O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/75
Sana28.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1137017
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Маъруза матни Смета иши

Ssmr=SF+TX+EX 
To’g’ri xarajatlar(TX)ga quyidagilar kiradi: ishchi-quruvchilarning ish 
haqi, materiallar, detallar va konstruksiyalar qiymati, qurilish mashinalari va 
mexanizmlari ekspluatatsiya xarajatlari. To’g’ri xarajatlar qurilish-montaj 
ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. 
Ishchi-quruvchilarning ish haqi - qurilish maydonchasida ishlab 
chiqarishda qatnashayotgan barcha ishchilarning ish haqi bo’yicha barcha 
xarajatlari kiradi. 
Qurilish mashinalarini boshqarishda band bo’lgan ishchilarning ish haqi 
mazkur mashinaning ekspluatatsiya xarajatlari tarkibiga kiradi. Ushbu xarajatlarga 


tashkilotning boshqa xo’jalik ishlarida ishlayotgan ishchilarning ish haqi 
kiritilmaydi. 
Material qiymatiga qurilish-motaj ishlari uchun zarur bo’lgan materiallarni, 
yarimfabrikatlarni, buyumlarni, detallar va konstruktsiyalarni sotib olish, hamda 
ularni qurilish moydonchasiga olib kelish, to’plash bilan bog’liq xarajatlar kiradi. 
Barcha qurilish materiallari, konstruktsiyalari va detallari ikki guruxga: 
mahalliy va keltiriladigan guruhlarga bo’linadi. Mahalliy materiallarga qurilish 
atrofida joylashgan qurilish materiallari industriyasi sanoatidan kelib tushadigan 
materiallar tushuniladi. Bularga g’isht, toshlar, qumlar, beton qorishmalari, beton 
va temir betonli konstruktsiyalar kiradi. Keltiriladigan materiallarga sanoat 
korxonalaridan olib kelinadigan yog’och va metal konstruktsiyalar, metallar, 
sement, yog’och va taxtalar, oynalar va hakozolar kiradi. Materiallarning smeta 
narxi xududlar bo’yicha ishlab chiqilgan normativlar bo’yicha aniqlanib, uning 
tarkibiga sotish narxi, transport xarajatlari, tayyorlovchi va yetkazib beruvchi 
tashkilotlar ustama xarajatlari, tayyorlash va saqlash omborxona xarajatlari kiradi. 
Transport xarajatlarining qiymati smeta narxining ancha qismini tashkil 
qiladi. “Franko” tushunchasi qurilish tashkilotiga materiallarni yetkazib berish 
chegarasini tavsiflaydi. Mana shu momentdan keyin materialning egasi bo’lib 
qurilish tashkiloti hisoblanadi, qurilish tashkiloti materiallarni saqlash, 
transportirovka qilish kabi barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi. 
Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya xarajatlari u yoki 
bu turdagi qurilish mashina va uskunalarini mash-soat ekspluatatsiya qilish 
ta’riflari asosidagi qiymati bilan aniqlanadi. Mash-soat qiymati odatda 
kalkulyatsiya bilan aniqlanadi. Mash-soat qiymatiga: mashinani qurilish 
maydonchasiga olib kelish, amartizatsiya ajratmalari, uni bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chirish, montaj va demontaj qilish, ta’mirlash, mashinistning va boshqa xizmat 
ko’rsatuvchi personallarning ish haqi, yonilg’i-moylash materiallari xarajatlari 
kiradi. 
Smetani tuzishda to’g’ri xarajatlar jismoniy ish hajmlari, inshoatning 
konstruktiv yechimlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilishni tashkil etishda 
qo’llaniladigan usullar, alohida ishlarning birlik narxlari asosida aniqlanadi. 
Ustama 
(egri) 
xarajatlar 
qurilishning 
smeta 
qiymatida 
qurilish 
tashkilotining qurilishni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq, qurilish ishlab 
chiqarishining normal funksiyasini bajarish uchun sharoitlar yaratish, qurilish-
montaj ishlarini tashkil etish va xizmat ko’rsatish kabi qo’shimcha xarajatlarini 
qoplashni ko’zda tutadi. Ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxining bir 
qismi sifatida namoyon bo’ladi. Sharoitdan kelib chiqqan holda ustama xarajatlar 
to’rtta qismga ajratiladi. 
1. 
Ma’muriy-xo’jalik xarajatlari: muxandis-texnik xodimlar va mayda 
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi; kanselyariya va pochta-telegraf, mehnat 
safari xarajatlari; maslahat va auditorlik xizmatlariga to’lovlar; boshqaruv 
xodimlarining ijtimoiy zaruriyatiga ajratmalari; boshqa ma’muriy-xo’jalik faoliyati 
bilan bog’liq xarajatlar. 
2. 
Qurilishda ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatuvchilarga, kadrlarni 
qayta tayyorlashga sarflar; qurilishga jalb qilingan ishchilarning sog’lig’ini 


saqlashaga, ijtimoiy sug’urta qilishga, mehnatni muxofaza qilish va texnika 
xavfsizligi, sanitariya-gigiena va maishiy sharoitlarni ta’minlash xarajatlari. 
3. 
Qurilish maydonchasida tashkiliy ishlar xarajatlari: yong’in 
xavfsizligi, qarovullarni saqlash, labaratoriyalarni saqlash, qurilish maydonchasini 
obodonlashtirish va uni saqlash xarajatlari. 
4. 
Boshqa ustama xarajatlar: qurilish tashkiloti mulkining sug’urta 
xarajatlari, reklama xarajatlari, bank kreditlariga foiz to’lovlar va boshqalar. 
Ustama xarajatlarga kiruvchi kompleks xarajatalar ustama xarajatalar 
shartli-doimiy qismiga; ma’muriy xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi personallarga, 
qurilish maydonchasini qo’riqlash va yoritish kabi xarajatlarga bo’linadi. Shartli-
doimiy xarajatalar miqdori asosan qurilishning dovom etish muddatiga bog’liq 
bo’lib, odatda bosh pudratchilarda ustama xarajatlarning 50%, subpudratchilarda-
30%ni tashkil etadi. 
Smeta foydasi- bu qurilish tashqilotining ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
ishchilarni moddiy rag’batlantirish sarflarini qoplash bo’yicha pul mablag’lari 
ajratmasidir.(Smeta foydasi ishlarning tannarxi tarkibiga kirmaydi). Bu sarflar 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar 
ob’ektlarini rekonstruktsiya qilish, qisman aylanma mablag’larni to’ldirish, 
qonunda ko’rsatilgan me’yorda foyda solig’ini to’lash; ishchilarni moddiy 
rag’batlantirish; moddiy yordam ko’rsatish; ijtimoiy muhitni rivojlantirish; 
sog’liqni himoyalash va dam olishlarga sarflaniladi. Smeta foydasi ishchi va 
mexanizatorlar ish haqining 65% miqdorida aniqlaniladi. Smeta foydasini to’g’ri 
va ustama xarajatlarning 12% miqdorida bo’lishi ruxsat etiladi. 
Qurilish-montaj 
ishlarining taxminiy tarkibi quyidagicha bo’lishi 
mumkin,%: 
To’g’ri xarajatlar 65-80% 
Jumladan, ishchilar maoshi 10-17% 
Materiallar, xom-ashyo qiymati 50-60%
Mashina va uskunalar ekspluatatsiyasi 5-10% 
Qo’shimcha xarajatlar 12-20% 
Smeta foydasi 
8-11% 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling