Brokerlik idoralari (firmalari) quyidagicha ta’riflanadi – Brokerlik firmasi birjada o’z
joyiga ega bo’ladi va birjada savdolar bo’yicha mijozlar o’rtasida vositachilik
vazifasini amalga oshiradi.
Birjadagi brokerlik joyi deganda -fond birjasi o’zining to’la huquqli a’zosiga
yaratib berishi mumkin bo’lgan imkoniyatlar yig’indisi tushuniladi. Ushbu
imkoniyatlarning eng asosiysi –birja maydonchasida qimmatli qog’ozlarni o’z
nomidan va o’z hisobidan, yoki mijozlar hisobidan va ularning topshirig’iga ko’ra
xarid qilish yoki sotish imkoniyatidir.
Amaldagi qonunchilik xujjatlariga asosan brokeroik joylari (misol uchun
“Toshkent” RFB da) nomallum muddatga sotib olinadi va unga birja
tomonidantalablarga to’liq rioya qilingani holda faoliyat ko’rsatadilar.Bunda ular
birjalarga ular tomonidan belgilangan miqdorda a’zolik badallari to’lab boradilar.
Alohida ta’kidlash lozimki brokerlik joylari – Bevosita birja savdolari orqali
sotilishi va sotib olinishi, sotib olingan brokerlik joylarini ijaraga berishga o’am
ruxsat etiladi. Chunki har-qanday birjada brokerlik o’rinlari cheklangan miqdorda
bo’lib, birjalarning movqelaridan kelib chiqqan holda ularga ya’ni brokerlik
joylariga bo’lgan talab yuqori yoki past bo’lishi mumkin. YUqori movqega ega
bo’lgan birjalardagi brokerlik joylariga bo’lgan talab ham katta bo’ladi, sababi har-
qanday brokerlik firmalari bunday birjalardan joy sotib olishi ular faoliyatining
samarali bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |