O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jalik instituti
To'yinmagan uglevodorodlarni ishlatilishi
Download 355.79 Kb.
|
D.Xamidova kurs ishi
To'yinmagan uglevodorodlarni ishlatilishi.
Etilen bir qator kimyoviy birikmalar: vinil xlorid, stirol, etilen glikol, etilen oksidi, etanolaminlar, etanol, dioksan, dikloretan, asetaldegid va sirka kislotasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Etilen va uning to'g'ridan-to'g'ri hosilalarini polimerlashda polietilen, polivinilatsetat, polivinilxlorid, kauchuklar va moylash moylari hosil bo'ladi. Erilen tibbiyotda qisman narkoz sifatida, qishloq xo’jaligida ham mevalarni yetishtirishda ham ishlatiladi. Bulardan tashqari etilendan portlovchi moddalar, erituvchilar, oktan soni yuqori bo’lgan yoqilg’ilar, sintetik kauchuklar, plastmassalar va boshqa ko’pgina mahsulotlarni olishda foydalaniladi. Bularni quydagi sxemada ko’rsatish mumkin: Jahonda etilen ishlab chiqarish yiliga qariyb 100 million tonnani tashkil etadi (2005 yil ma'lumotlariga ko'ra: 107 million tonna) Propilendan sanoat asosida foydalanish Propilen sanoatda asosan polipropilenni sintez qilish uchun ishlatiladi (ishlab chiqarilgan umumiy hajmning 62% foizi). Shuningdek, undan kumen, propilen oksidi, akrilonitril, izopropanol, glitserin, butiraldegid olinadi. Hozirgi kunda propilen ishlab chiqarishning global quvvati yiliga 70 million tonnani tashkil etadi. Mutaxassislarning prognozlariga ko'ra, yaqin kelajakda propilendan talab uning ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada oshadi va 2010 yilga kelib uning dunyo miqyosida ishlab chiqarish hajmi 90 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Boshqa alkenlardan sanoat maqsadlarida foydalanish uyidagicha: Butilendan butadien, izopren, poliizobutilen, butil kauchuk, metil etil keton va boshqalarni olish uchun foydalaniladi. Izobutilen - butil kauchuk, izopren, tert-butanol ishlab chiqarish uchun xomashyo; sirt faol moddalarini sintez qilishda fenollarni alkillash uchun ishlatiladi. Uning butenli kopolimerlari yog'li qo'shimchalar va mastiklar sifatida ishlatiladi. S10 - S18 yuqori alkenlar sirt faol moddalarini sintez qilishda, shuningdek yuqori spirtlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Download 355.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling