O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi buxoro viloyat boshqarmasi romitan tuman bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘I


Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo`yicha bosh mutaxasisi I.I.Mavlonovga


Download 58.84 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi58.84 Kb.
#1335797
1   2   3   4   5
Bog'liq
mart 03Ромитан т вазифалар таксимоти docx

8. Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo`yicha bosh mutaxasisi I.I.Mavlonovga:
- tumanda chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Inspeksiyaning hay’ati qarorlari va ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash;
- tumanda chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish, huquqbuzarliklarni aniqlash va bunga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarning yuritilishi ustidan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar chorvachilikda naslchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar faoliyati ustidan, chorvachilikda naslchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarga yer maydonlari ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
- murojaatlar va boshqa ma’lumotlar, monitoring va tahlillar natijalari asosida, shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” aralashuvi talab qilinadigan hollarda tekshirishlar o‘tkazish;
- qonunchilikni targ‘ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etish;
- bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshirish.
9. Bo‘lim ish yurituvchisi O‘ktam Ramazonovga:
- bo‘limda ish yuritish va hujjatlar ijrosini Inspeksiya boshlig‘ining 19.04.2019 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish to‘g‘risida” gi Yo‘riqnoma talablari asosida olib borish, bo‘limga kelib tushgan har bir hujjat, ariza, shikoyatlarni darhol bo‘lim boshlig‘ining “ustixati” asosida tegishli kitobiga ro‘yxatga olish, tegishli xodimlarga ijro uchun yetkazish; kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobi; Jo‘natiladigan (chiqish) hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobi; Inspeksiya boshlig‘ining sohaviy buyruqlarini ro‘yxatga olish kitobi; Bo‘lim boshlig‘ining ichki buyruqlarini ro‘yxatga olish kitobi; nazorat kartotekalarini yuritish «Ijro.gov.uz» tizimi orqali elektron amalga oshirilishi belgilangan.), Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish kitobi; Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini murojaati yuzasidan qabul qilishni ro‘yxatga olish; Shtamp va muhr berishni ro‘yxatga olish kitoblarini yuritish;
- bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Download 58.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling