3
KIRISH
Yong’inlar halq xo’jaligining hamma tarmoqlari,
jumladan sanoat
korxonalari, suv va qishloq xo’jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin
bo’lgan, yetkaziladigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashish darajasida
bo’lgan hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham yong’inga
qarshi kurash
fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga
oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog’lig’i va hayotini inson
faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda «Yong’in xavfsizligi fani asosiy
o’rinlardan birini egalaydi. Yong’in xavfsizligi fanining
maqsadi - avariya va
xalokatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan yonish va portlash okibatlarini oldini
olish, ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish uchun
mutaxassislarni nazariy va amaliy jixatdan tayyorlash, yong’in va portlash sodir
bo’lgan holatlarda ishchi va xizmatchilarni to’g’ri harakat qilish va
himoyalanishga o’rgatishdir.
Fanni o’qitilishdan maqsad - avariya va halokatlarga
olib kelishi mumkin
bo’lgan yonish va portlash oqibatlarini oldini olish.
Ushbu metodik qo’llanmaning vazifasi talabalarga yonish va portlash
parametrlarini tajribaviy yo’llar bilan aniqlash; yonish
jarayonining portlashga
o’tishini baholash; yonish jarayonning potensial portlash xavfliligini tahlilini
qilish; yonish va portlash termodinamik
parametrlarini aniqlash; zarbali
to’lqinlarda bosimni hisoblash va portlash natijasida bino konstruksiyalarining
buzilishini
bashorat qilish; yonuvchi va portlovchi tizimlarni hosil bo’lish
sharoitlarini o’rgatishga, hamda nazariy asoslar bo’yicha bashorat qilishning
ko’nikmalarini shakllantirishdir. Umuman olganda yong’in chiqmasligini
ta’minlash, yong’in chiqqan
taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining
oldini olish, moddiy boyliklarni, inson salomatligi
va uning hayotini saqlab
qolishga qaratilgan chora-tadbirlardir.