O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
«Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
Download 20.76 Kb.
|
5-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi
«Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan fan va innovatsiya sohasida 6 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 40 dan ziyod tadbirlarni o‘z ichiga olgan 2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash maqsadida, doktoranturada o‘qish uchun maqsadli kvotalarni ajratish amaliyotini joriy qilish choralari nazarda tutilgan, hamda ilmiy kadrlarning akademik mobilligini oshirish va ularning ilmiy yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish belgilangan. Shuningdek, ilmiy faoliyat hamda ta’lim jarayoni integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha maqsadli choralarni amalga oshirish, bunda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodim va mutaxassislarini oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga keng jalb qilish, magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasini amaliyot o‘talgan muassasalarda o‘tkazish tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan. Amaliy choralarning yana bir muhim yo‘nalishi, respublika ilmiy muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar saviyasini yuksaltirishga, ularni xalqaro talablarga ko‘ra ilmiy xalqaro bazalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida mavjud hamda yangi tuzilayotgan ilmiy laboratoriyalar ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy va laboratoriya uskunalaridan birgalikda foydalanish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Litsenzion kelishuvlar bo‘yicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarning tijoratlashuv jarayonlarini faollashtirish maqsadida, ilmiy va innovatsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy asoslari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining patent-litsenzion faoliyatini takomillashtirish, intellektual mulk ob’ektlariga mualliflik qilishning ta’sirchan tizimini yaratish choralari belgilangan. Qarorga muvofiq 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab gumanitar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi. Mazkur qaror bilan rejalashtirilgan tadbirlar doirasida 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’mirlash-qayta tiklash ishlari, 40 ta ilmiy-tadqiqot muassasasini zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bunda, laboratoriyalarni sarflanuvchi materiallar va reaktivlar bilan uzluksiz ta’minlashga sarflanadigan xarajatlar alohida nazarda tutilgan. Umumiy qiymatda, 2018-2021-yillarda Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-tadqiqot muassasalari bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun 116 milliard so‘mdan ziyod, zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash uchun 32,2 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida qayd etib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz ilm-fani va iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘lidagi tizimli qadamlarning mantiqiy davomi bo‘lib, 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatli ijrosiga xizmat qiladi. Mazkur dasturiy hujjatning amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot muassasalari imkoniyatlarini salmoqli darajada kengaytirish, ular bajarayotgan tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar darajasi va sifatini oshirish imkonini beradi, va pirovard natijada, mamlakatimiz ilmiy-texnologik salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Download 20.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling