O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Internet порталлар ва сайтлар
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
malumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari
Internet порталлар ва сайтлар
8.
http://www.gov.uz- Ўзбекистон Республикаси ҳукумати портали. http://www.ziyonet.uz- ахборот-таълим тармоғи портали. Kirish Ko’pgina masalalarni yechish asosida informasiya yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Informasiyani qayta ishlashni yengillashtirish maksadida informasion sistemalar yaratiladi. Avtomatlashgan informasion sistemalar (IS) (Axborot tizimlar AT) deb, shunday sistemalarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ISlarni keng ma’noda informasiyani qayta ishlaydigan ixtiyoriy sistemani tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ISlar ishlab chikarish sohasida, talim sohasida, sog’liqni saqlash sohasida, xarbiy soqada va boshqa sohalarda ishlatiladigan sistemalarga ajratish mumkin. ISlarni maksadli ishlatilishiga qarab bir qancha kategoriyalarga ajratishimiz mumkin. Jumladan boshqariluvchi, informasion qidiruv, informasion ma’lumotnoma va boshqa sistemalarga ajratiladi. ISlarning tom ma’noda ba’zi bir amaliy masalalarni yechishga ishlatiladigan apparat programma vositalari majmuasini ham tushunamiz masalan tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni xisobga olish va kuzatish, omborxona yoki skladlardagi material va tovarlarni hisobga olish va nazorat qilish, buxgalter masalarini yechish va boshqalar. ISlarni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. MB degenda, ma’lumotlarni shunday o’zaro bog’langan to’plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish sistemasi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zibir obyektlarni o’rganishgina qiziqish o’yg’otadi. Bunday obyektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi. Obyekt – bu ixtiyoriy predmet, xodisa, tushuncha yoki jarayondir. Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bermay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to’plamidir. O’zaro bog’langan ma’lumotlar ma’lumotlar sistemasi deyiladi. Barcha obyektlar atributlari xarakterlanadi. Masalan, obyekt sifatida fakultet, biblioteka, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyuter obyektini atributi sifatida hisoblash tezligini , operativ xotira xajmi, o’lchamlari va boshqalarni ko’rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi. Masalan, operativ xotira xajmi 128 MB, EHM hisoblash tezligi sekundiga 5 mln.ta amal. Atributning qiymatlari mavjudki, ular yordamida obyektlarni identifikasiyalash mumkin. Bog’langan atributlarni qiymatlarni birlashtirsak, ma’lumot yozuvlarni hosil qilamiz. Tartiblangan yozuvlarnig majmuasi ma’lumot fayli deyiladi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling