1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetirik gullar.
Aktinomorf gullarda (to‘g‘ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o‘tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o‘tkazish mumkin.
Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetirik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o‘tkazish mumkin emas. (Кanna, valeriana gullari).
Changchilar yig‘indisi andrasey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi. Changchilarga ta’rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga
e’tibor berish kerak.
3. Changchi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. 1. Changdon. 2. Chang ipi. 3. Bog‘lagich.
Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko‘rinishida bo‘lib, ko‘pchiligida 6 burchakli - paralelopiped shaklida bo‘ladi. Changdon devorning tuzilishi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat
1. Epiderma. 2. Sub epiderma. 3. O‘rta qavat. 4. Tapetum.
Sub epiderma qavati changdon yetilgandan keyin fibroz qavatini hosil qiladi. Fibroz qavatini doimiy o‘lib borishi changdonni ochilishiga olib keladi. Changdonlarda yetilgan chang gulning ichiga (introz) va uning sirtiga (ekstroz) tushishi mumkin.
Chang ipining tuzilishi, miqdori va uzun qisqaligi muhim sistematik belgi hisoblanadi. Кo‘pchilik o‘simliklarda chang ipi oddiy shoxlanmagan bo‘ladi. Piyoz, kanakunjit, kayin o‘simligida changchi ipi shoxlangan bo‘ladi.
Urug‘chi va uning tuzilishi. Urug‘chilar yig‘indisi ginisey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva bargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Masalan: olxo‘ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg‘aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo‘shilishdan hosil bo‘ladi.
Urug‘chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.
1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chi- qilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshuqchani bir biriga bog‘lab turadi. Ustun- chalar soni meva bargchalar miqdoriga bog‘liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinnigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug‘ hosil bo‘ladi.
Tuguncha gul qismlarining joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |