TADBIRKORLIKKA OID KOʻMAK LOYIHALARIGA SAVDO-SANOAT PALATASI HAMKOR SIFATIDA JALB ETILADI
19.05.2023
Rus tilida oʻqish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2023 yildagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-73-son Farmoni imzolandi.
Hujjatga muvofiq:
davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi.
SSPning qoʻshimcha moliyalashtirish manbai sifatida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun: 2023 yilning yakuniga qadar respublikaning 23 ta tumanida SSP, хayriya mablagʻlari hamda mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan «tadbirkorlar хiyobonlari»ni barpo etilishi rejalashtirilgan.Mazkur хiyobonlar Wi-Fi zonalarga ega boʻladi hamda ulardan tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish maydoni sifatida foydalaniladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2023 yildan kuchga kirdi.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/tadbirkorlikka_oid_kumak_loyihalariga_savdo-sanoat_palatasi_hamkor_sifatida_jalb_etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |