MAVZU. PUL MABLAG’LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI.
Masala
201_ yilning (joriy yil hisobida yuritilsin) 5 fevral kuni korxona kassasida 40000 so’m mavjud bo’lib, kun davomida quyidagi muomalalar amalga oshirildi:
Hisob-kitob schyotidan ish haqi berish uchun korxona kassasiga 2400000 so’m pul olib kelindi.
Korxona ishchi va xodimlariga kassadan 2300000 so’m ish haqi to’landi.
Hisobdor shaxs avval olib ishlatmagan bo’nak (avans) summasini qaytarib berdi- 40000 so’m.
Korxona ta’sischisi o’z ulushini naqd pul bilan kassaga topshirdi- 1000000 so’m.
Ijro varaqasiga asosan aliment to’lab berildi -
100000 so’m
Kassadagi limitdan ortiqcha pul mablag’i hisob-kitob schyotiga topshirildi - 1040000 so’m.
Vazifa:
Boshlang’ich hujjatlarni to’ldiring.
Kundalik kassa hisobotini tayyorlang.
Ushbu xo’jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalar (ikkiyoqlama yozuvlar) ini tuzing.
1 -jurnal-order va 1 -aylanma qaydnoma tuzing.
Masala
Korxonaning 1-3 mart uchun bankdan olgan ko’chirmasiga asosan 1- martga bo’lgan hisob-kitob schyotidagi qoldiq 2600000 so’m bo’lgan va 3- martgacha quyidagi muomalalar amalga oshirilgan:
Chekka asosan hisob-kitob schyotidan ish haqi berish uchun 2400000 so’m
naqd pul berildi.
Xaridorlardan shartnomaga asosan jo’natiladigan tayyor mahsulot uchun
15% bo’nak (avans) kelib tushdi 1600000 so’m.
Korxonaning davlat byudjetidan bo’lgan 640000 so’m yagona soliq summasi
to’landi.
Bank xizmati uchun 12000 so’m foiz to’lovlari to’landi.
Vazifa:
5110-“Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari” schyotini ochib, boshlang’ich qoldiq va muomalalarini aks ettirib, oxirgi qoldiqni aniqlang.
Ushbu muomalalarga buxgalteriya provodkalar (ikkiyoqlama yozuvlar) ini bering.
Masala
Korxona 201_ yilning 5 - dekabr kuni 2000 $ ni 1300 so’mdan kelishilgan kurs bo’yicha sotdi. SHu sanada Markaziy Bank kursi bo’yicha 1 AQSH dollari 1250 so’mni tashkil etgan. Ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |