning xavfsizlik jihatlariga katta e’tibor qaratilgan bo‘ladi. Tizim xavfsizligi uchun qo‘yilgan talablar ham shunga mos ravishda qat’iy bo‘ladi. Mazkur talablar tizim xavfsizligini testlashda tekshiriladi. Bunday testlashni o‘tkazish mobaynida quyidagilar tekshiriladi: Ma’lumot yo‘qotilmasligi; ma’lumotga ziyon yetmasligi (buzilmasligi); ma’lumot almashtirib qo‘yilmasligi (ma’lumotni almashtirib qo‘yish imkoniyati yo‘qligi); ruxsatsiz foydalanish huquqini olish imkoniyati yo‘qligi (xattoki, dasturiy tizimdagi zaiflikdan foydalangan holda). Tizim ishonchliligi va to‘xtalishlardan keyingi tiklanishni testlash. Tizim ixtiѐriy vaziyatda korrekt ishlashi uchun ixtiyoriy muammo bilan bog‘liq bo‘lgan turli hil to‘xtalishlardan so‘ng u o‘z funksional faoliyatini qayta tiklay olishi va korrekt ishlashda davom etishiga ishonch hosil qilish lozim bo‘ladi. To‘htalishlardan keyingi tiklanishda testlashni o‘tkazish uchun sun’iy ravishda qurilma yoki tizim bilan birgalikda ishlaydigan dasturiy ta’minot yoki tashqi omillar natijasida dasturiy tizimda to‘htalishlarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar imitatsiya qilinadi. Bunday holatlarda tizim holati (hati-xarakatini) tahlil qilinayotganda ikkita omilga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi: uzilish va to‘htalishlar natijasida ma’lumotlarni yo‘qotilishini minimallashtirish; to‘xtalishlar bilan normal ishlashni davom ettirish orasidagi vaqtni minimallashtirish. Foydalanish qulayligini testlash. Nofunksional talablarning alohida guruhi bu tizimning foydalanuvchi interfeysidan foydalanish qulayligi uchun qo‘yilgan talablar bo‘lib hisoblanadi. Bunday ko‘rinishdagi talablarni testlashga navbatdagi mavzularimizda to‘htalib o‘tamiz. Yuqorida keltirib o‘tilgan testlashlar o‘tkazilganidan so‘ng tizimning funksionalligi hamda xususiyatlari haqida xulosa qilinadi. Bular natijasiga ko‘ra zarurat bo‘lsa tizim qayta ishlanadi yoki mavjud kam-ko‘stlar va nuqsonlar bartaraf etiladi. Nazorat savollari Alfa (alpha) va beta (beta)testlash nima? Qabul qilish-topshirish bo‘yicha sinovlar tushunchasi Tizimni qabul qilish-topshirish bo‘yicha sinovlar natijasi nimadan iborat? Dasturiy ta’minot sertifikatsiyasi nima? Sertifikatsiya jaraѐni kimlar tomonidan amalga oshiriladi? Sertifikatsion sinovlar o‘tkazish jaraѐning asosiy ob’ekti nimadan iborat? Sertifikatsion sinovlar o‘tkazish jaraѐni uchun ruxsat berilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning minimal tarkibi nimalardan iborat? Dasturiy ta’minot bo‘yicha yakuniy xulosa nimalardan iborat? Sertifikatsiyalash jaraѐnida lozim bo‘lgan DTYaS ma’lumotlari ro‘yxati nimalardan iborat? Sifat sertifikati nima? Sifat sertifikati kimlar tomonidan beriladi? Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling