O’zbеkiston rеspublikasi qishloq
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
- mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; - ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma tashlash jarayonida erkinlik, qo’rqinch hissining yo’qligi; - yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va o’lchash funktsiyasining tug’ilishi, uning boshqaruvchanligi. Insonniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni o’rganish borasida ko’pgina ishlar qilingan. SHulardan biri intellektni o’rganish testlaridir. Ko’pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o’ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o’tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo’lib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so’rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz. I.
4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): - har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; - turli turdagi shakllar o’rtasidagi farqlarni aniqlash; - 4ta tanga pulni sanab chiqish; - kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; - berilgan savollarga to’g’ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi; - to’rtta raqamni to’g’ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi. II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): - bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; - 5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); - xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; - 4ta raqamni teskarisiga takrorlash; - berilgan 3 ta so’zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); - uchta har xil so’zga qofiya tanlash; - ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog’liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo’lgan ko’rsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Stenford-Bine testi kattalar hamda uncha yoshi yuqori bo’lmagan sinaluvchilar uchun ishonchilidir. Lekin bolalik davridan tortib to o’spirinlik yoshigacha o’zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koffitsiyentlari 0,33 (140-149 ball bo’lganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’quvchilarda ishonchlilik koefitsentlari 0,91 (140-149 gacha ball to’plaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha o’zgarib turadi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo’naltirilgan bo’lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko’zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling