O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi sektorida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish bilan bog’liq muammolar yuzasidan Jahon bankining ishlash printsiplari Savollar va javoblar
Download 31.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon bankining O’zbekiston qishloq ho’jaligi sektoridagi faoliyatining umumiy strategiyasi qanday
- Jahon banki mamlakatning qishloq ho’jaligi sektorini modernizatsiyalash masalalari bo’yicha qanday amaliy yordam ko’rsatmoqda
- O’zbekiston paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish masalalariga Jahon bankining munosabati qanday
- Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish muammosini bartaraf etish borasida Jahon banki boshqa donor va rivojlantirish tashkilotlari bilan qay tarzda hamkorlik qilib
- Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar doirasida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan qanday aniq choralar belgilangan
- Uchinchi Tomon Monitoringi va Hisobot mexanizmi qanday ahamiyatga ega va ular O’zbekistonda qay tarzda ishlab kelmoqda
- 2015 yil paxta yig’im-terim mavsumidagi Uchinchi Tomon Monitoringi natijalari qanday bo’ldi
- Jahon bankining O’zbekiston Hukumati bilan muloqoti natijasidagi so’nggi yutuqlari qanday
O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi sektorida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish bilan bog’liq muammolar yuzasidan Jahon bankining ishlash printsiplari Savollar va javoblar 2016 yil aprel. Jahon bankining O’zbekiston qishloq ho’jaligi sektoridagi faoliyatining umumiy strategiyasi qanday? Jahon banki doim O’zbekiston qishloq ho’jaligi mahsulotining paxta va bug’doydan boshqa qo’shimcha qiymatli, meva va sabzavotlar kabi, qishloq ho’jalik ekinlariga va chorvachilikka o’tishni nazarda tutgan diversifikatsiyalanishini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Jahon bankining O’zbekiston qishloq ho’jaligi sektoridagi hamkorligi qishloq ho’jalik hosildorligini oshirishga, yer va suv resurslarini barqaror boshqarishni jadallashtirishga, irrigatsiya infrastrukturasining samaradorligini va xalq ho’jaligi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Bank fermerlar va qishloq ho’jalik korhonalariga qishloq ho’jalik jihozlari va texnikasini sotib olish, qishloq ho’jalik mahsulotini qayta ishlash, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, issiqhona ho’jaliklari hamda sabzavotchilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha texnik va moliyaviy yordam ham korsatib kelmoqda. Jahon banki mamlakatning qishloq ho’jaligi sektorini modernizatsiyalash masalalari bo’yicha qanday amaliy yordam ko’rsatmoqda? Jahon banki qishloq ho’jaligi sektorini modernizatsiyalash strategiyalarini ishlab chiqarish bo’yicha qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Hukumati bilan konstruktiv muloqot olib bormoqda. Mazkur strategiya tegishli institutlarni kuchaytirish, salohiyatni oshirish va ishlab chiqarish aktivlariga qaratilgan sarmoyalarni jadallashtirish orqali qishloq ho’jaligi sektorida barqaror o’sishni maksimallashtirish va ishchi o’rinlarni yaratishga qaratiladi. Jahon banki sektorning bozor asoslariga, ekologik va ijtimoiy jihatdan barqaror, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan rentabel qishloq hojaligiga o’tish kontseptsiyasini ishlab chiqishda yordam ko’rsatadi. Biz qishloq ho’jaligi salohiyatini va undagi mavjud qiyinchiliklarni ishonchli tarzda baholash maqsadida O’zbekiston Qishloq va Suv Ho’jaligi Vazirligi bilan ishlab kelmoqdamiz. Bunda mamlakatning qiyosiy afzalliklari va mahalliy, regional va xalqaro bozorlardagi imkoniyatlarni aniqlash hamda sektorda o’zgartirishlarni amalga oshirish va uning hosildorligini yanada yaxshilashda yengib o’tilishi zarur bo’lgan qiyinchilik va to’siqlar tahlili nazarda tutiladi. Bunday keng dasturni amalga oshirishdagi Bankning konkret yordami sarmoyalar va texnik ko’makdan iborat bo’ladi.
Jahon banki barcha shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishni qoralab keladi va O’zbekiston paxtachilik sektoridagi undan foydalanish haqidagi ma’lumotlarga jiddiy qarab keladi. Bizning fikrimizcha, O’zbekistonda by muammo yechilishining eng samarali yo’li – xalqaro agentliklar va donor tashkilotlari bilan uzluksiz muloqot va hamkorlikni nazarda tutuvchi kompleks yondashuvni qo’llash, sektorda tahliliy ish va strategik muloqot olib borish hamda loyihalar darajasida konkret choralar qo’llash. Asosiy yo’nalishlardan biri bu O’zbekiston xalq ho’jaligining mazkur sektorida majburiy mehnatdan foydalanishga undovchi stimullarni bartaraf etish maqsadidagi paxta sanoati sistemasining liberalizatsiyalashtirilishidir.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va boshqa rivojlanish sohasidagi ko’p va ikki tomonlama hamkorlar bilan birgalikda Jahon banki O’zbekiston Hukumati bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha faol muloqot olib bormoqda. Donor tashkilotlarinig Hukumat bilan bo’lgan mazkur muloqot va xalqaro hamjamiyatning uzluksiz ishi natijasida XMT 2013 yili paxta yig’im-terimi paytida bolalar mehnati bo’yicha monitoring o’tkazishga ruhsat oldi. 2014 yili monitoring XMT uslubiyatini qo’llash va uning texnik yordamidan foydalanish orqali O’zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirildi. 2015 yildagi yig’im-terim paytida XMT ilk marotaba Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar hududlarida bolalar va kattalar mehnatidan majburiy tarzda foydalanish bo’yicha monitoring o’tkazdi. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Shveytsariya bilan keng hamkorlikda Jahon banki monitoring va hisobot mexanizmlarini hamda paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etishga qaratilgan boshqa choralarni moliyalashtirish uchun ko’p donorli maqsadli fondni tashkil qildi. Biz Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan birgalikda paxta terimini mexanizatsiyalashtirish va hukumatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, ya’ni 2020 yilga paxta terimini to’liq mexanizatsiyalashtirish masalalari bo’yicha hukumat organlari bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. “Human Rights Watch”, “Ochiq jamiyat” Fondi, “BIC” Bank informatsiyon markazi, “Cotton campaign” va shu kabi yana boshqa fuqarolik jamiyati bo’yicha xalqaro tashkilotlar hamda O’zbekistondagi mahalliy jamoat tashkilotlari bilan Jahon banki faol muloqot olib bormoqda.
Jahon bankining barcha namunaviy tender dokumentlari Jahon banki qatnashgan loyihalar doirasida moliyalashtirilgan shartnomalar asosida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni ta’qiqlaydigan qoidani o’z ichiga olgan. Undan tashqari, O’zbekistonda paxta ishlab chiqarilishiga aloqador bo’lgan loyihalarda loyiha hududlarida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan choralar belgilab qo’yilgan. Mazkur choralar misol tariqasida quyidagilardan iborat: bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni ta’qiqlash bo’yicha qonunchilik talablariga hukumatning rioya etishini ta’minlash, Uchinchi Tomon Monitoringini o’tkazish va loyiha faoliyati bilan bog’liq yoki loyiha zonasida kuzatilgan bolalar va/yoki majburiy mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha hisobot mexanizmlarini yaratish, Uchinchi Tomon Monitoringini o’tkazishni to’liq qo’llab-quvvatlashni va shunga tegishli zarur choralarni tegishli tarzda amalga oshirish uchun sharoit yaratishni mahalliy hukumat organlaridan talab qilish; loyihalar amalga oshirilayotgan barcha hududlarda bolalar mehnati va majburiy menhnatdan foydalanishga undovchi stimullarni bartaraf etadigan yerdan foydalanish bo’yicha aniq strategiya, bolalar mehnati va majburiy mehnat haqidagi mehnat qonunchiligi va me’yoriy asoslar bo’yicha o’quv tadbirlarini o’tkazish va habardorlikni oshirish. Bu choralar Jahon banki loyihalarini moliyalashtirish haqidagi Moliyaviy Bitimga kiritilgan majburiy shartlarda aks ettirilgan.
Jahon Banki Guruhi qat’iyan amal qiluvchi printsipiga muvofiq Guruh qatnashuvida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida har qanday zarar keltirishning oldini olish uchun Guruh barcha choralarni ko’radi; xususan O’zbekistonda bunday loyihalar bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishga hech qanday imkon tug’dirmaydilar. Loyiha hududlarida majburiy/bolalar mehnatidan foydalanishga oid mumkin bo’lgan har qanday muammolarni muntazam ravishda kuzatishni ta’minlash maqsadida Jahon banki va O’zbekiston Hukumati orasida Uchinchi Tomon Monitoringi (UTM) va Hisobot Mexanizmini (HM) amalga oshirish haqida bitim kelishildi. 2015 yil yig’im-terim mavsumida quyidagi loyihalar UTM va HM o’z ichiga olardi: Qishloq ho’jalik korxonalarini qo’llab- quvvatlash loyihasining 2-fazasi va uning Qo’shimcha moliyalashtirilishi; Global ekologik fondning “Barqaror qishloq ho’jalikni qo’llab-quvvatlash va iqlim o’zgarishining asoratlarini kamaytirish” loyihasi; Bog’dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish loyihasi; Janubiy Qoraqalpog’istonda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish loyihasi; Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim sistemasini takomillashtirish loyihasi. 2014 yil oktyabrda Jahon Banki va XMT Hamjihatlik Memorandumini imzoladi, bunda ko’rsatilgan hamkorlik doirasida XMT 2015 va 2016 yillar yig’im-terim mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat bo’yicha o’zining standart uslubiyatiga asosan UTM olib boradi. 2015 yil Mart oyida XMT
va O’zbekiston Respublikasi Hukumati orasida XMT 2015 va 2016 yillarda HM amalga oshirishi haqidagi bitimga kelishdilar. 2015 yil 14 sentyabr va 31 oktyabr oralig’idagi yig’im-terim paytida Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar amalga oshirilayotgan 10 viloyat hududiga XMT 10 monitoring guruh mutaxassislari boshchiligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish bo’yicha monitoring o’tkazdilar. XMT va Jahon Banki yordamida Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash milliy Hisobot Mexanizmini tashkillashtirdi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi Shoshilinch liniyalar ishini tashkillashtirdilar hamda qayta aloqa va shikoyatlar qabul qilish uchun vebsayt yaratdilar.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan monitoring davomida 2015 yil paxta yig’im-terim mavsumida Jahon banki ko’magida amalga oshirilayotgan loyihalar benefitsiarlari bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanganligi haqida aniq dalil topilmadi. 2013 yildagi kabi, butun mamlakat bo’ylab, shu jumladan, Jahon banki ko’magida yuritilayotgan loyihalar hududlarida ham, bolalar mehnatidan muntazam foydalanish holatlari topilmadi. Shu bilan birga, kattalarning paxta terimiga tashkiliy holda jalb qilinishi kabi majburiy mehnat havfi Jahon banki va Xalqaro Mehnat Tashkilotini tashvishga solmoqda. Boshqa ishlar bilan bir qatorda XMT tomonidan o’tkazilgan monitoring majburiy mehnat havfini bartaraf etish uchun yanada mustahkam qadamlar zarurligi haqida xulosa qilib, va bunday xavf mavjudligi O’zbekistondagi hamkorlar tomonidan e’tirof etilganligi ta’kidlandi.
Paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha oxirgi ikki yil ichida Bank O’zbekiston Hukumati bilan jadal muloqotni yo’lga qo’yib oldi. Mazkur davr mobaynida mamlakat hukumati bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni ta’qiqlash va ishchilar huquqlarini muhofaza qilishga oid milliy qonunchilikka katta o’zgarishlar kiritdi. O’zbekiston Hukumati, XMT va Jahon banki o’rtasida o’rnatilgan uch tomonalama hamkorlik bizga ancha ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Bu hamkorlik natijasida bir qancha katta yutuqlarga erisihildi. O’zbekiston xalqi va iqtisodiyoti ravnaqiga yo’naltirilgan qishloq ho’jaligining keng qamrovli modernizatsiyasiga erishish uchun O’zbekiston Hukumati va rivojlantirish sohasidagi hamkorlari bilan olib borilayotgan ishlarning davom etishiga Jahon banki umid bildiradi. 2015 yil 16 noyabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori orqali Hukumat mazkur maqsadlarga sodiqligini yana bir marotaba tasdiqlaganidan hursandmiz. Noyabrdagi Qarorning davomi sifatida ishlab chiqilgan va 2016 yil 7 yanvarda Bosh Vazir tomonidan tasdiqlangan “2016-2018 yillarda qishloq xo‘jaligida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va bandlik, mehnat sharoitlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirlar rejasi” O’zbekiston Hukumati, Jahon banki va XMT o’rtasidagi hamkorlikning asosi bo’lib xizmat qiladi. Xususan, paxtachilik sektorining bugungi samaradorligini baholash va mavjud kamchiliklar va to’htatuvchi faktorlarni anglash maqsadida paxtachilik sektorida chuqur tadqiqot o’tkazish hamda ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini progressiv tarzda liberalizatsiyalash uchun har xil variantlarni taklif qilish bo’yicha Hukumat va Bankning birgalikdagi ishi mazkut hamkorlik ichiga kiradi. Download 31.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling