O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Qurilish-montaj ishlari smeta qiymatining tarkibi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза матни Смета иши
Qurilish-montaj ishlari smeta qiymatining tarkibi
Smeta qiymati kapital qo’yilmalarning miqdorini aniqlashda, qurilishni moliyalashtirishda, qurilish mahsulotiga shartnoma narxini belgilashda, bajarilgan qurilish-montaj ishlarini hisob-kitob qilishda, uskunalarni sotib olish va qurilish maydonchasiga keltirish xarajatalarini to’lashda, hamda yig’ma smetada ko’zda tutilgan boshqa xarajatlarni qoplashda asos bo’lib hisoblanadi. Smeta hujjatlari asosida uchet va hisobotlar, qurilish-loyixa tashqilotining buyurtmachi bilan xo’jalik xisobi va faoliyatini baholash amalga oshiriladi. Smeta qiymati bo’yicha harakatga tushirilgan asosiy fondlar balansdagi qiymati aniqlanadi. Smeta qiymati loyihalanadigan ob’ektning texnik-iqtisodiy qo’rsatgichlarini hisoblash uchun, uni qurish uchun qarorlarni asoslashda va qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Ob’ektning qiymatini baholash zaruriyati qurilishning boshlang’ich bosqichida amalga oshriladi. Loyiha ishlarini bajarishdan oldin ob’ektning taxminiy qiymati aniqlanadi. Loyiha qidiruv, tadqiqot va loyihalash ishlari jarayonida qo’shimcha ma’lumotlar paydo bo’lishi bilan qurilayotgan ob’ektning smeta qiymatini yanada aniqroq hisoblash imkoniyatlari tug’iladi. Loyihalanayotgan ob’ektning qurilish qiymatini kamytirish yoki ko’paytirib ko’rsatish uning iqtisodiy samaradorligini baholashda xatolarga olib kelib, ob’ekt qurilishining masadga muvofiqligiga putur yetkazadi. Smeta hisob-kitoblarining aniqligi asosiy qurilish bo’yicha loyihanining mukammal ishlab chiqilishiga hamda, uni qurish texnologiyasi, topografik va muxandislik-geologik qidiruvlarning to’liqligi, ish hajmlarining to’g’ri aniqlanishi, qurilayotgan ob’ektning ishlab chiqarish sharoitlarini to’g’ri baholashlarga bog’liqdir. Bino va inshoatlar qurilishining smeta qiymati - bu loyiha bo’yicha qurilish ishlarini bajarish uchun sarflanishi lozim bo’lgan barcha xarajatlar yig’indisidan iboratdir. Uning tarkibiga bino va inshoatlar qurilishiga ketadigan xarajatlar, ya’ni binoni texnik jihozlar bilan ta’minlash, vaqtinchalik bino va inshoatlar qurish, vaqtinchalik va doimiy yo’llar qurish, elekt tarmoqlari o’tkazish kabi xarajatlarni o’z ichiga oladi. To’liq smeta qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: bino va inshoatlar qurilishi-montaj ishlariga, texnik uskunalarni montaj qilish, texnologik jarayonlarni avtomatizatsiyalash sistemasi ; texnik uskunalar, xo’jalik inventarlari sotib olish, ilmiy tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlari, ma’muriyatni saqlash, ishchi kadrlarni tayyorlash kabi xarajatlarni o’z ichiga oluvchi boshqa xarajatlar. Qurilish-montaj ishlari smeta qiymati hisob-kitob qilib chiqilgan ishlarning hajmi, kelishilgan va qabul qilingan birlik narxlar asosida aniqlanadi. Texnik jihozlar qiymati uskunani tayyorlovchi zavodning narxi asosida yoki yetkazib beruvchining narxi asosida aniqlanadi. Boshqa xarajatlar esa loyiha – qidiruv ishlari ularni bajarishdagi ishlar hajmining smetasi, kalkulyatsiyasi yoki qiymatni hisoblash asosida; ma’muriyatni saqlash xarajatlari -ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyati bilan bog’liq va kadrlar tayyorlash xarajatlari shtat javdali va smeta xarajatlari asosida aniqlanadi. Agarda ob’ekt qurilishi tugallangandan so’ng yordamchi binolar, hamda quruvchilar uchun qurilgan ob’ektlar, inshoatlar qurilish davrida boshqa korxona va tashkilotlar xodimlari - ishchilari tomonidan foydalanilayotgan bo’lsa, ular korxona va tashkilotlarga sotilishi va uning balansiga o’tkazib berilishi mumkin. Ob’ektning iqtisodiy samaradorligini baholashda ushbu bino va inshoatlarga ketgan xarajatlar hisobga olinmaydi. Bu inshoatlarning qiymati qaytgan summani tashkil qiladi. Qurilishning muhim vazifalaridan biri qurilish muddatini qisqartirish va shu bilan birgalikda uning samaradorigini oshirishdir. Smeta qiymatining tarkibini tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, qurilish va konstruktiv- joylashtirish yechimlarini takomillashtirish, ularning texnologik darajasini oshirish, qurilishni tashkil etishni takomillashtirish, qurilish uchastkasida bajariladigan ishlar hajmini qisqartirish hamda qurilishni tezlashtirish va uning samarodorligini oshirish asosiy yo’nalishlardir. Qurilish-montaj ishlari smeta qiymati(Ssmr)ni hisoblash usuli iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, qurilish montaj-ishlariga ketgan xarajatlar va smeta foydasi (Sf) yig’indisidan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish xarajatalari o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: to’g’ri xarajatlar (TX ) va ustama(egri) xarajatlar (EX). Natijada qurilish montaj ishlarining smeta qiymati (Ssmr) quyidagi formula bilan aniqlanadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling