O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Moliyaviy barqarorlik koeffisiyentining tahlilini
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3.Xojalikning to’lovga qodirligini tahlil qilish usuli
Moliyaviy barqarorlik koeffisiyentining tahlilini uning ikkinchi ko‟rsatkichi-
mo‟tadil moliyaviy barqarorlik koeffisiyenti misolida ko‟rib chiqamiz. Mo‟tadil moliyaviy barqarorlik koeffisiyentining o‟zgarishiga uch omil ta‟sir qiladi.Omillar ta‟sirini zanjirli bog‟lanish usuli orqali amalga oshirdik.Shu maqsadda koeffisiyentning quyidagi bog‟lanish ko‟rsatkichlari aniqlab olinadi: 1. 2. 3. 4. Koeffisiyentning umumiy o‟zgarishi: Koeffisiyent o‟zgarishiga omillar ta‟siri: 44 1.Tovar-moddiy zaxiralar hajmi o‟zgarishining ta‟siri: 2.O‟z aylanma mablag‟lari hajmi o‟zgarishining ta‟siri: 3.Bankning qisqa muddatli kreditlari hajmi o‟zgarishining ta‟siri: Omillar ta‟sirlarining yig‟indisi mo‟tadil moliyaviy barqarorlik koeffisiyentining o‟zgarishiga teng kelishi kerak: 11.3.Xojalikning to’lovga qodirligini tahlil qilish usuli Korxonaning to‟lov qodirligi deganda to‟lov mablaglari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini to‟lay olish quvvati tushuniladi. To‟lov mablaglariga pul mablaglari, qimmatli qog‟ozlar, debitorlik karzlari, tovar- moddiy zaxiralar kiradi. Kiska muddatli majburiyatlariga kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli kreditlar va qarzlar kiradi. Tahlilga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo‟yicha guruhlarga bo‟lib olish zarur. Balans aktivlari pulga aylanish tezligi bo‟yicha quyidagi 4-ta guruhga bo‟linadi: A1 – eng yukori likvidli aktivlar. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag‟lari va qisqa muddatli investisiyalari kiradi. A2 – tez realizasiya etiladigan aktivlar.Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritiladi. A3 – Sekinlik bilan realizasiya etiladigan aktivlar.Bu guruhga moddiy ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. A4 – qiyinchilik bilan realizasiya etiladigan aktivlar.Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritiladi. Balans passivlari «To‟lov muddati darajasi» bo‟yicha quyidagi 4-ta guruhga bo‟linadi: P1 – Tezlikda to‟lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o‟z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari jami kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to‟lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. P2 – Qisqa muddatli passivlar. Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarzlar kiradi. Bularning hajmini 45 aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to‟lov muddati o‟zaytirilgan ssuda qarzlari summasini chegirib tashlash kerak. P3 – Uzoq muddatli passivlar.Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi. P4 – Doimiy passivlar. Bu guruhga balans passivining 1-bo‟limidagi barcha moddalar kiritiladi To‟lovga qodirlik ko‟rsatkichlar uch turga bo‟linadi. To‟lovga qodirlik koeffisiyentlarini hisoblash tartibi Koeffisiyentlar nomi Koeffisiyentlarni hisoblash usuli Ko‟rsatkichlarning nomi 1.Mutlaq to‟lovga qodirlik koeffisiyenti A1-Pul mablag‟lari va qisqa muddatli investisiyalar P1-Joriy kreditorlik qarzlari. P2-Qisqa muddatli passivlar 2.Oralik to‟lovga qodirlik koeffisiyenti A2-Debitorlik qarzlari 3.Joriy to‟lovga qodirlik koeffisiyenti A3-Sekinlik bilan realizasiya etiladigan aktivlar Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling