O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi buxoro viloyat boshqarmasi romitan tuman bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘I


Download 58.84 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi58.84 Kb.
#1335797
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mart 03Ромитан т вазифалар таксимоти docx






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
HUZURIDAGI AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN
NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI BUXORO VILOYAT BOSHQARMASI ROMITAN TUMAN
BO‘LIMI BOSHLIG‘INING

BUYRUG‘I


20__ -yil ____ __________ ____________________ -sоn
Vazifalarni taqsimlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Romitan tuman bo‘limi xodimlari o‘rtasida vazifalar quyidagi tartibda taqsimlansin:



  1. Bo‘lim boshlig‘i S.S.Azimovga

- bo‘lim faoliyatini normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar talablari asosida tashkil etish hamda umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
- xodimlarning kasb mahoratini oshirish, ijro intizomi, bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlarni to‘liq va o‘z vaqtida boshqarma tarkibiy tarmoqlariga topshirilishini ta’minlash;
- jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- yuqori turuvchi idora rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlash.
2. Bo‘limning paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo`yicha bosh mutaxasisi I.I.Tuksanov:
- tumanda paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Inspeksiyaning hay’ati qarorlari va ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash;
- paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish, huquqbuzarliklarni aniqlash va bunga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- paxta tayyorlash punktlari, don qabul qilish va qayta ishlash korxonalari tomonidan paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari hosili va ularning urug‘larini davlat resursiga qabul qilinishi va qayta ishlanishi va sifatli saqlanishi hamda realizatsiya qilinishi hamda texnik holati ustidan nazorat qilish;
- yetishtirilgan paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan o‘zaro hisob kitoblarni amalga oshirilishi, davlat resursi va davlat zahirasiga topshirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha ishonchli hisobotlar yuritilishi hamda tabiiy kamayish hisobiga yetkaziladigan zararlarni belgilangan tartib asosida hisobdan chiqarish ustidan nazorat qilish;
- paxta xom-ashyosi va don, urug‘lar hamda ularni qayta ishlash mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish;
- murojaatlar va boshqa ma’lumotlar, monitoring va tahlillar natijalari asosida, shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” aralashuvi talab qilinadigan hollarda tekshirishlar o‘tkazish;
- qonunchilikni targ‘ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etish;
- bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshirish.
- bo`lim boshlig‘i ma`lum sabablarga ko`ra bo`lmasa, uning vazifasini bajaradi.

Download 58.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling