O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti
Download 22.97 Kb.
|
11-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.Abdinazarov 1.Tuproq kartalari mazmuni va mohiyati. 2.Kartogrammalarni tuzish ishlab chiqish va nashr etish Tuproq kartalari
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI11-Mavzu; Tuproq kartalari va kartogrammalar. Термиз - 2022 AGROBIOLOGIYA FAKULTETI KARTOGRAFIYA FANIDAN
1.Tuproq kartalari mazmuni va mohiyati. 2.Kartogrammalarni tuzish ishlab chiqish va nashr etish Tuproq kartalari - qishloq xo’jaligi ekinlari maydonlarinnng tuproq xaritasi masshtabida chizilgan sxema tarzidagi tasviridir. Xaritanomalar tuproqning ayrim xossalari ta’rifini (gumusli qalinligi, mexanik tarkibi, eroziyalanganlik, sho’rlanish darajasi kabilarni tasvirlash) hamda tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish uchun mo’ljallangan. Tuproq xaritanomalaridan tashqari tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning harakatchan formasini ko’rsatuvchi, mikroelementlar miqdorini aks ettiruvchi agrokimyoviy xaritanomalar ham mavjuddir. Tuproq va agrokimyoviy xaritogrammalar umumiy va regional xillarga ajratiladi. Umumiy xaritanomalar barcha zona va regionlarda tuzilishi shart. Regional xaritanomalar tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlariga, tuproq qoplamiga, xo’jalikning ixtisosiga qarab bir yoki bir necha tabiiy zonalarda yoxud alohida xo’jaliklarda tuziladi. Umumiy xaritanomalar jumlasiga tuproqdagi agronomik ishlab chiqarish guruxlariga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi xaritanomalar, harakatchan fosfor va kaliyning miqdopini ko’rsatuvchi xaritanomalar hamda tuproklar bonitirovkasiga doir xaritanomalar kiradi. Regional xaritanomalar tuproqning eroziyalanganlik, kislotalilik, sho’rlanganlik darajasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tuziladi. Markaziy Osiyoning sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitida tuproklarning sho’rlanish darajasi bo’yicha tuziladigan regional kartogammalari muhim ahamiyatga ega. Tuproq kartalariga albatta ocherk, xaritanomalarga esa tushuntirish xati ilova qilinadi. Tuproq ocherki yoki kartogrammadagi tushuntirish xatida barcha o’tkazilgan ishlarning natijalari yozib qo’yiladi. Ularda xo’jalikning tabiiy sharoiti, tuproqning morfologik tuzilishi va xossalarining analitik taxlili, tuproklarning agronomik ishlab chiqarish guruxlari va tuproklardan foydalanishga oid tavsiyalar, ularning unumdorligini oshirish yuzasidan qo’llaniladigan chora-tadbirlar ko’rsatiladi. Tuproqlarning agronomik ishlab chikarish guruxlari deganda genezisi, xossalari, foydalanish va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirish tushuniladi. Tuproqning agroishlab chiqarish guruxi 2 tipga bo’linadi. 1. Tuproqning alohida agroishlab chiqarish guruxini tuzishda shu erga ekiladigan asosiy yoki bir qancha turdagi o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabi e’tiborga olinadi. Masalan g’o’za o’stirilayotganda, uning tuproqqa bo’lgan talabini nazarda tutib, jumladan, tuproq strukturasi, sho’rlanish darajasi, tuzli qatlamining joylashishi, tuzlar tarkibi, eroziyalanishi, tuproqning mexanik tarkibi singari xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Mevali daraxtlar uchun tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining satxi va umuman tuproqning suv va havo xossalari hamda rejimlari asosiy rol o’ynaydi. 2. Umumiy agronomik ishlab chikarish guruxini tuzishda faqat tuproqning xususiyatlari nazarla tutiladi. Shu maqsadda tuproqning agronomik xususiyatlariga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lgan tur va turchalari aniqlab chiqiladi. Ikkinchi tipdagi agroishlab chiqarish guruxlarini ajratishda tuproqning qo’yidagi xususiyatlarini hisobga olish kerak: a) mexanik tarkibi, tuzilishi, gumusli gorizontning qalinligi hamda geomorfologik va gidrogeologik sharoitiga ko’ra suv, havo, issiqlik rejimi bir-biriga yaqin bo’lgan tuproklar aloxida guruxlarga ajratiladi: b) oziq rejimiga (gumus mikdori, azot, fosfor, kaliyning harakatchan formalari va umumiy miqdori, tuproq reakstiyasi, mikroelementlar miqdoriga ko’ra) bir-biriga yakin bo’lgan tuproqlar aloxida guruxlarga ajratiladi; e) yerga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgai fizik-mexanikaviy xossalari (yopishqoqligi, plastikligi, qatqaloqqa moyilligi, tuproqning etilish muddati, haydalma qatlamning chuqurligi kabilar) jihatdan bir-biriga yaqin tuproklar alohida guruxlarga birlashtiriladi; g) meliorastiya tadbirlariga bo’lgan ehtiyoj (botkoqlanish, sho’rlanganligi, gumusli gorizont qalinligi, karbonatli va gipsli qatlamining joylashishi, sizot suvlar sathi va tarkibi) hamda relef sharoitlariga ko’ra bir-biriga yaqin tuproqlar aloxida guruxga kiritiladi; d) tuproqning sho’rlannsh (tuzlar) mikdori, tarkibi va tuzli qatlamining joylashishi, gleyli (berch) qatlamining mavjudligi singarilar nazarda tutiladi; e) eroziyaga uchragan tuproqlarning emirilish xarakteri va intensivligi (eroziya turlari va ularning tez yoki sekin kechish xarakteriga) qarab aloxida guruxga bo’linadi. Tuproklarni guruxlarga ajratishda, maxsus meliorastiya tadbirlarni ko’llashni talab etmaydigan, zonaga xos ekinlarni ekish zarur erlar va ekin ekish uchun maxsus meliorastiya tadbirlarni ko’llash zarur (sho’rlangan, botqoqlangan, toshloq) erlar ajratiladi. Muayyan guruxlarga kiritilgan erlarda o’ziga xos agrotexnika tadbirlari qo’llaniladi va zonallik prinstipi asosida shu sharoitga mos keladigan ekinlar ekiladi. Shunday qilib, tuproq kartalari va xaritanomalari erga ishlov berish va o’g’itlash sistemalarini, tuproqlarni meliorastiyalash hamda bonitirovkalash turlarini aniqlashda foydalaniladi. Xo’jalik tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o’tkazish va agrokimyoviy xaritanoma tuzish uchun ekin maydonlarining chegarasi tushirilgan xo’jalikning erdan foydalanish plani bo’lishi kerak. Bunda sug’oriladigan maydonlar uchun 1:10000, lalmikor erlar uchun 1:25000, pichanzor hamda yaylovlar uchun 1:50000 masshtabdagi xo’jalikning erdan foydalanish xaritanomalaridan foydalaniladi. Agrokimyoviy xaritanomalar o’g’itlardan doimiy ravishda fo-ydalanib yilda an xo’jaliklarda 4-5 yilda 1 marta, lalmikor erlarda marta, pichanzor va yaylovlarda esa – 10-12 yilda 1 marta tuziladi. Xo’jalikda ilgari tuproqlarni yirik masshtabli tekshirish ishlari olib borilgan bo’lsa, hamda tuproq xaritasi yoki boshqa materiallar mavjud bo’lsa, ularni batafsil o’rganilib chiqiladi. Shuningdek dalalarning tarixi kitobi, o’g’it qo’llash va keyingi 3-4 yil mobaynidagi amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va olingan hosildorlik to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish kerak. Xo’jalikning tuproq tavsifi bo’yicha tarixi, o’g’itlar qo’llanishi va shu kabilar to’g’risidagi ma’lumotlar «Agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligi» deb nomlanuvchi maxsus daftarga yoziladi. Kundalikda quyidagilar qayd qilinadi: viloyat, tuman va xo’jalikning nomi, almashlab ekish turi, almashlab ekish dalasining nomeri va maydoni, tekshirilayotgan maydonning joylashgan o’rni, uning yo’llarga va remevrga nisbatan joylanishi, dalaning tuproq qatlami, uning granulometrik tarkibi, toshliligi, eroziyaga uchraganlik darajasi, maydonning holati (haydalma yerlar uchun – o’zlashtirilgan muddati, haydalma qatlam qalinligi, unumdorligi, o’simlik turlari; o’zlashtirilmagan yerlar uchun – o’simlik dunyosi, joyning mahsuldorligi), yerdan foydalanish tarixi; keyingi yillardagi ekinlarni navbatlab ekish, o’g’itlarni qo’llash. Bir vaqtning o’zida dala ishlarini bajarish uchun xaritaviy asos tayyorlanadi. Buning uchun yangi tuzilgan yerdan foydalanish planidan tuproq konturlarini ifodalagan holda nusxa ko’chirib olinadi. Chizib olingan xaritaviy asosni bir necha nusxada ko’paytiriladi. Shulardan bir nusxasi dala ishlarini o’tkazishda ishlatiladi, qolganlari esa oziq elementlarining harakatchan miqdori va chirindi bo’yicha agrokimyoviy xaritanoma tuzish uchun kerak bo’ladi. Shundan so’ng agrokimyogar yerdan foydalanish planidan ko’chirilgan nusxani va «Agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligi»ni olgan holda agronom bilan birgalikda xo’jalikning tuproq namunasi olinadigan barcha maydon va erlar»ni ko’zdan kechirib chiqadilar qiyosiy ko’rikdan o’tkaziladi. Bunda xaritaviy asosda almashlab ekish maydonlari doirasidagi alohida ekin turlarining chegaralari aniqlanadi, yangi paydo bo’lgan orientirlar (mo’ljal) (qurilishlar, yo’llar va x.k) belgilanadi. Dala kundaligida almashlab ekish dalalari bo’yicha relef to’g’risida ma’lumotlar, dalalarning shudgorlanganligi va erroziyaga uchraganligi, ekilgan ekin turlar, ularning holati va begona o’tlar bilan ifloslanganligi to’g’risidagi kuzatish natijalari yoziladi. Maydonlarni qiyosiy ko’rikdan o’tkazilgach, agrokimyoviy tekshirish ishlarining rahbari yig’ilgan barcha ma’lumotlarni o’rganib chiqadi va shu asosida dala ishlarining kalendar rejasini tuzadi, alohida maydon va almashlab ekish dalalari uchun agrokimyoviy tekshirish o’tkazish tartibini relef, tuproq qatlami va xo’jalik sharoitlariga bog’liq holda alohida maydonlardan olinadigan tuproq namunalarining sonini belgilaydi. Shundan so’ng, dala ishlarini o’tkazish uchun xaritaviy ma’lumotlar tayyorlashga kirishiladi. Bu uchun qiyosiy ko’rik natijalari bo’yicha aniqliklar kiritilgan xaritaviy asosdan nusxa ko’chirib olinadi. Bu xarita nusxasi ishchi xarita deyiladi. Ishchi xaritadagi agrokimyoviy tekshirish o’tkaziladigan xudud elementar maydonchalar deb nomlanuvchi katakchalarga bo’lib chiqiladi. Maydonchalarning shakli imkoniyatiga qarab to’g’ri to’rtburchak yoki kvadrat shaklida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. So’ng har bir elementar maydoncha tartibli ravishda nomerlanib chiqiladi. Tekshirish ishlarida qulay bo’lishi uchun butun xo’jalik xududi bo’yicha yagona umumiy nomerlash qabul qilish kerak. Xaritada nomerni ifodalovchi raqam elementar maydonchaning o’ng tomonidagi yuqori burchagiga yoziladi. Keyinchalik maydonchaning tartib raqamiga shu maydonchadan olinadigan o’rtacha tuproq namunasining raqami mos kelishi kerak. Tuproqlar agroximkatrogrammasini tuzishdan maqsad ekin maydonlarining har bir xududiga mineral o’g’itlarni to’g’ri tarqatishdan iborat. Tuproq agroximxaritanomalari tuproqlarning umumiy agrokimyoviy tavsifi, ya’ni oziqa elementlarning harakatchan shakllari asosida tuproqni yirik masshtabdagi xaritalash materiallari negizida tuziladi. Agroximkartogrammada tuproqdagi o’simlik o’zlashtiradigan oziqa elementlar miqdori ko’rsatiladi. Paxtadan mo’l va sifatli hosil olishda ularning fosforli oziqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, fosforli o’g’itlar qo’llanilganda hosildorlik 3,6 dan 7,8 st/ga ortadi. Bir tonna paxta hosili uchun o’rtacha 60 kg azot, 60 kg kaliy va 15-20 kg fosfor sarflanadi. O’simliklarning o’g’itlardan foydalanish koefistienti o’rtacha azot-50%, fosfor 15-20% bo’lganligi sababli bu o’g’itlardan erga o’simlikning o’zlashtira olish miqdori dan ko’ra ko’proq solinadi. O’simliklar oson o’zlashtiradigan azot miqdori bo’yicha agrokimyoviy xaritanoma tuzishda tuproqdagi nitrat va ammoniy shaklidagi azot aniqlanadi. Bu shakldagi azotning yuqori harakatchanligi hisobga olinib, agrokimyoviy tekshirish ishlari har yili takrorlanib turishi kerak. Tuproq namunalari analiz qilingach, olingan natijalar asosida tuproqlar harakatchan azot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra beshta guruhga bo’linadi: juda past, past, o’rtacha, yuqori va juda yuqori. Azot miqdorining ortib borishiga qarab ushbu guruhlarga tegishli konturlar sariq, och yashil, havo rang, och siyoh rang va siyoh ranglar bo’yaladi yoki tegishli chiziq shakllari bilan ifodalandi. 6-jadval Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling