O’zbekiston respublikasi prezidentining


Download 45.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.07.2017
Hajmi45.86 Kb.
#11418

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 

QARORI 


Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 17(1)-son, 216-modda, 51-son, 633-modda) 

Xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etishni  kengaytirish,  xususiylashtirish  jarayonlarini 

chuqurlashtirish,  korxonalarning  ustav  kapitalidagi  davlat  ulushi  va  aktivlarini  xususiy 

investorlarga,  birinchi  navbatda,  xorijiy  investorlarga  sotish  hisobidan  respublika  iqtisodiyotida 

xususiy  mulkning  darajasi  va  rolini  tubdan  oshirish  va  shu  asosda  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiyalash  hamda  texnologik  yangilashni  ta’minlash,  ichki  va  tashqi  bozorlarda 

raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkillashtirish maqsadida: 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va 

raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Moliya  vazirligi  manfaatdor 

vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 

shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari va 

aktivlarining mavjudligi, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar 

bo‘yicha  tanqidiy  tahlil  o‘tkazilganligi  va  shuning  negizida  real  iqtisodiyotning  tarmoq  va 

sohalarida  davlat  ishtirokini  tubdan  qisqartirish  takliflari  ishlab  chiqilganligi  ma’lumot  uchun 

qabul qilinsin. 

2. Quyidagilar: 

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  ulushlari  strategik  xorijiy  investorlarga 

sotilishi lozim bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati 1-ilovaga

*

 muvofiq; 



ishlab  chiqarishni  yanada  modernizatsiyalash,  texnik  qayta  jihozlash,  raqobatdosh 

mahsulotlar  chiqarishni  tashkillashtirish  maqsadida  oshkora  savdolarda  xususiy  mulk  egaligi 

sharti  bilan  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  davlat  aktivlari  va  ulushlari,  birinchi  navbatda 

xorijiy  investorlarga  sotilishi  lozim  bo‘lgan  korxona  va  xo‘jalik  jamiyatlari  ro‘yxati  2-ilovaga

*

 

muvofiq; 



investitsiya  majburiyatlarini  qabul  qilish  sharti  bilan  «nol»  qiymatida  tanlov  asosida 

sotilishi  lozim  bo‘lgan  davlat  mulki  ob’ektlari,  shu  jumladan  qurilishi  tugallanmagan  ob’ektlar 

ro‘yxati 3-ilovaga

*

 muvofiq; 



oshkora  savdolarda  to‘liq  xususiy  mulk  qilib  sotiladigan  davlat  mulkining 

foydalanilmayotgan ob’ektlari ro‘yxati 4-ilovaga

*

 muvofiq; 



tugatish  yoki  bankrot  qilish  tartibini  qo‘llash  tashabbusi  bilan  chiqilgan  past  rentabelli 

va faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar ro‘yxati 5- ilovaga

*

 muvofiq; 



vakil  qilingan  organlar  xulosasi  hamda  tuman  (shahar)  hokimliklari  qarori  bilan  buzib 

tashlanishi lozim bo‘lgan foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’ektlari 

ro‘yxati 6-ilovaga

*

 muvofiq tasdiqlansin. 



1 — 6-ilovalar 

rus tilidagi matnda berildi 

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ-2327-sonli qarori 

bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ 

boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R. S. Azimov): 

bir  oy  muddat  ichida,  1-ilovaga  muvofiq  strategik  xorijiy  investorlarga  sotilishi  lozim 

bo‘lgan aktivlarni baholash va savdolarga qo‘yish jadvallarini tasdiqlasin; 

xo‘jalik  jamiyatlarining  ustav  kapitalidagi  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari 

ulushining bir qismini qo‘shimcha ravishda sotish bo‘yicha muntazam asosda takliflar kiritsin. 

4.  O’zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va 

raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tegishli vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari 

bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda,  2-  va  4-ilovalarga  kiritilgan  davlat  aktivlarini  baholash  va 

savdoga  qo‘yish  jadvallarini  hamda  3-ilovaga  kiritilgan  ob’ektlarni  «nol»  qiymatda  sotish 

bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish jadvallarini tasdiqlasin. 



5.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

hokimliklari  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo‘mitasi  bilan  birgalikda 

bir  oy  muddatda  6-ilovaga  muvofiq  davlat  mulki  ob’ektlarini  buzish  jadvalini  hamda 

bo‘shayotgan  yer  uchastkalarini  tadbirkorlik  sub’ektlariga  taqdim  etish  bo‘yicha  belgilangan 

tartibda tanlovlar o‘tkazish jadvalini tasdiqlasinlar. 

6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 

davlat  mulki  ob’ektlarini  yangi  mulkdorga  topshirish  vaqtigacha  ularning  saqlanishi 

uchun mazkur ob’ektlar balansida bo‘lgan korxonalar mas’ul hisoblanadi; 

3  va  4-ilovalarda  ko‘rsatilgan,  ijara  shartnomasi  bo‘yicha  o‘zlarining  majburiyatlarini 

tegishli ravishda bajarib kelayotgan davlat mulki ob’ektlarining ijarachilari ijaraga olingan ishlab 

chiqarish  maydonlarini  xarid  qilishda,  shu  jumladan  tasdiqlangan  shartlarda  «nol»  qiymatida 

sotib olishda ustun huquqqa egadirlar; 

davlat unitar korxonalari ayrim hollarda faqat O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 

qaroriga asosan tashkil etilishi mumkin. 

2-ilovaga  kiritilgan  15  foizdan  kamroq  xorijiy  kapital  ishtirokidagi  aksiyadorlik 

jamiyatlarining aksiya paketlari faqat xorijiy investorlarga sotiladi;  

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  ulushi  bo‘lgan  tijorat  tashkilotlari  faqat 

aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi. 



(6-band  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  21  dekabrdagi  PQ-2454-sonli 

qaroriga 

asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O’R QHT, 2015 y., 51-son, 633-modda) 

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 

7-

ilovaga 


muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 

8.  O’zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi,  Iqtisodiyot  vazirligi  hamda  Moliya  vazirligi  Adliya  vazirligi  va 

boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga 

mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga 

takliflar kiritsin. 

9.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri 

Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV 

Toshkent sh.,  

2015 yil 28 aprel, 

PQ-2340-son 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-sonli 

qaroriga 

7-ILOVA  

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 

kiritiladigan o‘zgartishlar 

1.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «2005-2006  yillarda  korxonalarni  davlat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida» 2005 yil 14 martdagi PQ-29-sonli 

qarori 5-bandining 

beshinchi xatboshi 

quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  o‘zlarining  ustav  kapitaliga  topshirilgan  aksiyalar 

(ulushlar)ning  davlat  paketlarini  ajratishni  faqat  Kuzatuv  kengashi  yoki  xo‘jalik  boshqaruvi 

organlari  aksiyadorlarining  umumiy  yig‘ilishi  qaroriga  binoan  yoki  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  bilan  kelishgan  holda  amalga  oshiradilar,  olingan  pul  mablag‘larini  esa  yangi 

korxonalar  barpo  etish,  ishlab  turgan  korxonalarni  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta 

jihozlash bo‘yicha loyihalarni investitsiya bilan ta’minlashga yo‘naltiradilar.». 

2.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Ulgurji  savdo  korxonalari  uyushmasi 

faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida»  2006  yil  6  martdagi  PQ-300-sonli  qarorining 

5-bandidagi 

«Toshkent  shahar,  Navoiy  ko‘chasi,  25-uydagi  tugatilayotgan  «O’zbeksavdo»  AJ»  so‘zlari 



«Toshkent  shahar,  Beruniy  ko‘chasi,  41-uydagi  «Xalq  iste’moli  tovarlarining  ko‘rgazma- 

yarmarka savdosi Respublika markazi» AJ» so‘zlari bilan almashtirilsin. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «2006  —  2008  yillarda  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish  to‘g‘risida»  2006  yil  10  iyuldagi 

PQ-407-sonli

 qarori 


4-ilovasining 14 pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 

4.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Ba’zi  respublika  komissiyalari  va 

kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» 2006 yil 21 

iyuldagi PQ-423-sonli qarori 4-ilovasining 

4-bandi 

quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi 

bilan to‘ldirilsin: 

«ob’ektlarni  bir  ro‘yxatdan  boshqa  ro‘yxatga  o‘tkazish,  investitsiyaviy  va  ijtimoiy 

majburiyatlar  shartlarini,  sotish  usullarini,  jumladan  «nulinchi»  xarid  qiymati  bo‘yicha  va 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  oldi-sotdi  shartnomalari  bo‘yicha  sotish  usullarini  o‘zgartirish  orqali 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  bilan  tasdiqlangan 

xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan xususiylashtiriladigan davlat mulki ob’ektlari (aksiyalari, 

ulushlari) ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish». 

O’n  beshinchi  —  yigirmanchi  xatboshilar 

o‘n  oltinchi  —  yigirma  birinchi  xatboshilar 

deb hisoblansin. 

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 19 martdagi PQ-1727- sonli qarorida: 

1-bandining uchinchi xatboshidagi «2013» raqami «2016» raqami bilan almashtirilsin; 

6-bandida: 

birinchi xatboshidagi «2015» raqami «2018» raqami bilan almashtirilsin; 

ikkinchi  xatboshidagi  «to‘lovlari  (boj  yig‘imlaridan  tashqari)»  so‘zlari  «to‘lovlaridan 

(bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari)» so‘zlari bilan almashtirilsin. 

6.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «2012  —  2013  yillarda  davlat  mulkini 

xususiylashtirish Dasturi to‘g‘risida» 2012 yil 25 apreldagi PQ-1743-sonli 

qarorining

 1-bandi va 

1, 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat mulki ob’ektlarini kichik biznes va 

xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2014 

yil 3 iyuldagi PQ-2200-sonli 

qarorida


a) quyidagi mazmundagi 6

1

-bandi bilan to‘ldirilsin: 



«6

1

. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 



xususiylashtirilgan  korxonalarda  xususiylashtirish  vaqtida  aniqlanmagan  davlat 

aktivlari,  jumladan  ko‘chirib  bo‘ladigan  va  ko‘chmas  mulk,  mazkur  korxonaning  (ularning 

huquqiy  vorislarining)  mulki  hisoblanadi,  Qonunga  muvofiq  xususiylashtirish  mumkin 

bo‘lmagan ob’ektlar bundan mustasno; 

xususiylashtirish  vaqtida  tasarruf  etmasdan  foydalanishga  berilgan  korxona  hududida 

joylashgan  ko‘chirib  bo‘ladigan  va  ko‘chmas  mulk  mazkur  korxonaning  (ularning  huquqiy 

vorislarining)  mulki  hisoblanadi,  Qonunga  muvofiq  xususiylashtirish  mumkin  bo‘lmagan 

ob’ektlar bundan mustasno; 

mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlar  yagona  ta’sischi  sifatida  bitta  aksiyadordan  iborat 

aksiyadorlik jamiyatlariga ega bo‘lishlari mumkin; 

b) 6-ilovaning

 3 


va 

4-bandlari 

quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«3.  Oshkora  savdolarda  davlat  aktivlarini  sotib  olishga  ikki  oy  mobaynida  talabnoma 

tushmagan  taqdirda,  ularni  dastlab  qo‘yilgan  narxni  qadam-baqadam  pasaytirib  borish 

mexanizmini qo‘llagan holda sotish amalga oshiriladi va bu qadam quyidagilar bo‘yicha har 15 

kunda dastlab qo‘yilgan narxning 10 foizini tashkil qiladi: 

ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha  — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha, ammo 

ularning narxlash kunigacha qoldiq qiymatidan kam bo‘lmasligi lozim; 

aksiyalar  va  ulushlar  bo‘yicha  —  dastlab  qo‘yilgan  narxdan  50  foizgacha,  davlat 

mulkini  xorijiy  investorlarga  sotishda  tender  savdolarini  o‘tkazish  bo‘yicha  Davlat 

komissiyasining  qaroriga  muvofiq  qo‘yilgan  narxni  keyinchalik  foydalanish  imkoniyati  bilan 



qadam-baqadam  pasaytirib  borish  mexanizmini  qo‘llash  mumkin.  Bunda  aksiyalar  va 

ulushlarning  boshlang‘ich  narxini  umumiy  pasaytirish  ularning  nominal  qiymatidan  past 

bo‘lmagan miqdorgacha amalga oshirilishi mumkin. 

4.  Davlat  ko‘chmas  mulk  ob’ektlari  dastlab  qo‘yilgan  narxning  50  foizigacha 

pasaytirilgandan  so‘ng  bir  oy  mobaynida  oshkora  savdolarda  sotilmay  qolgan  hollarda 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari 

takliflari  asosida  investitsiya  majburiyatlarini  qabul  qilish  va  yangi  ish  o‘rinlari  yaratish  sharti 

bilan  «nulinchi»  xarid  qiymati  bo‘yicha  sotilishi  mumkin  yoki  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  konservatsiyalab  qo‘yiladi  yoxud  buzib  tashlanib,  bo‘shagan  yer  uchastkalari  zaxira 

yerlar toifasiga o‘tkaziladi.». 



Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling