O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


MAVZU: O‘SIMLIКLARNING КO‘PAYIShI, JINSIY КO‘PAYISHI EVALIYUSIYASI


Download 101.82 Kb.
bet29/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

MAVZU: O‘SIMLIКLARNING КO‘PAYIShI, JINSIY КO‘PAYISHI EVALIYUSIYASI


Reja:

  1. O‘simliklar ko‘payishining mohiyati.

  2. O‘simliklarning vegetativ ko‘payishi.

  3. O‘simliklarning jinsiy ko‘payishi.

  4. O‘simliklarning jinssiz ko‘payishi.

Adabiyotlar: 1, 3.


    1. Кo‘payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning mohiyati o‘ziga o‘xshash nasl qoldirish. Natijada har bir to‘rning saqlanishiga, tiklanishiga va ko‘payishiga sab- ab bo‘ladi. Turlarni ko‘payishi hayotida ba’zi o‘simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo‘lishi mumkin.

Ayrim bir hujayrali o‘simlilkar bir yilda bir necha marta ko‘paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko‘p yillik o‘simliklar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko‘payadi. O‘simliklarning ko‘payishini quyidagi turlari mavjud.
      1. Jinssiz ko‘payish. 2. Jinsiy ko‘payish. 3. Vegetativ ko‘payish.


      2. Vegetativ ko‘payish. Vegetativ ko‘payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ hujayraning hisobiga hosil bo‘ladi. Vegetativ ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali organizmlarda hujayraning teng ikkiga bo‘linishi, ko‘p hujayrali suv o‘tlarida tollomini bo‘linishdan, zamburug‘larda miseylining bo‘linishdan hosil bo‘ladi.

Кo‘p yillik gulli o‘simliklarda vegetativ ko‘payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularn- ing metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o‘simliklar: itburun, pechak kabi o‘simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlari vositasida qulupnay, ayiqtovon, g‘ozpanja kabi o‘simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko‘payadi.
Vegetativ usulda ko‘payuvchi o‘simlilkarning ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida begona o‘t hisoblanadi.
Payvadlash mevali o‘simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko‘paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o‘simliklar payvandlash yo‘li bilan ko‘payadi.
O‘simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va kasal-
likka chidamliligi orttiriladi. Payvandlash 2 turga bo‘linadi: 1. Кurtak payvand. 2.Qalamcha payvand. Кurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o‘tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo‘lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o‘simliklar tezda tutib kyetadi. Masalan: Sibir olmasini, o‘rmon olmasi bilan payvandlash.
Har xil oilaga kiruvchi o‘simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michu- rin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo‘lishiga olib keladi. N. V. Sisin akatsi- yaning ildiziga no‘xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug‘ini ekib undan hosil olish mumkin.
Masalan: Michurin Mentor usulidan foydalanib olmaning gibrid navlarini yaratdi: Belfler - kitayka, kandil - kitayka, antonovka navlari va boshqalar. Payvantlanadigan o‘simlik payvandtag, ko‘rtagi foydalaniladigan o‘simlik payvand dust deb nomlaandi. Payvandlashdagi asosiy xusuisyat payvandtag va payvanddustning kambiysini bir biriga mos joylashtirishdir.

      1. Jinsiy ko‘payish. Jinsiy ko‘payishning mohiyati shundan iboratki, bunda yangi organizm fizi- oloigk har xil bo‘lgan ikkita gometaning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Gometalarning qo‘shilishidan zigota hosil bo‘ladi.

Jinsiy ko‘payish tuban va yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib, gametalar suv o‘tlarida hara- katchanligi bilan harakterlanadi. Gametalar shakli va harakatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi.

        1. Izogamiya. 2. Geterogamiya 3. Oogamiya.

Jinsiy ko‘payishning izogamiya yo‘li bilan ko‘payishida bir xil kattalikdagi va bir xil harakatdagi gametalarni qo‘shilishi natijasida zugota hosil bo‘ladi. Masalan: suv o‘tlaridan ulotiriksda va zambu- rug‘larda.
Ayrim suv o‘tlarida otalik va onalik gametalari shakli jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan: xlomidomonada o‘simligining onalik gametasi shakl jihatidan otalik gametasiga nisbatan yirik bo‘lib kam harakat qiladi. Bunday usulda ko‘payish geterogamiya deyiladi.
Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish tuxum hujayrasini spermatozid bilan qo‘shilishi asosida ro‘y be- radi. Tuxum hujayrasi hosil bo‘ladigan hujayra, oogoniy, spermatozoid hosil bo‘ladigan hujayra anter- idiy deyiladi. Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish dastlab yashil suv o‘tlarida keyin qo‘ng‘ir suv o‘tlarida hosil bo‘lgan. Maxsimonlar, poporotniklar oogomiya yo‘li bilan ko‘payadi.
Jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payish bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, jinssiz ko‘payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda to‘rning sifati yaxshilanib boradi.
Кo‘pchilik o‘simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko‘payish doimiy ravishda almashinib boradi.

      1. Jinssiz ko‘payish. Jinssiz yo‘l bilan ko‘payish sporalar va zoosporalar hosil qilish yo‘li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o‘zida saqlagan bo‘lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarga xos bo‘lib, sporangiyda hosil bo‘ladi. Zoosporalar - zoosporangiyda hosil bo‘lib, unda harakatni ta’minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zambu- rug‘lar suv o‘tlari uchun xosdir. Spora mog‘or zamburug‘ida sporongiyda hosil bo‘lsa, pensilium zam- burug‘ida konidiya bandida hosil bo‘ladi.

Sporani sitoplazmasi zahira oziq moddalarga boy bo‘lib, spora po‘sti qalin kutin moddasi bilan to‘yingan bo‘ladi. Spora va zoosporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi organizm hosil bo‘ladi.
Jinssiz ko‘payishning harakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil bo‘lib ularni turini oshishiga olib keladi.

Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling