O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jalik vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Amaliyot hujjatlari va ularni yuritish tartibi


Download 348.75 Kb.
bet7/7
Sana14.02.2023
Hajmi348.75 Kb.
#1198371
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-KURS AMALIYOT DASTURI

Amaliyot hujjatlari va ularni yuritish tartibi.


Talabalar amaliyot davomida kundalik yuritadi, bundan tashqari amaliyot o’tayotgan xo’jalikning iqtisodiy va zootexnikaviy ko’rsatkichlarini qayd qiladigan maxsus daftar tutadilar. Kundalik amaliyot boshlanishidan oldin varaqlari raqamlanib ip o’tkazilgach, dekanatning muhri bilan tasdiqlanadi. Amaliyot davomida bajarilgan barcha ishlab chiqarish jarayonlari kundalikda qayd qilib boriladi.
Kundalikda har kuni bajarilgan barcha ishlar: xo’jalikning geografik joylashishi, u bilan chegaradosh hududlar, xo’jalikning oxirgi uch yillik iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlili, xo’jalikda yem-xashak zahirasi, oziqabop ekinlar ekiladigan yerning unumdorligi, suv bilan ta’minlanish darajasi. Chorvachilik fermalarining sanitariya holati, molxonalardagi mikroiqlim ko’rsatkichlari, qo’shimcha inshoatlarning zoogigienik talabga javob berishi. Oziqa turlari va ayrim shirali oziqalarni (senaj, silos) tayyorlash texnologigiyasi, xayvonlarning o’sish va rivojlanish ko’rsatkichlari, sut go’sht, tuxum va jun mahsuldorligini hisobga olish tartibi. Sutga xo’jalikda birlamchi qayta ishlov berish tartibi. Mavjud zooveterinariya hujjatlarini holati, naslli hayvonlarni boqish va baholash, so’yim ko’rsatkichlarining holati, mahsulotni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasining holati yozib boriladi. Bundan tashqari tug’ilgan va tashqaridan sotib olingan hayvonlarni kirim qilish, hamda sotilgani va so’yilganini chiqim qilish holati qayd qilinadi.
Kundalikni amaliyot rahbari vaqtida tekshirib, o’zining ko’rsatma va maslahatlarini berib borishi kerak. Amaliyot davrida talaba qanday zootexnikaviy hujjat va tadbirlarga e’tibor berishi kafedra tomonidan tayyorlangan uslubiy ko’rsatmada bayon etilgan. Amaliyot dasturi bilan birgalikda ushbu uslubiy ko’rsatma har bir talabaga beriladi va foydalanish tartibi tushuntiriladi.


Foydalangan adabiyotlar

1.T.X. Ikromov “Chorvachilik asoslari” Darslik. O’qituvchi. 1996 yil.


2. A.K.Amirov va boshqalar. “Chorvachilik” Darslik. O’qituvchi. 1980 yil.
3. Do’squlov S.va boshqalar “Chorva mollarini urchitish” O’quv qo’llanma.Toshkent “Mehnat” 1993 yil.
4.U.SH. Ballasov, R.H. Hamraqulov va boshqalar. “Chorvachilik amaliy mashg’ulotlar” O’quv qo’llanma. T. 1999 yil.
5.T. Sh. Akmalxonov, S. SH. Isamuxamedov, U.T. Xodjaev, B.SH. Yusupov. “Chorvachilikdan amaliy mashg’ulotlar” O’quv qo’llanma. Toshkent - 2009 yil.
6. P.S. Sobirov, A. Qahhorov, S.D. Do’stqulov “Chorvachilik mollarin urchitish” O’quv qo’llanma. Samarqand 20003

1



Download 348.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling