O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti


Tuproqni harakatchan kaliy miqdori bo’yicha guruhlash


Download 22.97 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1598669
1   2   3
Bog'liq
11-мавзу

Tuproqni harakatchan kaliy miqdori bo’yicha guruhlash

Guruh nomeri

Ta’minlanganlik darajasi

K2O Machigin usuli bo’yicha

Xaritada belgilanadigan

Rangi

Chiziq shakli

1

Juda past

<100

Och sariq

Nuqta

2

Past

101-200

Sariq

Punktir

3

O’rtacha

201-300

Zarg’aldoq

Gorizontal chiziq

4

Yuqori

301-400

Jigarrang

Vertikal chiziq

5

Juda yuqori

>401

To’q jigarrang

To’g’ri katak

5-mashg’ulot
Kosmik fotosuratlar yordamida tuproq tipi, tipchasi va tuproqlarning gorizontal zonalaridagi tuproq guruhlari ayirmalarini ajratish. Kosmik tasvir ma’lumotlarga ko’ra “Tuproq” kartasini tuzish usullarini amalda qo’llash. Kosmik fotosuratga asoslangan “Tuproq eroziyasi” va “Sho’r tuproqlar” kartasini tuzish usullarini o’rganish
 
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: har xil masshtabdagi rangli tuproq kartasi, tuproq eroziyasi kartasi, sho’r tuproqlar kartalari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Mashg’ulotdan maqsad: kosmik fotosuratlar yordamida tuproq tip va tipchalarining guruxlari, ayirmalarini ajratish, tuproq kartasini tuzishni va amalda qo’llashni o’rganish.
Tuproqlarning geografik tarqalishi, joyning rel’efi, o’simliklar dunyosi kabi masalalarni o’rganishdan keyingi vaqtlarda aerofotosurat, kosmik suratlardan keng foydalanilmoqda. Aerofoto topografik usulda topografik xarita tuzish uchun joy samolyotdan turib suratga olinadi, fotografik, topografik - geodezik va fotogrammetrik ishlar bajariladi. Matematika nuqtai nazaridan qaralganda, topografik xarita eki reja joyning gorizontal tekislikka tushirilgan to’g’ri burchakli proeksiyasi hisoblanadi. Bu proeksiyadan joydagi nuqtadar xarita yoki rejaga perpendikulyar chiziqlar yordamida proeksiyalanadi deb faraz qilinadi. Aerofotosurat joyning markaziy proeksiyadagi tasviri hisoblanadi.
Bunda aerofotoapparatning ob’ektivining markazi proeksiya markazi bo’lib, aerosurat esa proeksiyalash tekisligi bo’lib xizmat qiladi. Aerosuratdagi tasvir joydagi nuqtalardan keluvchi va aerofotoapparat ob’ektivining oltik markazidan o’tuvchi yorug’lik nurlaridan xosil bo’ladi. Joyning surati (markaziy proeksiya)ni xarita (gorizontal proeksiya)ga aylantirish aerofototopografik reja olishdagi asosiy ishni tashkil qiladi. Bu ishlar fotogrammetrik ishlar deb ataladi. Joyning suratini olish uchun samalyotga aerofotoapparat, samalyotning uchish balandligini o’zgarishini aniqlaydigan stataskop, samalyotning joydan balandligini ayniqlaydigan radiovisotomer, samalyotning rejali koordinatasini aniqlaydigan radio - geodezik stanstiya va boshqa asbob hamda apparaturalar o’rnatilgan bo’ladi.
Joyni samalyotdan suratga olish uchui aerofotoapparatning optik o’qi surati olinadigan joyga nisbatan perpendikulyar holatda joylashishi lozim. Suratga olish vaqtida optik o’q vertikaldan eng ko’pi bilan 3 ga og’ishga bo’lsa, bunga planli aerofotos’yomka deyiladi. Joydagi tavsilotlar yuqoridan qaraganda qanday ko’rinsa, planli azrosuratda ham shunday ko’rimadi. Ulardan topografik xarita kabi foydalanish mumkin.
Suratga olish naqtida aerofotoapparatning optik o’qi vertikaldan 3 dan ko’p og’ishga bo’lsa, bunga perspektiv aerofotos’yomka deyiladi. Bo’lar ma’lum burchak oschida qaragakdek taasurot tug’diradi. Ularda oldindagi tavsilotlar orqadagi tavsilotlarni to’sib qoladi, shu bilan birga uzoqdagi tavsilotlarga nisbatan yirikroq ko’rinadi. Maydonni suratga olishda aerosuratlar soni (N) ni topish uchun har bir marshrutdagi aerosuratlar soni (I) marshrutlar soni (T) ga ko’paytiriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling