O’zbеkiston rеspublikasi qishloq
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
keladi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo’llash lozim: - olingan natijalarni foizlar bo’yicha hisoblab chiqish; - to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish; - son qatoridagi o’rtacha kvadrat og’ishni hisoblash (sigma); - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); - omillar o’rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish; - ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim. 2.2. Test metodi Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt-lotincha so’zdan olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O’z davrida A+SHlik psixolog ę.ęrimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi: - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik; - lug’at boyligi ko’lami; - geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik; - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; - shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; - xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi. YAna bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potentsiyalar» deb ataydi. Muallif yetti xildagi potentsiyalar o’zaro farqlanishini ta’kidlab o’tadi: - insonning hisoblash qobiliyati ko’rsatkichi; - og’zaki so’zni ixcham ifodalashining ko’rsatkichi, nutq yordami bilan tez o’qish hadisini egallaganligi; - og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilingan so’zlarni tushunish, anglash; - fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi); - xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; - fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; - shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. ęrantsuz psixologi T.Ribo idrok ko’lamining kengayishi, bilimlarning ko’payishi, diqqatni bir vaqtning o’zida bir necha ob’ektga qarata olishi – inson intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo’lishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi: - shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi, |
ma'muriyatiga murojaat qiling