8
Gazlardan farqli ravishda suyuqliklar bug’ining
konsentratsiyasi suyuqlik
temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ularning alangalanish sohasini
temperatura orqali belgilash mumkin. Bunday kattaliklar:
alangalanishning pastki temperatura chegarasi (APTCh), (bu
chaqnash temperaturasidir);
alangalanishning yuqori temperatura chegarasi (AYuTCh), deb
ataladi
.
Qattiq moddalarning yong’in xavfi quyidagi kattaliklar bo’yicha olib
boriladi:
o’z-o’zidan alangalanish temperaturasi;
alangalanish temperaturasi
Maydalangan qattiq moddalar (changlar) havo bilan qo’shilib yonuvchi va
portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin. Ular
o’z-o’zidan alangalanish
temperaturasi bilan tafsiflanadi. Cho’kkan va havodagi uchib yurgan changlar
uchun bu temperatura turlichadir.
Changli aerozolning alangalanishi va alanganing tarqalishi faqat ma’lum bir
konsentratsiyalarda yuz beradi.
Bu kattalik alangalanishning (portlashning)
pastki konsentratsiya chegarasi (APKCh) deb ataladi, va u changning yong’in
va portlash xavfini tavsiflovchidir. U changning havodagi og’irlik bo’yicha yonib
ketishi mumkin bo’lgan eng kichik konsentratsiyasini (g/m
3
) belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: