O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi


Download 101.82 Kb.
bet30/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko‘payishi spo- rangiyda hosil bo‘lgan sporalar vositasida bo‘ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil rangdagi protonema hosil bo‘ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo‘lib, ustki qismida bargli poya hosil bo‘ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o‘simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum hujayrasi hosil bo‘lsa, anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Spermatozidning tuxum hujayrasiga tushishi na- tijasida otalanib zagota hosil bo‘ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo‘lgan davr gametofit nasil deb nomlanadi.
Zigotaning rivojlanishidan jinssiz nasl hosil bo‘lishi boshlanadi. Zigotaning o‘sishi sporangiyni hosil bo‘lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo‘ladi.Qutichaning ichida ko‘p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - spo-
rofit deyiladi.
Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o‘simta hosil bo‘ladi. Shakli yuraksimon ko‘rinishda bo‘lib, rizoid vositasida tuproqqa birikadi. Yashil o‘simtada anteridiy va arxe- goniy hosil bo‘ladi. Suv tomchisi mavjud bo‘lganda spermatazoid tuxum hujayrasini otalantirib zigota- ni hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo‘ladi va uning rivojlanishidan ma’lum vaqtga etgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo‘ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy qatlami bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida arxesporali to‘qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo‘lgan spora rivojlanib, yuraksimon o‘simtani hosil qiladi.
Shunday qilib gametofit va sporafit nasl almashinib boradi.
Savollar:

  1. O‘simliklar ko‘payishini mohiyati nima?

  2. Vegetativ ko‘payish deganda nimani tushunasiz?

  3. Qanday ko‘payish jinssiz ko‘payish deyiladi?

  4. O‘simliklarni jinsiy ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi?

  5. Sporofit nasl deganda qanday naslni tushunasiz?

  6. Gametofit nasl qanday vujudga keladi?




  1. Download 101.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling