O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jalik vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Download 348.75 Kb.
bet2/7
Sana14.02.2023
Hajmi348.75 Kb.
#1198371
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-KURS AMALIYOT DASTURI

K I R I SH

Chorvachilik, mamlakat aholisini xilma-xil sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoatni xom ashyo hamda tuproqni tabiiy unumdorligini oshirishni ta’minlaydigan qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlaridan sut, go’sht, tuxum va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar inson organizmi uchun yuqori kaloriyali hamda to’la qimmatli oziq-ovqat hisoblanadi. Respublikamizda aholini sut va go’sht mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini asosan sut va qo’shmahsuldor zotlar hamda ularni o’zaro chatishtirish natijasida olingan turli genotipli duragay hayvonlardan foydalanish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasida chorvachilikni yanada rivojlantirish bo’yicha 2017–2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida «...chorvachilikda naslchilik bazasini rivojlantirish, naslchilik xo’jaliklari negizida zamonaviy selektsiya-genetik markazlar tashkil qilish hamda naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish asosida aholini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash»1 kabi muhim strategik vazifalar belgilab berilgan.


O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-308-sonli, 2008 yil 21 apreldagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-842-sonli va 2015 yil 29 dekabrdagi «2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2460-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 18 martdagi “Chorvachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish va qullab-quvvatlash chora tadbirlari tug’risida”gi PQ-4243-sonli va 2017 yil 22 fevraldagi “Qishloq xo’jaligini rivojlantirish Halqaro jamg’arma ishtirokida O’zbekistonda sutchilik tarmog’ida qo’shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2795 – sonli qarorlai, Чорвачиликни янада ривожлантириш ва чорва озуқа базасини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида. ПҚ-121 – Sonli 08 02 2022 qarorlarini, keltirish mumkin.




  1. Download 348.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling