O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


MAVZU: SUVO‘TLARI (ALGAE) VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI


Download 101.82 Kb.
bet33/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

MAVZU: SUVO‘TLARI (ALGAE) VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI


Reja:

  1. Suvo‘tlari haqida tushuncha.

  2. Suvo‘tlarining klassifikatsiyasi.

  3. Suvo‘tlarining ahamiyati

Adabiyotlar: 1, 3.


    1. Tuban o‘simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo‘tlari deyiladi. Suvo‘tlar hujayrasida xlorofil bo‘lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo‘ng‘ir qizil va ko‘k- yashil bo‘ladi. Xlorofill borligi uchun suvo‘tlar avtotrof o‘simliklar hisoblanadi. Suvo‘tlar tashqi ko‘rinishidan juda xilma- xil bo‘ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Кoloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir hujayralilar bilan kop hujayralilar orasidagi bir todadir. Ularning tanasi o‘zaro bo‘sh birikkan hujayralar to‘dasidan iborat.

Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan tallomdir. Biroq ba’zi vakil- larining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo‘ladi. Suvo‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro‘y beradi. Suvo‘tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba’zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko‘p to‘dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qi- ladi. Boshqalari esa suv havzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv havzasi ostidagi o‘simlik va hayvon organizmlar to‘dasi) tarkibiga kiradi.
Tuproq suvo‘tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko‘pi tuproqda or- ganik moddalarni to‘planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.

    1. Suvo‘tlarining juda ko‘p, 20 minga yaqin turi bo‘lib, ular 5 ta sinfga bo‘linadi. Shulardan biz quyidagi: ko‘k- yashil suvo‘tlar (Cyanophyta), yashil suvo‘tlar (Chlorophyta), diatom suvo‘tlar (Di- atomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) va qizil suvo‘tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.


Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling