O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 07. 08. 2006 y. Pq-436 Fan va texnologiyalar


Download 13.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.12.2017
Hajmi13.38 Kb.
#21863

Uzinfocom PDF plugin

1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

qarorlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 07.08.2006 y. PQ-436 «Fan va texnologiyalar

rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari

to’g’risida». Qarorga asosanVazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish

kengashi va uning ijrochi organlari - Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya

loyihalarini ekspertizadan o’tkazish kengashi tugatildi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni

muvofiqlashtirish qo’mitasi tashkil etildi, hamda qo’mita boshqaruvi O’zR FA prezidentiga yuklatildi.

 

Batafsil

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 05.05.2008 y. PQ-861 «“Qatag’on qurbonlari



xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida». Qarorga  muvofiq Muzey

binosi va unga tegishli hududida kapital ta’mirlash amalga oshirildi, shuningdek, yangi ko’rgazma 

ekspozitsiyasi va zallari tashkil etildi.  

Batafsil

 

 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 15.07.2008 y. PQ-916 «Innovatsion loyihalar va

texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-

tadbirlar to’g’risida». Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab

chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni

rag’batlantirish bo’yicha yangi amaliy mexanizmlar yaratildi, hamda 2008 yildan boshlab Innovatsion

g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o’tkaziladi.  



Batafsil

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 02.11.2010 y. PQ-1426 «Oliy malakali ilmiy va



ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to’g’risida». Farmon asosida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimi

takomillashtirildi, xususan, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlarini

tashkil qilindi.  

Batafsil

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 26.10.2011 y. PQ-1631 «Toshkent shahrida



Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tuzish

to’g’risida». Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Yuqori texnologiyalar markazi tashkil etildi, O’zR FA

prezidenti rahbarligida markazning faxriy kengashi tuzildi va uning nizomi belgilab qo’yildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 28.02.2013 y. PQ-1927 «Toshkent Davlat

Iqtisodiyot universiteti qoshida “O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va

muammolari” ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to’g’risida». Qarorga muvofiq Toshkent Davlat

Iqtisodiyot universiteti qoshida yangi ilmiy-ta’lim muassasasi tashkil etilib, uning maqsad va vazifalari

belgilab berildi. Shuningdek qarorda markaz strukturasi va ishchi-xodimlar jadvali belgilab berildi. 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 01.03.2013 y. PQ-1929 «Quyosh energiyasi



Xalqaro institutini tuzish to’g’risida». Qaror asosida XQEI tashkil etish va joylashtirish bilan bog’liq

Uzinfocom PDF plugin

2

amaliy masalalar hal etildi, shuningdek, uning nizomi tasdiqlandi va institut tasarrufiga topshirilayotgan

binolarni ta’mirlash rejasi ishlab chiqildi. DAK «Uzbekenergo» tomnidan XQEIni zarur jihozlar bilan

ta’minlab berildi, hamda 2018 yilga qadar soliq imtiyozlari taqdim etildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2014 y. “O’zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy

ta’limining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2204-sonli

qarori 

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va

Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish

hamda respublika oliy o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash bo’yicha quyidagi tadbirlar

amalga oshirildi:

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi

SHarqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy

nomidagi SHarq qo’lyozmalari markazini tashkil etish;

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

negizida O’zbekiston Milliy universiteti huzurida Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazini

tashkil etish;

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini

tugatib, mashinalar, mexanizmlar, suyuqlik va gazlar mexanikasi bloki negizida Toshkent davlat texnika

universiteti huzurida Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazini, shuningdek

inshootlar seysmik mustahkamligi bloki negizida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

Inshootlar seysmik mustahkamligi institutini tashkil etish.  



Batafsil

Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling