O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi farg ‘ona politexnika instituti buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi
Download 74.68 Kb.
|
Mol His fan AM MASHG\'ULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari
- MAVZU. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’ YILMAL AR HISOBI - Masala
- MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HISOBI 1 - Masala
Yil oxirida omborxonada 400 birlik mahsulot mavjud bo’lgan. Sotishdan kelgan sof tushum 2500000 so’mni tashkil etdi. Vazifa: Birinchi xarid narxlarida baholash usuli (FIFO) ni qo’llab, sotilgan mahsulot tannarxini va davr oxiri zaxiralariga taqsimlangan harajatlarni aniqlang. O’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usulini qo’llab, sotilgan mahsulot tannarxini va hisobot davrining oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan harajatlarni aniqlang. Oxirgi xarid narxlarida baholash usuli (LIFO) ni qo’llab, sotilgan mahsulotlar tannarxi va davr oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan harajatlarni aniqlang. - Masala Korxona o’zining tijorat faoliyatini hisobot davrida uning egalari tomonidan kiritilgan 10000000 so’mlik kapitali bilan boshladi. Korxona 1000 birlik tovar moddiy zaxiralarini 2000000 so’mga sotib oldi. Fraxt sarflari 200000 so’mni tashkil etdi. Yil davomida korxona 750 birlikni har bir birlik uchun 3000 so’m bo’lgan bahoda sotdi. Yil oxirida korxona ixtiyorida 250 birlik TMZ bor edi, ulardan 50 tasi shikastlangan edi. Shikastlangan birliklarning har birini 500 so’mdan, qolgan 200 tani esa har birini 2200 so’m narxda sotish mumkin bo’ladi. Vazifa: Yil oxiriga bo’lgan TMZ qoldiqlari balansda qanday summa bo’yicha hisobga olinadi? Ushbu operatsiya bo’yicha shikastlangan birliklar sotilishining moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga ta’sirini aniqlang? - Masala Korxona 201_ yil (joriy yil hisobida yuritilsin) davomida quyidagi tartibda 10000 dona material sotib oldi:
Vazifa: Yil oxirida 1000 dona material borligi aniqlangan, quyidagi usullaming har biri bo’yicha balans qiymati qanday? Quyidagi usullarning har biri bo’yicha sotilgan tovarlar sotilgan mahsulotning tannarxi qanday? FIFO. LIFO. AVECO. Test savollari Materiallar harakatini rasmiylashtirish uchun Soliq Kodeksida qanday hujjat ko’zda tutilgan? Dalolatnoma. YUk-xati. Schyot- faktura. Naryad. TMZ “Harajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom” va 4-BXMS ga asosan qanday baholanadi? Tannarx bo’yicha. Sof sotish qiymati bo’yicha. Tannarx va sof sotish qiymati bo’yicha. Bozor qiymati bo’yicha. Schyot - fakturada 550000 so’m ko’rsatilgan (qo’shilgan qiymat solig’i bilan birga) sotib olingan TMZ ga qanday buxgalteriya provodkasi (ikkiyoqlama yozuv) beriladi? Dt 1010 550000 Kt6010 550000 Dt 1010 458300 KT 6010 550000 6410 91700 Dt 1010 550000 Kt6010 660000 6410 110000 Dt 1010 458300 Kt 6010 458300 TMZ larni davriy hisobga olish formulasini aniqlang? TMZ qoldig’i (boshlang’ich) + kelib tushgan TMZ = sotishga tayyor TMZ. TMZ qoldig’i (boshlang’ich) + kelib tushgan TMZ = sotishga tayyor TMZ - TMZ qoldig’i. TMZ qoldig’i (boshlang’ich) + kelib tushgan TMZ = sotishga tayyor TMZ - TMZ qoldig’i = sotilgan TMZ tannarxi. TMZ qoldig’i (boshlang’ich) + kelib tushgan TMZ = TMZ qoldig’i. Material qiymatliklarining inventarizatsiyasi qachon o’tkaziladi? Yillik hisobot tuzishdan oldin. O’g’irlik aniqlanganda va moddiy qiymatliklar nobud bo’lganda. Moddiy javobgar shaxs almashlanganda. Barcha javob to’g’ri. Inventarizatsiya natijasida xom - ashyolar ortiqcha chiqqanda qanday buxgalteriya provodkasi (ikkiyoqlama yozuv) beriladi? Dt1010 Kt9390. Dt 1010 Kt9290. Dt1010 Kt9320. Dt1010 Kt9710. Materiallarning ishlab chiqarishga sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish uchun qaysi jurnal order to’ldiriladi? 10 - jurnal order. 10/1 - jurnal order. 15 - jurnal order. 16 - jurnal order. Mol etkazib beruvchilardan materiallar qabul qilinganda kamomad aniqlansa qanday buxgalteriya provodkasi (ikkiyoqlama yozuv) beriladi? Dt 1010 Kt 6010 Dt 1010 Kt 4860 Dt4860 Kt6010 Dt1010 Kt2310 Materiallar bo’yicha analitik hisobni yuritishda qaysi usullardan foydalaniladi? Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftarlardan. Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalarda. Operativ buxgalterlik qoldiq usulida. Barcha javob to’g’ri. Materiallarni ishlab chiqarishga sarflaganda “birinchi kirim va birinchi chiqim” usuli nima deb yuritiladi? LIFO. FIFO. AVEKO. To’g’ri javob yo’q. MAVZU. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’ YILMAL AR HISOBI - Masala Korxona 1 martda 1940000 so’mga to’lov muddati 200 kundan keyin keladigan obligatsiya sotib oldi, unga to’lov 2000000 so’mni tashkil etiladi. 1 mart kuniga to’lov muddati tugagan vaqtga (ya’ni, 4 aprel kuniga) bo’lgan muomalalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettiring. - Masala Korxona avval sotib olgan obligatsiyasini boshqa korxonaga sotdi. Obligatsiyaning balans qiymati 2 000 000 so’m. Sotish shartnoma bahosi 2 400 000 so’m. Ushbu muomalalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring. Test savollari 1. Moliyaviy investitsiyalar, bu - Korxona asosiy vositalarini bunyodga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan investitsiyalardir. Daromad olish (foiz, royalti, divident singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir. Korxonaning intellektual boyliklarini harid qilishga sarflangan mablag’lardir. Korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlarga bo’lgan huquqidir. 2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qanday guruhlanadi? Aktsiya, obligatsiya, veksellar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari. Qimmatli qog’ozlar, sho’’ba korxonalariga investitsiyalar, qaram birlashmalarga investitsiyalar, qo’shma korxonalarga investitsiyalar, boshqa uzoq muddatli investitsiyalar. Real investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalar, intellektual investitsiyalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar. Moliyaviy investitsiyalar hisobi qaysi BXMS ga asoslanadi? 1 - BHMS. 12 - BHMS. 21 - BHMS. 20 - BHMS. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qanday bahoda hisobga olinadi? Xarid bahosida. Qayta baholashni hisobga olgan qiymatda. Qimmatli qog’ozlar portfeli asosida aniqlanadigan xarid va joriy qiymatlar yuzasidan eng kam baholashda. Barcha javob to’g’ri. Qimmatli qog’ozlar, bu- Ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy xuquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, divident yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatdan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatidir. Muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalardir. Amal qilish muddati cheklanmagan bo’lib, korxonaning butun faoliyat davrida muomalada bo’ladigan pul hujjatidir. Tuzilgan shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum bir muddatda kelishilgan narxda sotish huquqini oladi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan ko’rilgan moliyaviy natija qaysi schyotda aniqlanadi? 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”. 9220 “Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi”. 9430 “Boshqa operatsion harajatlar”. 9910 “YAkuniy moliyaviy natija”. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasida qiymatining oshib ketishi qaysi schyotda hisobga olinadi? 8410 “Emission daromad”. 8520 “Rezerv kapitali”. 8890 “ Boshqa maqsadli tushumlar”. 8510 “Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”. Sotib olingan obligatsiyalarga foiz daromadi hisoblanganda qanday buxgalteriya provodkasi (ikkiyoqlama yozuvi) beriladi? Dt4840 Kt9610. Dt 4840 Kt 9520. Dt9430 Kt4840. Dt 4840 Kt 9390. Qimmatli qog’ozlami sotishdan olingan daromad 9220 schyotdan qaysi schyotga o’tkaziladi? 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.. 9320 “Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan daromadlar” 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”. 9560 “Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar”. Aktsiyalar sotib olinganda qanday buxgalteriya provodkasi (ikkiyoqlama yozuv) beriladi? Dt 0610 Kt 9690. Dt 0610 Kt 6010. Dt0610 Kt4840. Dt 0610 Kt 5110. MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HISOBI 1 - Masala Quyidagi harajatlarning qaysi birini asosiy vositalar uchun qilingan harajatlar deb tavsiflash mumkin? Asosiy vositalarning har bir turini aks ettirish uchun debetlanadigan aniq schyotni ko’rsating.
Download 74.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling