O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo'jaligi»


XULOSALAR VA TAKLIFLAR…………………………………………………


Download 1.88 Mb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1561181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TOLIB — копия

XULOSALAR VA TAKLIFLAR…………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………..
ILOVALAR…………………………………………………………………………

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Dunyo mamlakatlari aholisi sonining yildan-yilga oshishi, o‘simlik oqsiliga bo‘lgan talabning kundan-kunga ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.Dunyo dehqonchiligida sabzi 1,2 mln. Gektar maydonga ekilib, 31,2 mln tonna yalpi hosil yetishtiriladi. Sabzi ishlab chiqarish bo`yicha xitoy birinchi o`rinda bo`lib,16,9 mln tonna . 2-o`rinda Rossiya - 1,7 , o`zbekiston - 1,6, AQSH-1,3, Polsha – 1,0, Yapponya -0,6 mln tonnani tashkil etmoqda. Dunyoda o`rtacha hosildorlik 31,0 tonna bo`lib eng yuqori hosildorlik Irlandiya (90 t/ ga ), Isroil, SHivetsarya, Buyuk Biritanya, Belgiyada ( 62,2 – 62,9 t/ga ) olinadi. Bizda sabzi sabzavotlar umumiy maydoning 5-6 % iga ekiladi.( (10) T. E Ostonaqulov. V. I. Zuyev O. Q. Qodirxo`jayev mevachilik va sabzavotchilik 437 – 438 –betlar. Ushbu ekin dunyo aholisini oziq-ovqat maxsulotlariga, jumladan, oqsil, aminokislotalar va uglevodlarga bo‘lgan talabini qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda yurtimizda meva sabzavot ekinlarga katta e’tibor qaratilib ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Dehqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Hozirgi kunda eng asosiy muammolardan biri bu oqsil, ya’ni insoniyatni oqsilga bo‘lgan talabini qondirish, bu masalani yechishda sabzavot ekinlaridan sabzi yetishtirish ahamiyati katta.
Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida sabzi bo’yicha ilmiy va amliy izlanishlar olib borilmoqda shuning uchun ham sabzini ochiq yerlarda, issiqxonalarda yetishtirish, urug‘chiligini to’g‘ri tashkil etish, biologik xususiyatlarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri qo‘llash, ularga yaxshi ishlov berish, bo‘yicha ilmiy izlanishlar dolzarb vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan xarakatlar strategiyasida xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksportini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2505-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida «...oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish»dek muhim vazifalardan biri qilib belgilangan.
Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil navlarni tanlash, zarur barcha texnologik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va izchil amalga oshirish, o‘simlikning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri oziqlantirish va ular uchun qulay bo‘lgan o‘tmishdosh ekinlarni tanlash yuqori hosil olish garovidir.
Ildiz mevali sabzavotlarga, ildizida foydali moddalar bo‘lgan ekinlar kiradi. O‘zbekistonda ildizmevali sabzavotlardan sabzi, qand lavlagi, turp va rediska yetishtiriladi o‘stiriladi.
Hozirgi kunda xalqimizning kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoji ortib bormoqda. Ushbu talabni to‘la qondirish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada qo‘lga kiritilayotgan seleksiya va agrotexnologiyalar yutuqlari, tajribalarni ishlab chiqarishga samarali tatbiq qilish alohida o’rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksportini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2505-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida «...oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish»dek muhim vazifalardan biri qilib belgilangan.
Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil navlarni tanlash, zarur barcha texnologik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va izchil amalga oshirish, o‘simlikning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri oziqlantirish va ular uchun qulay bo‘lgan o‘tmishdosh ekinlarni tanlash
yuqori hosil olish garovidir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimda sabzi o‘simligining biologiyasi, tashqi muhitga bo‘lgan munosabatlari, rayonlashtirilgan navlar, ekish muddatlari, parvarishlash texnologiyalari, kasalliklari bo’yicha ma’lumot berilgan.
Respublikamizda tuproq unumdorligini oshirishda qishloq xo’jalik ekinlarini ilmiy asosda almashlab ekish, o’tmishdoshlarni almashlab ekishdagi maqbul o’rnini aniqlash, ularni yetishtirish texnologiyasining ilg’or usullarini qo’llash, barcha agrotexnologik tadbirlarni uyg’unlashgan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish sabzavotchilik sohasida keng qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida «3.3...qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Yuqoridagi vazifalarni bajarish zarurati muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olganda, tanlangan mavzu har tomonlama dolzarb va zaruratdan kelib chiqqan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni, 2017 yil 1-iyundagi PQ-3027 sonli «2017 yilda boshoqli don ekinlaridan bo’shagan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy texnika resurslarini o’z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 yanvardagi 25-sonli «Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv malakaviy ishim muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling