Kimyoviy kuyishlar. Kimyoviy kuyishlar teriga kislotalar, ishqorlar va
boshqa kimyoviy aktiv moddalarning tushishidan kelib chiqadi. Kuyishning
chuqurligi kimyoviy unsurning aktivligi, harorati va uzoq ta’siriga bog’liq bo’ladi.
Kimyoviy moddalardan kuyish ishlab chiqarishda ham, turmushda ham
ko’pincha kimyoviy moddalarni pala-partish ishlatish oqibatida yuz beradi.
Bemorni shifoxonaga olib borishdan oldin birinchi yordam sifatida og’riqni
qoldiruvchi, neyroleptiklar qilinadi, soda ishqorli suyuqliklar ichiriladi, plazma
o’rnini bosuvchi yoki elektrolitli eritmalarni vena orqali yuborish, kardiotonik
moddalar va ishqorli eritmalarni ko’p ichirish zarur.
Bu kabi kuyishlarda birinchi tibbiy yordam - kimyoviy moddani kuchli suv
oqimi bilan tez yuvib tashlashdan boshlanadi. Modda qoldiqlarini esa neytrallash
kerak. Kislotalarni neytrallash uchun 2% li ichimlik soda eritmasi qo’llaniladi.
Qattiq kuyishda bu sohaga bo’r kukuni sepiladi. Ishqorlarni 2% li sirka kislota
yoki limon kislota eritmasi bilan neytrallanadi. Terigsha yonib turgan fosfor
bo’lakchalari tushganda gavdaning bu qismini suvga botirib turish va fosfor
qoldig’ini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan sohaga 5% li miss
kuprosi eritmasiga ho’llangan bog’lam qo’yiladi yoki talk kukuni sepiladi.
Lekin shudnay holalar ham bo’ladiki, bunda suvdan foydalanish zararlidir.
Masalan, diyetilalyuminiy gidrid, triyetilalyumniy suv bilan birikkanda yonadi
yoki yangi ohak, konsentrlangan sulfat kislotasi suv bilan qo’shilganda
qo’shimcha kuyishga olib keladi.
Kimyoviy kuyishlar termik kuyishga o’xshasa-da, o’z xususiyatlariga ega,
kislotalar bilan kuyish koagulyatsion nekroz tipida kechadi, bunda kislotali
proteinatlar brikmasi paydo bo’ladi, oqsillarning tez parchlanishi, to’qimalarning
suvsizlanishi kelib chiqadi va natijada qalin qavat (strup) hosil bo’ladi. Ishqorlar
bilan kuyish aksincha, kolliktivatsion nekrozlar hosil bo’lishi bilan ifodalanadi.
Kimyoviy kuyishlarni maxalliy davolash, termik kuyishlarni davolashdan jiddiy
farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |