O’zbеkiston rеspublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………8-10
Download 260 Kb.
|
DILNOZA DIPLOM ISHI 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- II - BOB. Korxonaning atrof – muhitga ta’siri.
- III-BOB . Korxonaning atrof-muhitga ta`siri yo`nalishlari va ularni baholash.
- IV. IQTISODIY QISM
- “Uztex Group” MCHJ QK ning Atrof-muhitga ta’sirini baholash”
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………8-10 I – BOB. Korxona joylashgan xududning tabiiy geografik xolati . 1.1 Obyektning geografik o`rni.................................................................11 1.2 Iqlimi sharoitlari…….........................................................................12 1.3 Biologik resurslari…………………………………………………...13 1.4 Tuproq resurslari……………………………………………………..14 II - BOB. Korxonaning atrof – muhitga ta’siri. 2.1 Korxona to`g`risida umumiy ma`lumot…………….........................15 2.2 Korxonani biosfera komponentlariga ta`siri ………………………16 2.3 Korxonani atmosfera havosiga ta`siri……………………………….16-19 III-BOB . Korxonaning atrof-muhitga ta`siri yo`nalishlari va ularni baholash. 3.1 Ishlab chiqarishning atmosfera havosiga ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ………………………...........……..................20 3.2 Korxona faoliyatining suv muhitiga ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish……………………………………………………………21 IV. IQTISODIY QISM……………………………………22 V . HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI..........................23-28 Xulosa..........................................................………………..29 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..30 Ilova………………………………………………………..31-33 ANNOTATSIYA Mazkur bitiruv malakaviy ish “Uztex Group” MCHJ QK ning Atrof-muhitga ta’sirini baholash” deb nomlangan bo‘lib, kirish, 5 ta bob, 12 ta paragraf, xulosa , va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo’lib jami 40 sahifani tashkil qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi “Uztex Group ” MCHJ Qoshma Korxonaning Atrof-muhitga ta’sirini baholash” mavzusida atmosferaga turli gazlar va paxta changlarini chiqarib atrof hududlarda yashovchi axoli sog`lig`iga sezilarli xavf tug`ilishiga olib kelmoqda. Shu sababli bakalavrlik ilmiy ishida shu korxonaning atmosfera xavosiga tashlamalari hisobi va uni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini xal etishni haqida ma’lumot berilgan. Bitiruv malakaviy ishning kirish. Qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, va vazifalari haqida ma’lumot berilgan . Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida. Korxona joylashgan xududning tabiiy geografik holati . Obyektning geografik o`rni , Iqlimi sharoitlari Biologik resurslari , Tuproq resurslari haqida ma’lumot berilgan . Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida. . Korxonaning atrof – muhitga ta’siri. Korxona to`g`risida umumiy ma`lumot , korxonani biosfera komponentlariga ta`siri haqida ma’lumot berilgan . Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida . .Korxonaning atrof-muhitga ta`siri yo`nalishlari va ularni baholash. Ishlab chiqarishning atmosfera havosiga ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish , Korxona faoliyatining suv muhitiga ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish haqida ma’lumot berilgan. Kirish Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida planetamizdagi hayotiy jarayonlarni chuqur o`rganish alohida ahamiyat kasb etadi.Insoniyatni rivojlanishi tabiatdan ko’plab resurslarni olish va unga chiqindilarni chiqarib tashlash bilan boradi. Bu jarayonlar sanoatlashish davrini boshlanishi bilan misilsiz ko’lamni tashkil etadi. So’ngi uch asr davomida sanoat taraqqiyoti tufayli ko’plab resurslar yer osti boyliklaridan, qishloq xo’jalik yerlaridan, baliq zaxiralaridan, suv va quruqlik xayvonlaridan, o’simlik dunyosidan kengroq foydalana boshladi, o’rmonlar maydoni keskin qisqardi. Qisqa vaqtda dunyo miqyosida tuproq eroziyasi kuchaydi, vayron qiluvchi suv toshqinlari avj oldi, daryolar sayozlashdi, chuchuk suv muammosi vujudga keldi. Landshaftlarni tubdan o’zgarishi va intensiv ov qilish natijasida ko’plab fauna va flora turlari yo’q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamayganligi kuzatilmoqda.Evalutsiya davrida yerda maxsus po`stloq va tirik organizimlar yuzaga kelgan,yerning bu qismi biosfera deb ataladi. Biosfera-hayot bilan band bo`lgan yagona yer qobig`idan iborat. XX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida cho’yan eritish, kimyo sanoatini rivojlanishi, temir yo’llar qurilishi, dengiz, daryolarda kemalarning paydo bo’lishi, ichki yonuv dvigatellaridan keng foydalanish, qishloq xo’jaligi rivojlanishi va boshqa soxalarni keskin o’sishi foydalanilmaydigan chiqindilarni, chang, qurum, tutunlar ko’payishiga va nihoyat atrof - muhitni ifloslanishiga olib keldi. Sanoat rivojlanishidan avval chiqindilar va oqova suvlar asosan daryoga tashlanar, biroq tabiatning o’zini o’zi tozalash va tiklash kuchi evaziga atrof- muxitni ifloslanishi ro’y bermasdan, tabiiy muvozanatda turar edi. Dastlabki zararli ta’sirga industriyalashtirish va urbanizastiya yo’liga tushib olgan g`arb mamlakatlari ( Angliya, Franstiya, Belgiya, Gollandiya va boshqalar) duch keldilar. Bu xol XX asrning yillaridan boshlab aniqroq ko’rina boshladi. Hattoki inson qo’li tegmagan Antraktidada xam radioaktiv changlar, yoqilg`i maxsulotlari qoldiqlari va boshqalar borligi qayd qilingan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib atrof - muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muxim muammo bo’lib qoldi. Atrof - muhitni (atmosfera xavosi, yer usti va yer osti suvlari, ) ifloslanishi kuchayib bormoqda. O’z navbatida atmosfera xavosining ifloslanishi quyosh radiastiya balansiga ham ta’sir etib yer shari temperaturasining o’zgarishiga, iqlimning global isishiga sabab bo’lmoqda. Agar insoniyat hozirgi tarraqiyot yo’lidan borishni davom ettirsa uning xalokati ikki-uch avlod yashab o’tgandan so’ng yuz berishi ehtimoldan xoli emas. ‘ “ Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, stivilizastiyaning xozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog `liqdir Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi ekologiya muammolarini xal qilish, kishilarning atrof - muhitga bo’lgan munosabatini yangi bosqichga ko’tarish imkonini beradi. Atrof-muhitni muhofaza qilin muammosini eng avvalo tutash texnologik stiklni chiqindisiz (ya’ni chiqindilarni ekologizastiyalash) ishlab chiqarishlarni yaratish yo’li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o’zgartirish, gazlardan zaxarli moddalarni ajratib olish va utillashtirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish sistemalarini qo’llash lozim. Bugungi kunga kelib Respublikamizning katta-katta xududlarida ekologik holat keskin va tang darajaga yaqinlashdi. Bunga misol sifatida, Orol dengizi atroflari, Surxandaryo viloyati, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Angor, Uzun tumanlarining katta qismi ham ekologik sharoiti keskin hududlarga aylanganini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun olimlar va mutaxasislar O’zbekiston hududi uchun atrof-muhit muammolari orasida eng muhimi havoning ifloslanishi, aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, chuchuk suvning yetishmasligi, yer osti va yer usti suvlarining ifloslanishi, tuproqning sho’rlanishi , biologik mahsuldorlikning kamayishi va turlar xilma-xilligining kamayishi deb hisoblashmoqda. O’zbekistonda atmosfera xavosining , suv xavzalari va tuproqning holati atrof-muhit ifloslanish darajasini kuzatish va nazorat qilish umumdavlat xizmati barpo etilgan. Davlat sanitariya nazorati xizmati, gaz tozalash va chang tutish qurilmalari ishini nazorat qilish bo’yicha Davlat inspekstiyasi, regional inspekstiyalar, idoralar, korxonalar, korxonalardagi sanitariya laboratoriyalari va boshqa xizmatlar tomonidan nazorat qilinadi. Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O’zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qo’mitasi boshchilik qiladi. Mazkur qo’mita qoshida atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilish bo’yicha Davlat inspekstiyasi yaratildi hamda tabiiy muhitni o’rganish va ifloslanishni nazorat qilish markazlari ochildi . Tabiatga antrapogen ta’sirning ortib borishi sababli, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish sohasini jadal suratda rivojlanishi atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Jumladan “UZTEX GROUP” MCHJ Qo’shma Korxonasi ham atmosferaga turli gazlar va paxta changlarini chiqarib atrof hududlarda yashovchi axoli sog`lig`iga sezilarli xavf tug`ilishiga olib kelmoqda. Shu sababli men bakalavrlik ilmiy ishimda shu korxonaning atmosfera xavosiga tashlamalari hisobi va uni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini xal etishni belgilab oldim. Download 260 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling