Ma’lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurishdagi roli
Ma’lumotlar bazasi modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
Berilganlar modeli o’zaro bog’langan jadvallar tamoyiliga asoslanib tuzilgan
bo’lsa u
relyasion (munosabatli) model
deyiladi.
Berilganlar modelida obyektning bitta tipi asosiy, qolganlari unga bo’ysinuvchi
bo’lsa, u
iyerarxik (daraxtsimon) model
deyiladi.
Berilganlar modelida, berilganlarning istalgan tipi bir vaqtning o’zida asosiy va
bo’ysinuvchi bo’lsa, u
tarmoqli model
deyiladi.
Agar bitta ma’lumotlar bazasining turli xil qismlari bir-biri bilan o’zaro
tarmoqqa birlashtirilgan ko’plab kompyuterlarga joylashtirilgan bo’lsa, bunday
ma’lumotlar bazalari taqsimlangan ma’lumotlar bazalari deyiladi. Internet
tarmog’ni taqsimlangan ma’lumotlar bazalariga misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: