O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Download 20.76 Kb.
|
5-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017 yil 1 noyabr * * * O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga Sh A R H
O‘tgan davr mobaynida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan 35 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 ta farmoni va 8 ta qarori qabul qilindi. Fanlar akademiyasi tarkibidagi 9 ta ilmiy-tadqiqot instituti qayta tiklandi, qator ilmiy muassasalar qayta tuzildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi, Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ning saylovi bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy laboratoriya va kafedralari, ilmiy kengashlari, vazirlik va idoralar, turli darajadagi ekspert va ilmiy-texnika kengashlaridan iborat ko‘p tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat olib bormoqda. Bu ishlarning barchasi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish belgilangan. Shu bilan bir qatorda, sir emaski, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-texnik salohiyati, kadrlar bilan ta’minlanganligi, moddiy-texnika, laboratoriya va tajriba bazasining hozirgi holati mamlakatimizning yuqori sur’atlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga javob bermaydi. Vatanimiz ilm-fani raqobatbardoshligini oshirish va uni dunyoning eng rivojlangan davlatlari ilm-fani darajasiga mosligini ta’minlash masalalari keskinligini saqlab qolmoqda. Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida hal qilinishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni hal qilish, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika va laboratoriya-tajriba bazasini mustahkamlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Download 20.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling