O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Endospermli urug‘larning tuzilishi


Download 101.82 Kb.
bet27/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

Endospermli urug‘larning tuzilishi. Endospermli urug‘lar g‘allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug‘lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.
1. Urug‘ po‘sti. 2. Endosperm. 3. Murtak.
Qalqoncha bir pallali urug‘lar uchun harakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endo- spermadagi zahira oziq moddalarni diostaza fermenti ta’sirida parchalab murtak qismiga o‘tkazib ber- ishga xizmat qilishdir.
Ayrim o‘simliklar endosperm o‘rniga zahira oziq moddalarni peresperm qismida to‘plash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Perisperm urug‘kurtakning nutsellus qismidan hosil bo‘ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo‘lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chin- nigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.
Urug‘ning otalanmasdan rivojlanishi. O‘simliklar dunyosida urug‘ning hosil bo‘lishi va rivojlanishi har doim yuqoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o‘simliklarda urug‘ va meva

otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug‘ va mevani otalanib hosil bo‘lishi
amfimiksis deyladi.
Apomiksis jarayonida urug‘ va mevalar urug‘ kurtaklarning nutsellusidan urug‘kurtak po‘stidan, sinergiddan hosil bo‘ladi.
Urug‘ murtak qismining hosil bo‘lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin.

  1. Partenogenez - murtakning otalanmagan tuxum hujayradan hosil bo‘lishi (qoqio‘t).

  2. Apogamiya - murtakning tuxum hujayra o‘rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil bo‘lishi (zubturum, sarimsoq piyoz)

  3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug‘kurtak po‘stining rivojlanishidan hosil bo‘lishi.

  4. Poliembrioniya - urug‘da bitta murtak o‘rniga bir necha murtak hosil bo‘ladi. masalan: limon, apelsin, mandarin.

  5. Partenokarpiya - urug‘siz meva hosil qilish. Bunday o‘simliklarda vegetativ, usulda ko‘payishi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda.


Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling